
Tish chiqayotganda, chaqaloqda haqiqatan ham isitma ko’tarilishi mumkin. Tish milk ichida harakatlanayotganda uning to’qimalari shikastlanadi. Bola og’riqni his qiladi, u asabiylashadi. Chaqaloqdagi termoregulyatsiya mexanizmlari hali mukammal bo’lmaganligi sababli, hatto stressga javoban ham uning harorati ko’tarilishi mumkin. Keyinchalik, sut tishlari doimiy tishlar bilan almashganda, bola yana yoqimsiz hislarni boshdan kechirishi mumkin, ammo uning harorati normal bo’ladi.
Biroq, tish chiqayotganda isitmaning ko’tarilishi, shuningdek, bola shunchaki kasal bo’lib qolganligini ko’rsatishi mumkin. Bolaning tishlari chiqayotganda , uning tanasi qo’shimcha bosimni boshdan kechiradi, shuning uchun immunitet zaiflashadi. Ba`zida ota-onalar yuqori isitmani “tishlar” bilan bog’lashadi va bu vaqtda virusli infeksiyani davolashnni boshlash kerak.