
Qabziyat – ichakning siyrak, noto‘liq yoki qiyinchilik bilan bo‘shanishi holatidir. Bu ba’zan bolalarda ham uchraydi. Yakka holatlari, odatda, organizm uchun xavf tug‘dirmaydi. Ammo ich qotishi holati muntazam ravishda yuz bersa, bu bolaning ahvoli va sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatadi. Uni davolamasdan qoldirish mumkin emas.