Top.Mail.Ru

Tug’ruqning taxminiy sanasini aniqlash usullari

Submitted on: 20.09.2024
Time to read: 4 minut
count 10324

Tug’ruqning taxminiy sanasini qanday hisoblash mumkin?

Qachon tug’arkinman? Testdagi orzu qilingan ikkita chiziqchani olgandan keyin har bir ayol bu savolni beradi. Va bu shunchaki qiziqish emas. Ishda ta`tilni tug’ruq ta`tilidan oldin olish va 29 xaftalikda ishga chiqmaslik uchun uni to’g’ri hisoblash kerak. Nafaqat bo’lg’usi ona, balki barcha yaqin qarindoshlar ham 9 oy oldin ta`tillarini oldindan hisoblab, yordam taklifi bilan safga tizila boshlaydilar.

kak-rasschitat-predpolagaemuyu-datu-rodov

U qachon tug’iladi - martning boshidami yoki aprelning oxiridami? Birinchi kiyimni tanlash ham shunga bog’liq. Va chaqaloqning tug’ilish sanasi bilan bog'liq boshqa ko'plab savollar. Bularning barchasi oldindan hal qilinishi kerak.

Akusher-ginekolog uchun tug’ruqning taxminiy sanasi boshqacha ma`noga ega. Sana bo’yicha homiladorlik davrini hisoblash va chaqaloqning rivojlanishiga e`tibor qaratish mumkin. Homiladorlikning bosqichiga ko’ra, homilador ayol ko’rikdan o’tkaziladi va tekshiriladi, tug’ruq ta`tili beriladi va erta kelish to’g’risidagi ma`lumotnoma beriladi.

Tug’ruqning taxminiy sanasi yaqin kunlarda chaqaloq tug’iladigan sanani ko’rsatadi. Shuning uchun ham u tug’ruqning taxminiy sanasi deyiladi.

Tug’ruqning taxminiy sanasini hisoblash uchun ayol diqqatli, uyushgan bo’lishi kerak – oxirgi hayz kunini bilish, agar ovulyatsiya sanasi aniqlangan bo’lsa (follikulogenez, test tizimidan foydalanish), unda bu sanani ham bilishi kerak, siklning muntazamligini kuzatish va hayz ko’rish taqvimini yuritishi kerak.

Tug’ruqning taxminiy sanasini hisoblash uchun ko’plab formulalar mavjud:

       • Oxirgi hayz sanasi bo’yicha
       • Ovulyatsiya sanasi bo’yicha
       • Homilaning birinchi qimirlashi sanasi bo’yicha
       • Ultratovush tekshiruvi yordamida
 

Negele formulasi (oxirgi hayz kunidan 3 oy ayiriladi va 7 kun qo'shiladi). Ushbu usul faqat muntazam hayz sikli bo’lgan ayollar uchun to’g’ri keladi.

So’nggi paytlarda klinik ko’rsatmalar shifokor amaliyotida yetakchi hujjatlardan biriga aylandi. Ular homiladorlik muddatini oxirgi hayz sanasi va UTT ma`lumotlariga ko’ra aniqlashni tavsiya qiladilar. UTT yordamida homiladorlik muddati va tug`ruq sanasini aniqlash eng to’g’ri deb hisoblanadi. Birinchi trimestrda homiladorlik muddatini hisoblash uchun ular dumgaza-bosh suyagi tepasi o’lchamiga qarashadi. Keyingi bosqichlarda - homila boshi atrofi ko’rsatkichiga qarashadi.

So’nggi klinik ko’rsatmalar homiladorlik muddati va tug’ruq sanasini aniqlashning ikkita usulini ko’rib chiqishni taklif qilsa ham, ushbu sanalarni eski usullar bilan ham hisoblash mumkin.

Shifokor tomonidan tug’ruq muddatini hisoblab chiqqandan keyin ta`tilni rejalashtiring.

Hayz ko’rish bo’yicha tug’ruqning taxminiy sanasi

Klinik tavsiyalar asosida qo’llanilishi mumkin bo’lgan eski, tekshirilgan usul. Ushbu usul yordamida tug’ruq kunini aniqlash uchun siz oxirgi hayz ko’rishning birinchi kunini aniq bilishingiz kerak. Ideal holda, bemorning hayz davri muntazam, 28 kunlik. Keyin oxirgi hayzning birinchi kuni sanasiga 280 kun qo’shishimiz kerak, shunda biz tug’ruq sanani olamiz.

predpolagaemaya-data-rodov-po-mesyachnym

Agar hayz ko’rish muntazam, lekin sikl 28 kundan kam bo’lsa. Unda olingan sanadan 28 kungacha yetishmayotgan kunlar sonini olamiz. Misol: hayz davri muntazam, 26 kun. Oxirgi hayz ko'rishning birinchi kuni - 1 mart. Tug’ruq sanasi = 1 mart + 280 kun - 2 (28 kunlik sikldan 26 kunni olib tashlang = 2). Taxminiy tug’ruq sanasi = 5 dekabr - 2 kun = 3 dekabr.   

Agar hayz ko’rish sikli muntazam bo’lsa-yu, lekin davomiyligi 28 kundan ortiq bo’lsa, unda 280 qo’shilganidan keyin olingan sanaga biz 28 dan ortiq kunlar sonini qo’shamiz. Masalan, hayz sikli 35 kalendar kun davom etadi va oxirgi hayz kunining birinchi kuni ham 1 mart. 1 mart kuni tug’ruq kunni aniqlash uchun biz 280 kun va yana 5 qo’shamiz=10 dekabr.

Nomuntazam hayz sikli fonida, taxminiy tug’ruq sanasini aniqlashning ushbu usulidan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Ovulyatsiyaga asoslangan taxminiy tug'ruq sanasi

Agar ayol ovulyatsiyaning aniq sanasini bilsa, unda taxminiy tug’ruq sanasini hisoblash mumkin. Ovulyatsiya sanasini qanday aniqlash mumkin? Ovulyatsiyani aniqlash yoki follikulometriyani o’tkazish uchun chiziq testidan oldindan foydalanish. Oxirgi usul eng aniq.

predpolagaemaya-data-rodov-po-ovulyacii

Ovulyatsiya asosida taxminiy tug’ruq sanasini aniqlash uchun ovulyatsiyaning ma`lum sanasiga 38 qo’shing.

Homila bo’yicha tug’ruqning taxminiy sanasi

U ovulyatsiya sanasi bilan bir xil tarzda hisoblanadi. Axir, tuxumhujayraning umri faqat 1 sutka. Bu shuni anglatadiki, urug'lantirish ovulyatsiya kuni yoki keyingi kuni sodir bo’lgan deb taxmin qilish kerak.

Homilaning birinchi qimirlashi bo’yicha tug’ruqning taxminiy sanasi

Ishonchli deb aytish mumkin emas, chunki har bir homilador ayolda homilaning birinchi qimirlash hissi turli vaqtlarda sodir bo’ladi. Qayta tug’uvchi ayollar 15-16 xaftada harakatni his qilishlari mumkin. Birinchi marta tug’adiganlar esa buni 21-22 xaftada ham sezmasliklari mumkin.

Предполагаемая дата родов по первому шевелению плода

Birinchi tashrif bo’yicha tug’ruqning taxminiy sanasi

Bu ham axborotli hisoblanmaydi.  Ushbu usulga ko’ra, biz birinchi tashrifda ko’rsatilgan davrga e`tibor qaratamiz.  40 haftagacha hisoblash kerak. Ammo, agar bu faqat ginekologik tekshiruv bo’lsa, unda xato xavfi mavjud.

Results

  1.   Tug’ruqning taxminiy sanasini aniqlashning ko’plab usullari mavjud.
  2.   Aniqroq ma’lumotni UTTga asoslangan usul, shuningdek hayz sikli (muntazam siklda) bo’yicha beriladi.
  3.  Tug’ruqning taxminiy sanasi nafaqat qiziqish uchun, balki homila rivojlanishini to’g’ri baholash, tekshiruvlarga o’z vaqtida yuborish, tug’ruq ta`tiliga chiqish uchun belgilanadi.
  4.  Tug’ruqning taxminiy sanasi homiladorlikning aniq muddatini hisoblash va kerak bo’lganda zarur choralarni ko’rishga yordam beradi.
     
Яндекс.Метрика