Top.Mail.Ru

Bolada sanchiqlar bo’layotganini qanday bilish mumkin?

Submitted on: 16.09.2024
Time to read: 5 min
count 7294

Ota-onalarning yangi tug’ilgan chaqaloqning ichak sanchig’i bilan birinchi tanishuvi ko'pincha shifokorni chaqirishga olib keladi. Ularning odatda tinch bolasi birdan soatlab qichqirishni boshlaydi. Uni na tebratib uxlatish mumkin, na ovqatlantirib bo’ladi. Vahima boshlanadi. Bunday paytlarda chaqalog’ingizga yordam berish uchun chaqaloq sanchig’i nima ekanligini, uni qanday tanib olishni va sanchig’lar namoyon bo’lishini jiddiy kasalliklar belgilaridan qanday ajratishni bilib olish kerak.

Yangi tug’ilgan chaqaloqning sanchig’i - bu nima?

 
Chaqaloq sanchiqlari - yangi tug’ilgan chaqaloqlarning asossiz bezovtaligining keskin hurujlaridir. Bu bolaning ovqat hazm qilish tizimining funksional buzilishi. Oddiy qilib aytganda, ular kasallik yoki organlarning noto’g’ri tuzilishi bilan bog’liq emas, balki chaqaloqning oshqozon-ichak traktining yoshga bog’liq xususiyatlaridan kelib chiqadi.

Chaqaloq sanchig’lari - kasallik emas. Ular yangi tug’ilgan butunlay sog’lom chaqaloqlarda uchraydi.

Ichak sanchiqlari har beshinchi yangi tug'ilgan chaqaloqda uchraydi. Nima uchun ular ba`zi chaqaloqlarda ro’y beradi va boshqalarni chetlab o’tadi – bu oxirigacha aniq emas. Ammo chaqaloqning ahvolini yomonlashtiradigan sabablar mavjud. Agar emizikli ona ko’p miqdorda xamirli ovqat, shirinlik, xom sabzavot va mevalar, sut mahsulotlari iste`mol qilsa, sanchiqlar paydo bo’lishi mumkin. Oxirgisi, yangi tug’ilgan chaqaloqda sigir suti oqsiliga allergiyasi bo’lsa, shu jumladan, sanchiqni qo’zg’atishi mumkin.
Sun`iy oziqlantirishdagi chaqaloqlarda mos bo’lmagan aralashma sanchiqqa olib kelishi mumkin. Shuningdek, og’ir tug’ilishni, kesarcha kesichni boshdan kechirgan go’daklar xavf guruhida turadi. 

Sanchiqlar belgilari

колики 1.jpg

Bolaning qorni turli sabablarga ko’ra og’rishi mumkin. Buning uchun sanchiqlar har doim ham aybdor emas. Bolada sanchiq borligini ishonch bilan aytish uchun siz bir nechta belgilar mavjudligiga ishonch hosil qilishingiz kerak:

       • bolaning yoshi 2-4 haftadan katta va 5 oydan kichik
       • to’satdan boshlanadigan va tugaydigan hech qanday sababsiz uzoq vaqt yig’lashning muntazam hurujlari;
       • hurujlar kechga yaqin sodir bo’ladi;
       • bola oyoqlarini yig’ib oladi, ularni silkitadi, yuzi qizarib ketadi, oshqozoni taranglashadi, gaz chiqqandan keyin qisqa vaqt yengillik bo’ladi.
 

Diqqat, sanchiqlarda quyidagilar bo’lmaydi:

  •  Isitma;

  •  Qusish;

  •  Najasdagi qon;

  •  Qabziyat, diareya;

  •  Jismoniy rivojlanishdagi kechikish, vazn ortishining yo’qligi.

Sanchiqlar bilan kurashishda qanday yordam berish kerak?

Ertami-kechmi sanchiqlar o’z-o’zidan o’tib ketsa-da, huruj paytida chaqaloq azoblanadi. Siz uning holatini yengillashtirishga harakat qilishingiz mumkin:

• emizikli ona bir necha haftaga sut va sut-qatiq mahsulotlaridan voz kechib, hurujlar kamroq bo’lishini kuzatishi kerak;
• shuningdek, qorinni shishiradigan va ichakda bijg’ishga olib keladigan ovqatlarni kamroq iste`mol qilishi kerak;
• emizish paytida chaqaloqning sut bilan kamroq havo yutishini ta`minlash kerak: uni ko’krakka to’g’ri qo’yish va emizishdan keyin bir necha    daqiqa vertikal holatda ushlab turish;
• oziqlantirishdan oldin yangi tug’ilgan chaqaloqni qorniga yotqizishingiz kerak, bu mashq qorin devorini mustahkamlaydi va sanchiqlarning    oldini oladi;
• huruj paytida bolaning qornini soat yo’nalishi bo’yicha yengil silash, tizzalarini navbat bilan bukish va oyoqlarini qoringa bosish mumkin - bu  gazlarning chiqib ketishiga yordam beradi;
• chaqaloqning onasi bilan “teri teriga” kontakti va quruq issiqlik – bolalar grelkasi (isitish yostig’i), issiq taglik bilan og’riqni  yengillashtirishi  mumkin;
• sanchiqlar stress fonida kuchayadi, shuning uchun bolani tinch muhit bilan ta`minlang, uning oldida janjallashmang, ovozingizni ko`tarmang,  g’ashingizni yoki xavotiringizni ko’rsatmang.
 

Sanchiqlarga qarshi aralashma. Sanchiqlarda qaysi aralashma yaxshiroq?

Agar yangi tug’ilgan chaqaloq sun`iy oziqlantirishda bo’lsa, sanchiq paydo bo’lganda, siz shifokor bilan chaqaloqqa mos keladigan sut aralashmasini tanlashni muhokama qilishingiz mumkin. Butun sut oqsilli oddiy aralashmani “comfort” guruhidagi aralashma yoki sut-qatiqli aralashma bilan almashtirish kerak.

Bunday aralashmalarda sigir suti oqsili qisman gidrolizlangan yoki fermentlangan – ya`ni parchalangan, bu esa uni chaqaloqning yetilmagan ovqat hazm qilish tizimi tomonidan so’rilishini osonlashtiradi. Bundan tashqari, ushbu aralashmalarga probiyotiklar qo’shilgan, ular bolaning ichaklarini foydali mikrofloralar bilan to’ldirishga va patogenli – kasallik chaqiruvchi bakteriyalarni chiqarishga yordam beradi. Yangi aralashmani qanday kiritish haqida pediatr bilan maslahatlashishni unutmang, u bilan porsiyalarning hajmi va kunlik miqdorini muhokama qiling.

Agar chaqaloqda sanchiq boshlansa, vahima qilmaslik uchun quyidagilarni yodda tutish kerak:

  1. Sanchiqlar kasallik emas. Bu bola tanasining yetilmaganligining namoyonidir. 12 haftaga kelib ular susayadi va besh oyga kelib ular o’z-o’zidan o’tib ketadi.

  2.  Sachiqlar huruji paytida chaqaloq keskin qichqiradi, qizarib ketadi va oyoqlarini yig’ib oladi. Ammo u tugagach, azob izlari qolmaydi. Agar bunday ko’rinishlar fonida bolaning harorati ko’tarilsa, u qussa, uning qusug’ida yoki axlatida qon izlari bo’lsa, darhol shifokorni chaqiring.

  3.  Ko’krak suti bilan ovqatlanadigan chaqaloqqa sanchiqlar bilan kurashishga onaning parhezini to’g’rilash, “teri teriga” kontakti, qoringa yotqizish yordam beradi.

  4. Sun`iy oziqlantirishdagi bolalarga sanchiqlarda sut-qatiqli aralashmalar yoki “komfort” guruhidagi aralashmalar yordam beradi. Ularni kiritish va qo'llash xususiyatlari pediatr bilan muhokama qilinishi kerak.  

Яндекс.Метрика