Tavsifi
Muddatidan oldin tug'ilgan va kam vaznli chaqaloqlarni tug'ilgandan boshlab aralash va sun'iy oziqlantirish uchun quruq sutli aralashma.
Tarkibining afzalligi:
OQSILNING YUQORI TARKIBI yuqori o'sish talablarini qondiradi
WProtein1 OQSILI oson hazm bo'ladi
O'RTA ZANJIRLI TRIGLITSERIDLAR (O’ZT) yog' komponentining so'rilishini osonlashtiradi.
OMEGA-3 (DHA)max */OMEGA-6 (ARA) max* intellekt rivojlanishi va ko’z o’tkirligini saqlashda muhim ahamiyatga ega.
GOS / FOS PREBIOTIKLAR-OLIGOSAXARIDLAR KOMPLEKSI - foydali ichak mikroflorasining o'sishi (bifidobakteriyalar va laktobakteriyalar) va bolaning ichi muntazam yumshoq kelishini shakllanishi.
NUKLEOTIDLAR - immun tizimining shakllanishi va oshqozon-ichak traktining yetilishi.
PALMA VA RAPS YOG’LARISIZ TABIY SUT YOGʻLI MAXSUS YOGʻ TARKIBI
1WProtein – Whey Protein – aralashma zardob oqsillari bilan boyitilgan
* max - DHA/ARAning yuqori tarkibi muddatidan oldin tug'ilgan chaqaloqlarning ehtiyojlarini qondiradi
Yo'riqnoma
Tayyorlash usuli
1. Bolani ovqatlantirish uchun mo'ljallangan barcha idishlarni kamida 5 daqiqa qaynatib oling.
2. Tayyorlangan idishga kerakli miqdorda 40-45 °C ga qadar isitilgan bolalar ichimlik suvini quying. Agar bolalar ichimlik suvi bo'lmasa, siz 40-45 °C gacha sovutilgan qaynatilgan suvdan foydalanishingiz mumkin.
3. Suv solingan idishga quruq aralashmaning kerakli miqdordagi o'lchov qoshiqlarini qo'shing (ovqatlantirish jadvaliga qarang), qoshiq yuzasidan ortiqchasini olib tashlang.
4. Idishni yopgandan so'ng, aralashma to'liq eriguncha chayqating.
5. Tayyorlangan aralashmaning haroratini bilagingizning ichki qismida tekshiring.
6.
- Aralashmani bevosita ovqatlantirishdan oldin tayyorlang.
- Idishdagi tayyor aralashma qoldiqlarini keyingi ovqatlantirish uchun ishlatmang.
Aralashmani ichirishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Aralashmaning hajmi, ovqatlanish soni va aralashmadan foydalanishning umumiy davomiyligi shifokor tomonidan muddatidan oldin tug'ilgan va kam vaznli chaqaloqlarning o'sish tezligining individual dinamikasiga qarab belgilanadi. Aralashma to'liq hajmda ishlatilishi va asosiy taom bilan birlashtirilishi mumkin.
Ovqatlantirish jadvali
O`lchov qoshiqlari soni* | Suv hajmi, ml | Tayyor aralashma hajmi, ml |
1 | 25 | 30 |
2 | 50 | 55 |
3 | 75 | 85 |
4 | 100 | 115 |
5 | 125 | 140 |
* 1 o'lchov qoshig'i - 4,3 g quruq aralashma
Qadoqni ochishdan oldin quruq aralashmani 0 dan 25 ºС gacha bo'lgan haroratda va nisbiy namligi 75% dan yuqori bo'lmagan joyda saqlang.
Qadoq ochilganidan so'ng, quruq aralashma salqin va quruq joyda 3 haftadan ko'p bo'lmagan muddatda saqlanishi mumkin.
Tarkibi
Tarkibi: quruq demineralizatsiyalangan sut zardobi, quruq sut, maltodekstrin, o‘simlik yog`lari (kungaboqar yuqori oleinli, soya, yog`lari), o'rta zanjirli triglitserid konsentrati, sut zardobi oqsili konsentrati, galaktooligosaxaridlar, yog'sizlantirilgan quruq sut, sut yog'i, baliq yog'i (dokozageksayen kislotasi DHA manbai), mineral moddalar (kalsiy fosfat, kalsiy karbonat, kaliy sitrat, natriy xlorid, magniy xlorid, natriy sitrat, temir (II) sulfat, rux sulfat, mis sulfat, kaliy yodid, marganets xlorid, natriy selenit), Mortierella Alpina yog’i (araxidon kislotasi ARA manbai), vitamin kompleksi (L-askorbin kislotasi, DL-alfa-tokoferol asetat, nikotinamid, kalsiy D-pantotenat, riboflavin, retinol asetat, piridoksin gidroxloridi, tiamin gidroxloridi, foliy kislotasi, filloxinon, D-biotin, D3 xolekalsiferol, sianokobalamin), fruktooligosaxaridlar, inozit, xolin bitartrat, emulgator (soya lesitini), taurin, nukleotidlar (sitidin 5'-monofosfor kislotasi, uridin 5'-monofosfat dinatriyli tuzi, adenozin 5'-monofosfor kislotasi, guanozin 5'- monofosfat dinatriyli tuzi, inozin 5'- monofosfat dinatriyli tuzi), L-karnitin, antioksidlovchi (askorbilpalmitat).
Tarkibida GMO mavjud emas!
Ozuqaviy qiymati
Ozuqaviy qiymati | 100 g quruq aralashmada | 100 ml tayyor aralashmada |
Energetik qiymati kkal/kJ | 510/2134 | 78/326 |
Oqsil, g | 14,4 | 2,2 |
zardob oqsillari/kazein, % | 70/30 |
|
Taurin, mg | 36 | 5,5 |
Yog’lar, g | 27,5 | 4,2 |
Sut yog’i, yog’ning umumiy miqdoridan % | 18 |
|
o'rta zanjirli triglitseridlar, yog’ning umumiy miqdoridan % | 30 |
|
Linol kislotasi, g | 4,44 | 0,68 |
a- Linol kislotasi, g | 0,54 | 0,08 |
araxidon kislotasi, mg | 105 | 16 |
dokozageksayen kislotasi, mg | 131 | 20 |
eykozapentayen kislotasi, mg | 28 | 4 |
Uglevodlar, g | 52,1 | 8,0 |
Laktoza, g | 32,5 | 5,0 |
prebiotiklar: |
|
|
galaktooligosaxaridlar, g | 1,8 | 0,27 |
fruktooligosaxaridlar, g | 0,2 | 0,03 |
Mineral moddalar: |
|
|
kalsiy, mg | 588 | 90 |
fosfor, mg | 327 | 50 |
kaliy, mg | 490 | 75 |
natriy, mg | 202 | 31 |
magniy, mg | 57 | 8,7 |
mis, mkg | 520 | 80 |
marganets, mkg | 29,5 | 4,5 |
temir, mg | 9,8 | 1,5 |
ruh, mg | 5,2 | 0,8 |
xloridlar, mg | 327 | 50 |
yod, mkg | 131 | 20 |
selen, mkg | 9,8 | 1,5 |
kul, g | 3,0 | 0,4 |
Vitaminlar: |
|
|
retinol (A), mkg-ekv | 1045 | 160 |
tokoferol (E), mg | 12,4 | 1,9 |
kalsiferol (D), mkg | 13 | 2 |
K vitamini, mkg | 46 | 7 |
tiamin (B1), mkg | 657 | 101 |
riboflavin (B2), mkg | 1315 | 201 |
pantoten kislotasi, mkg | 5,2 | 0,8 |
piridoksin (B6), mkg | 591 | 90 |
niatsin (PP), mkg | 13 | 2 |
foliy kislotasi, mkg | 314 | 48 |
sianokobalamin (B12), mkg | 1,9 | 0,29 |
askorbin kislotasi (C), mg | 98 | 15 |
biotin, mkg | 23 | 3,5 |
Nukleotidlar, mg | 22,9 | 3,5 |
Inozit, mg | 130 | 20 |
Xolin, mg | 78 | 12 |
L-karnitin, mg | 11 | 1,7 |
Osmolyallik, mOsm/kg | - | 290 |