Top.Mail.Ru

Homiladorlik paytida gemoglobin. Nimani bilish muhim?

Submitted on: 26.11.2024
Time to read: 6 min
count 4938

Homiladorlik paytida gemoglobin me’yorlari

Tug‘ruqdan oldin deyarli barcha homilador ayollarda qondagi gemoglobin darajasi pasaygan bo‘ladi, rossiyalik bo‘lajak onalarning qariyb yarmida esa qon tahlili erta muddatlarda ham gemoglobin darajasi pastligini ko‘rsatadi. Nega aynan shu ko‘rsatkich shifokorlarni tashvishga soladi va u me’yorda bo‘lishi uchun nima qilish kerak? Keling, bu masalalarni batafsil ko‘rib chiqaylik.

гемоглабин при беременности.jpg

Odatdagi holatda 40 yoshgacha bo‘lgan ayollar uchun gemoglobin me’yori 120-140 g/l bo‘lsa, homilador ayollar uchun me’yorning chegara qiymatlari biroz pastroq hisoblanadi. Homiladorlik davrida gemoglobin darajasi tabiiy sabablar tufayli pasayadi. Bu davrda ayollarda qon hajmi 30 foizdan ko‘proqqa ortadi. Temirning sarfi ortadi, chunki platsenta shakllanib o‘sadi, homilaning qon aylanish sistemasi shakllanadi va rivojlanadi.

Homiladorlik paytida gemoglobin me’yorining quyi chegarasi 110 g/l hisoblanadi. Homilador ayolda gemoglobin miqdori 109 g/l bo‘lsa, unga yengil darajali kamqonlik tashxisi qo‘yiladi va temir dori-darmonlari buyuriladi.

Gemoglobin miqdori 89-70 g/l oralig‘ida bo‘lsa, o‘rta darajali kamqonlikni, 70 g/l dan past bo‘lsa, og‘ir darajali kamqonlikni ko‘rsatadi. Og‘ir kamqonlikka chalingan homilador ayollar shifoxonada davolanishlari kerak bo‘ladi.

Homiladorlik paytida anemiya (kamqonlik) qanday namoyon bo‘ladi?

Anemiya - qonda qizil tanachalar - eritrotsitlar, ya’ni gemoglobin miqdori kamayib ketadigan holat. Homiladorlik paytidagi kamqonlikning xavfi shundaki, uning belgilarini toksikoz alomatlari deb o‘ylash oson: haddan tashqari charchash, uyquchanlik, oqargan teri, ishtahaning yo‘qligi, xotiraning pasayishi, asabiylashish, nafas qisilishi, ba’zan quloqlarda shovqin - bularning barchasi homiladorlik manzarasiga juda mos keladi, shunday emasmi? Shu bilan birga, kamqonlikning yengil darajasi umuman simptomsiz o‘tishi mumkin.

гемоглабин при беременности3.jpg

Aynan shu sababdan, qondagi gemoglobin darajasini nazorat qilish uchun ayolga homiladorlik paytida uch marta umumiy qon tahlili buyuriladi. Agar kamqonlik tashxisi tasdiqlansa, dinamikada kuzatish uchun tahlil ko'proq buyuriladi.

Bundan tashqari, bo‘lajak ona achchiq choy va qahva ichsa, shokolad, guruch, makkajo‘xori iste’mol qilsa, ovqat bilan keladigan temir yomon o‘zlashtiriladi. Bu mahsulotlarning barchasi, shuningdek, sut va qatiq mahsulotlaridagi kalsiy temirning so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi. Davolovchi parhez - kamqonlikni davolash uchun zaruriy qadamdir, ammo u kamlik qiladi.

Homilador ayol uchun xavflar:

  • homila tushishi xavfi - homiladorlarning 20-40 foizida;
  • muddatidan oldin tug‘ish xavfi - 10-40 foiz;
  • gestoz rivojlanishi - 50 foizgacha holatlarda;
  •  platsentaning muddatidan oldin ko‘chishi - 25-35%;
  •  immunitetning pasayishi;
  • tug‘ruq paytida - tug‘ruq faoliyatining sustligi, tug‘ruqdan keyingi qon ketish xavfi;
  • tug‘ruqdan so‘ng - holsizlik, tug‘ruqdan keyingi depressiyaning yuqori ehtimolligi.
     

Bola uchun xavflar:

  • gipoksiya - kislorod yetishmasligi sababli ona qornida rivojlanishning kechikishi;
  • tug‘ilishda tana vaznining kamligi;
  • tug‘ma kamqonlik va natijada rivojlanishda orqada qolish.
     

Shu tariqa, kamqonlik homiladorlikning to'xtatilishi va tug'ruqning noxush yakunlanishigacha bo'lgan jiddiy asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun shifokorlarning tavsiyalariga amal qilish va barcha ko‘rsatmalarni bajarish kerak.

Gemoglobinni qanday oshirish mumkin?

гемоглабин при беременности2.jpg

Gemoglobinni olma va go‘sht iste’mol qilish orqali oshirish mumkinligi haqida fikr mavjud. Afsuski, bu ehtimoldan yiroq. Hayvon mahsulotlarini, xususan qizil go‘sht, jigar, tuxum, shuningdek temirga boy o‘simlik ozuqalarini o‘z ichiga olgan muvozanatli ovqatlanish, darhaqiqat, kamqonlikning oldini olish uchun asosdir. Biroq, uni faqat "to‘g‘ri" ovqatlanish yordamida davolash mumkin emas: oziq-ovqatlardan temir to‘liq o‘zlashtirilmaydi, o‘zlashtirilgani esa homilador ayol organizmining ehtiyojlarini qoplamaydi.

Shunday qilib, kamqonlik- homiladorlikning keng tarqalgan asoratidir:

  • 109 g/l va undan past gemoglobin bo‘lg‘usi onada temir tanqisligi rivojlanishidan dalolat beradi;

  • kamqonlik belgilari yashirin bo‘lishi mumkin, chunki ular toksikoz belgilariga o‘xshaydi, tashxis faqat qon tahlili natijalariga ko‘ra qo‘yiladi;

  • kamqonlik ham ona uchun, ham bola uchun xavflidir, eng yomon oqibatda homila tushishi, muddatdan oldin tug‘ruq sodir bo‘lishi, tug‘ruqdan keyin qon ketishi rivojlanishi mumkin;

  • gemoglobinni to'g'ri ovqatlanish parhezi yordamida va temir preparatlarini qabul qilish, ya'ni tabletka shaklida yoki tomir ichiga yuborish orqali ko'tariladi.

Homiladorlik paytida gemoglobin darajasining pastligi yuqorida ta’kidlangan jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Shuning uchun homilador ayolda kamqonlikning yengil darajasida ham temir preparatlari tabletka va polivitaminlar shaklida buyuriladi, ular temirning o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Agar ayol bunday preparatlarni yomon qabul qilsa yoki ulardan ta’sir bo‘lmasa, shuningdek, og'ir darajadagi kamqonlikda dori vositasi tomir ichiga yuboriladi.

Яндекс.Метрика