Top.Mail.Ru

Kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan bola uchun maxsus aralashma tanlash zarurmi?

Submitted on: 20.02.2025
Time to read: 5 minut
count 1541

Bugungi kunda dunyoda har 3-4 ta boladan biri kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga kelmoqda. Bunday usulda tug‘ilgan bolalar an’anaviy yo‘l bilan tug‘ilgan bolalardan farq qiladimi? Agar tashqi ko‘rinish, aql-idrok, qobiliyatlar va fe’l-atvor xususiyatlari haqida gapiradigan bo‘lsak, albatta, yo‘q. «Kesarcha» kesish usuli bilan dunyoga keltirilgan bolalarning sog‘lig‘i uchun xavflar mavjud, va bu afsonamas, balki ilmiy jihatdan tasdiqlangan haqiqatdir. Shuningdek, qo‘shimcha oziqlantirish uchun maxsulotlarni to‘g‘ri tanlash orqali bu xavflarni sezilarli darajada kamaytirish mumkinligi ham isbotlangan. Keling, bularni batafsil ko‘rib chiqaylik.

Bolaning kesarcha kesish usulida tug‘ilishi bilan bog‘liq xavflar

Tug‘ruq - chaqaloqning ona qornidagi hayotdan mustaqil hayotga o‘tish davridir. U ona va bola organizmida keyingi hayot uchun muhim bo‘lgan jarayonlarni ishga tushiradi. Tug‘ruq yo‘llaridan o‘tayotgan chaqaloq ona bakteriyalarini qabul qiladi. Bu bakteriyalar uning terisi va shilliq pardalarida joylashib, bolani mustaqil ovqat hazm qilishga tayyorlaydi. Onada gormonal o‘zgarishlar yuz berib, laktatsiya jarayoni boshlanadi. Sutning to‘laqonli kelishi bir necha kundan boshlanadi, ammo chaqaloq dunyoga kelgan paytda, uni birinchi oziqlantirish uchun og‘iz suti tomchilari tayyor turadi.

Agar tug‘ruq jarrohlik yo‘li bilan amalga oshirilsa, bu mexanizmlar o‘z vaqtida ishga tushmaydi. Chaqaloq bakteriyalarni onaning terisi va atrof-muhitdan oladi. Kesarcha kesish favqulodda vaziyatda va narkoz ostida amalga oshirilgan holatlarda, ona bolasini bilan faqat operatsiyadan bir necha soat o‘tgachgina, ba’zan esa keyingi kunda emizishi mumkin. Buning ustiga, laktatsiya kech boshlanishi sababli chaqaloqni emizish uchun ko‘krak suti yetmay qolishi ehtimoli bor.

Shunday qilib, tug‘ruqxonada chaqaloq ona sutidan oldin aralashma bilan oziqlantiriladi. Ba’zi go‘daklarni sutli aralashmalar bilan qo‘shimcha oziqlantirish davom ettirilsa, ba’zilari butunlay sun’iy oziqlantirishga o‘tkaziladi. Natijada, kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan bolalarning salomatligi uchun quyidagi xavflar kuzatiladi:

  • ichak yallig‘lanish kasalliklari xavfi 20% yuqori bo‘ladi;
  • astma rivojlanishi ehtimoli 23% ortadi;
  • immun tizimidagi yetishmovchilik, ya’ni ichak va o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning tez-tez takrorlanishi 46% ortadi.

Oziq-ovqat komponentlaridan qaysilari ayniqsa muhim

Ko‘rib turganimizdek, chaqaloqning salomatligi uchun ehtimoliy xavflar immunitet bilan bog‘liq. Bu mantiqan to‘g‘ri, chunki immunitetning holati bolaning ichak mikrobiotasining to‘g‘ri shakllanishiga, ayniqsa bifidobakteriyalarning mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi. Aynan ular immun tizimni oziq-ovqat allergenlariga javobiy reaksiya ko‘rsatishga «o‘rgatadi» va aynan ular kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan chaqaloqqa yetishmaydi: birinchidan, u onasining tug‘ruq yo‘llaridan o‘tmagan, ikkinchidan esa, ona sutini kech olgan yoki umuman olmagan bo‘ladi.

Nima qilish kerak? Bu vaziyatda eng yaxshi yechim – bolani asosan ona suti bilan oziqlantirishga harakat qilishdir. Ona suti chaqaloqning sog‘lom o‘sishi va uning immunitet tizimini kuchaytirish uchun zarur bo‘lgan barcha komponentlarni, jumladan foydali bakteriyalarni ham o‘z ichiga oladi.

Ammo obyektiv sabablar tufayli onada har doim ham bolani emizish imkoni bo‘lmaydi. Bunday holatlarda, chaqaloqqa foydali bakteriyalarni kerakli miqdorda olishga yordam beradigan aralashmani tanlash lozim.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, eng maqbul tanlov tarkibida nafaqat tirik bakteriyalar, ya’ni probiotiklar, balki ularning o‘sishini rag‘batlantiruvchi oziq tolalari — prebiotiklar ham mavjud bo‘lgan aralashma bo‘ladi. Bunday kombinatsiya sinbiotik deb ataladi.

Nutrilak Premium Caesarea БИФИ  — kesarcha kesish usuli bilan tug‘ilgan chaqaloqlar uchun aralashma


Nutrilak aralashmalari qatorida kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan chaqaloqlar uchun maxsus ishlab chiqilgan mahsulot mavjud. Bu mahsulot  «Nutrilak Premium Caesarea Бифи». deb nomlanadi.

U oddiy aralashmalardan tarkibida bifidobakteriyalar, laktobakteriyalar va galaktooligosaharidlar kabi prebiotiklar mavjudligi bilan farqlanadi. Bunday kombinatsiya chaqaloqning o‘z bifidobakteriyalari o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi, kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarning rivojlanishini bostirib, bolaning shilliq qavatlarini himoya qiluvchi sekretor immunoglobulin A sintezini rag‘batlantiradi..

Albatta, probiotiklar, jumladan bifidobakteriyalar, boshqa aralashmalarda ham mavjud, masalan, qatiqli aralashmalarda. Ammo aralashmalar tarkibini ishlab chiquvchilar o‘tkazgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, aynan sinbiotiklar mavjudligi diyetoterapiya samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

Maxsus aralashmadan foydalanishni qachon boshlash maqsadga muvofiq?

Аralashma bilan (qo‘shimcha) oziqlantirish zarur bo‘lgan vaqtdan boshlab foydalangan ma’qul, chunki ona suti bilan emizish imkonsiz yoki ona suti yetarli bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladigan bu maxsus mahsulot qanchalik erta qo‘llanilsa, kesarcha kesish usuli bilan tug‘ilishning uzoq muddatli oqibatlari xavfini kamaytirish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.

Maxsus aralashmadan foydalanishni qancha vaqt davom ettirish kerak?

Kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni oziqlantirish uchun maxsus aralashmadan kamida 6 oygacha - bolaning immunitet tizimi shakllanishi va rivojlanishi davrida foydalanish tavsiya etiladi.

Ammo, go‘dakning hayotidagi birinchi yilida tug‘ilishdan keyingi ikkinchi eng muhim davr uni qo‘shimcha ovqatlar bilan oziqlantirishni boshlashdir. Bu paytda bolaning immunitet tizimi kuchli zo‘riqishni boshdan kechiradi va qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun Nutrilak Premium Caesarea БИФИ» aralashmasi bola yangi mahsulotlarga moslashguncha butun birinchi yil davomida qo‘llanishga mo‘ljallangan.

Xulosa

  1. Kesarcha kesish usuli bilan tug‘ilgan chaqaloq tug‘ruq yo‘llaridan o‘tmaganligi sababli,  
    onasining mikroflorasini ololmaydi. Bifobakteriyalarning chaqaloq ichagiga kechikib joylashishi ichak yallig‘lanish kasalliklari, astma va immun tizimi yetishmovchiligi rivojlanish xavfini oshiradi.
  2.  Agar bola ona suti bilan yoki pro- va prebiotiklar majmuasi, ya’ni sinbiotikni o‘z ichiga olgan 
    maxsus aralashma bilan oziqlantirilsa, bu xavflar kamayadi.
  3.  Nutrilak aralashmalari qatorida kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan chaqaloqlar uchun 
    maxsus ishlab chiqilgan mahsulot mavjud. Bu mahsulot Nutrilak Premium Caesarea БИФИ deb nomlanadi.
  4. Bolaga maxsus aralashma zaruriyat paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab va hayotining 
    birinchi yili davomida, lekin kamida 6 oylikgacha berilishi kerak.
     
Яндекс.Метрика