Tavsifi
6 oydan katta bolalarni kelgusi aralash va sun'iy oziqlantirish uchun moslashtirilgan quruq sut aralashmasi.
Tarkib xususiyatlari:
Yuqori sifatli zardob oqsili - aminokislotali tarkib zardob oqsillari bilan boyitish hisobiga yaxshilanadi.
Ko'p to'yinmagan yog' kislotalari - bolaning miyasi va ko'rish qobiliyatini rivojlantirish uchun zarurdir.
Muvozanatlashtirilgan vitaminlar kompleksi - hayotning birinchi yilidagi bolalarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda maxsus ishlab chiqilgan, kichkintoyning uyg'un o'sishi va rivojlanishiga yordam beradi.
Kalsiy va D vitamini - suyaklar va tishlarni mustahkamlash uchun.
Temir va rux - anemiyaning oldini olish uchun.
Antioksidant kompleks (A, E, C vitaminlari + selen) va biologik muhim nutriyentlar (taurin, biotin, xolin, inozitol) - bolani atrof-muhitning salbiy omillaridan himoya qilishga yordam beradi.
Yo'riqnoma
Tayyorlash usuli:
1. Bolani oziqlantirish uchun mo’ljallangan barcha idishlarni 5 daqiqadan kam bo'lmagan vaqt davomida qaynatib oling.
2. Tayyorlangan shishaga kerakli miqdorda 40-45°C gacha isitilgan bolalar uchun ichimlik suvini quying. Bolalar uchun ichimlik suvi bo’lmasa, 40-45°C gacha sovutilgan qaynatilgan suvdan foydalanish mumkin.
3. Suvli shishaga kerakli miqdorda o’lchov qoshig’ida quruq aralashmani qo’shing (oziqlantirish jadvaliga qarang), pichoqning o’tmas tomoni bilan qoshiq yuzasidan ortiqchasini olib tashlang.
4. Shishani yopgandan so’ng, aralashma to'liq eriguncha chayqating. Tayyor aralashmaning haroratini bilagingizning ichki qismida tekshiring.
Ogohlantirish:
Ichimlikni bevosita oziqlantirishdan oldin tayyorlang.
Tayyorlangan aralashma 2 soat davomida ishlatilishi kerak.
Tayyorlangan ichimlik qoldiqlaridan keyingi oziqlantirish uchun foydalanmang.
Saqlash sharoiti:
Qadoqni ochishdan oldin quruq aralashmani 0 dan 25˚С gacha bo’lgan haroratda va 75% dan ko’p bo’lmagan nisbiy namlikda saqlang. Qadoqni ochgandan so’ng, quruq aralashmani 3 haftadan ko’p bo’lmagan muddat quruq, salqin joyda saqlang, lekin sovutgichda emas.
Tarkibi
Tarkibi: quruq demineralizatsiyalangan sut zardobi, o’simlik yog’lari (palma, kokos, soya, kungaboqar yuqori oleinli), maltodekstrin, quruq yog’sizlantirilgan sut, mineral moddalar (kaliy sitrat, kalsiy karbonat, kalsiy fosfat, natriy xlorid, magniy xlorid, temir sulfat, rux sulfat, mis sulfat, marganets xlorid, kaliy yodid, natriy selenit), vitaminli kompleks (askorbin kislotasi, tokoferol asetat, nikotinamid, kalsiy – D – pantotenat, riboflavin, retinol asetat, piridoksin gidroxlorid, tiamin gidroxloridi, foliy kislotasi, filloxinon, D-biotin, xolekalsiferol, sianokobalamin), emulgator (soya lesitini), taurin, inozit, L-karnitin, antioksidlovchi (askorbilpalmitat).
Tarkibida GMO, konservantlar, bo'yoq va xushbo’ylantiruvchi moddalar mavjud emas.
Не содержит ГМО.
Ozuqaviy qiymati
Ozuqaviy qiymati: | 100 g quruq aralashmada | 100 g tayyor aralashmada |
Energetik qiymati kkal/kJ | 495 / 2073 | 68 / 286 |
Oqsil, g | 9,5 | 1,3 |
sut zardobi oqsillari/kazein, % | 65/35 |
|
Taurin, mg | 40 | 5,5 |
Yog’, g | 24,5 | 3,4 |
Linol kislotasi, g | 4,3 | 0,6 |
Linol kislotasi, yog’li kislotalar miqdoridan % | 18 |
|
a-linol kislotasi, g | 0,46 | 0,06 |
Uglevodlar, g | 59,3 | 8,2 |
laktoza, g | 41,4 | 5,7 |
laktoza, uglevodlar miqdoridan % | 70 |
|
Mineral moddalar: |
|
|
kalsiy, mg | 470 | 65 |
fosfor, mg | 255 | 35 |
kaliy, mg | 507 | 70 |
natriy, mg | 160 | 22 |
magniy, mg | 50 | 6,9 |
mis, mkg | 500 | 69 |
marganets, mkg | 51 | 7 |
temir, mg | 8,6 | 1,2 |
rux, mg | 6,5 | 0,9 |
xloridlar, mg | 310 | 43 |
yod, mkg | 87 | 12 |
selen, mkg | 9,4 | 1,3 |
Kul, g | 3,6 | 0,5 |
Vitaminlar: |
|
|
retinol (A), mkg-ekv | 470 | 65 |
tokoferol (E), mg | 9,2 | 1,2 |
kalsiferol (D), mkg | 9,2 | 1,2 |
K vitamini, mkg | 32 | 4,5 |
tiamin (B1), mkg | 400 | 55 |
riboflavin (B2), mkg | 1362 | 188 |
pantoten kislotasi, mkg | 3,1 | 0,43 |
piridoksin (B6), mkg | 510 | 70 |
niatsin (PP), mkg | 4 | 0,55 |
foliy kislotasi, mkg | 80 | 11 |
sianokobalamin (B12), mkg | 1,7 | 0,23 |
askorbin kislotasi (C), mg | 72 | 10 |
biotin, mkg | 15 | 2,1 |
Inozit, mg | 21 | 2,9 |
Xolin, mg | 50 | 6,9 |
Karnitin, mg | 8,4 | 1,2 |
Osmolyallik, mOsm/kg | - | 260 |