Allergiya har qanday yoshda, hatto chaqaloqlik paytidan boshlab paydo bo‘lishi mumkin. Sun’iy oziqlantirishda bo‘lgan bolalarda uning rivojlanish xavfi yuqoriroq, chunki sutli aralashmaning asosini sigir yoki echki suti tashkil etadi, bu esa eng keng tarqalgan allergen hisoblanadi.
Allergiya degani nima

Allergiya – organizmning potensial xavfsiz moddalarga nisbatan haddan tashqari va g‘ayrioddiy javobiy reaksiyasidir. Masalan, konsentrlangan sirka kislotasi uni kim iste’mol qilishidan qat’i nazar, har qanday odamga zarar yetkazadi. Baliqni esa ba’zilar maza qilib yeydi va yana so‘raydi, ba’zilar kichik bir bo‘lagini yeb, kasalxonaga tushib qolishi mumkin.
Bunday reaksiyani kelib chiqaradigan moddalar allergenlar deb ataladi. Ular organizmga ovqat bilan, nafas olinayotgan havo orqali kirishi yoki teriga tushishi mumkin. Shuningdek, hasharotlar chaqqanida yoki dori-darmonlardan ham allergiya yuzaga kelishi mumkin.
Olimlar uchun hamon jumboq bo‘lib kelayotgan sabablarga ko‘ra, immun tizimi bu moddalarda xavf ko‘radi va murakkab reaksiyalarni ishga tushiradi. Bu esa biz kuzatishimiz mumkin bo‘lgan tashqi allergik alomatlarga olib keladi.
Boladagi allergiya qanday namoyon bo‘ladi?
Emizikli bolalarda bu, avvalo, teri reaksiyalari - qizarish, sho‘ralash, qichishish, toshma toshishi, hamda ovqat hazm qilish tizimidagi o‘zgarishlar - og‘riq, qorin dam bo‘lishi, kekirish, ich qotishi, ich ketishi, axlatda qon va shilimshiq aralashmalarining paydo bo‘lishi kabi holatlar bilan namoyon bo‘ladi.
Nafas olish tizimidagi burun bitishi, aksirish, qichishish va burundan suyuqlik ajralishi kabi belgilar odatda kattaroq yoshdagi bolalarda kuzatiladi. Bundan tashqari, ko‘zlarning yoshlanishi va qichishishi, shuningdek kon’yunktivit ham paydo bo‘lishi mumkin.
Allergiya tufayli bolaning vazni yaxshi ortmasligi, u umumiy holsizlik his qilishi va injiqlik qilishi mumkin.
Bolalarda allergiyaning og‘ir ko‘rinishlariga quyidagilar kiradi: tez-tez va kuchli qayt qilish, ingichka ichak shikastlanishi - enteropatiya, temir tanqisligi anemiyasi, kuchli atopik dermatit, shuningdek Kvinke shishi va anafilaktik shok.
Boladagi kuchli allergiyani nima bilan davolash mumkin. Aminokislotali aralashma haqida.

Davolashning yagona usuli - allergiya qo‘zg‘atuvchi narsalardan saqlanish. Hayotning birinchi yilida bolalarda allergiyaning eng keng tarqalgan turi oziq-ovqat allergiyasidir, bunda asosiy allergen oziq-ovqat oqsili hisoblanadi. Shuning uchun kichkintoylardagi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan allergiyani davolash – bu uning ratsionini to‘g‘rilash va maxsus, ya’ni davolovchi aralashmalarni qo‘llashdir. Ular faqat ikki turda bo‘lishi mumkin:
gidrolizlangan, ya’ni, mayda fragment-peptidlargacha parchalangan oqsil asosida tayyorlangan, ikkinchisi esa aminokislotalar asosida tayyorlangan aralashma.
Qaysi aralashmani qo‘llash kerakligini shifokor belgilaydi! U shuningdek, miqdorini hisoblab chiqadi va aralashmani qancha muddat davomida berish mumkinligini tushuntiradi.
Og‘ir allergiya belgilari bo‘lgan bola ona suti bilan oziqlantirilayotgan, ammo qo‘shimcha ovqatga muhtoj bo‘lsa, qo‘shimcha ozuqa sifatida ham aminokislotali aralashma qo‘llaniladi.
Muhim! Aminokislotali aralashma davolovchi mahsulot hisoblanadi. U faqat pediatr tavsiyasi bilan qo‘llaniladi.
Nutrilak Premium aralashmalari qatorida og‘ir allergiya belgilari bo‘lgan bolalarni oziqlantirish uchun ishlab chiqilgan ProAllergy AMINO mahsuloti bor. Bu aminokislotalar asosidagi to‘liq muvozanatli aralashma bo‘lib, alohida ehtiyojga ega bolaning sog‘lom rivojlanishi va o‘zini yaxshi his qilishi zarur barcha tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi.
Xulosa
- Allergiya – bu ko‘pchilik odamlar uchun xavfsiz bo‘lgan allergen moddasiga organizmning oshgan sezuvchanligi.
- Bolada allergiya belgilari teriga, nafas olish a’zolariga, ovqat hazm qilish tizimiga ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Og‘ir hollarda hayot uchun xavfli holatlar yuzaga kelishi mumkin. - Allergiyaning og‘ir holatlarida bola maxsus ovqatlantirish - aminokislotalar asosidagi davolovchi aralashmaga ehtiyoj sezadi.