




Tavsifi
Saralangan echki sutiga asoslangan bolalar sutli aralashmasi.
Bola hayotining 6-oyidan boshlab aralash va sun’iy oziqlantirish uchun mo‘ljallangan.
Tarkibning xususiyatlari:
Ovqatni qulay hazm qilish uchun
Echki sutining tabiiy oqsili GoatProtein1 oson o‘zlashtiriladi va tez hazm bo‘ladi.
Echki sutida tabiiy sut yog‘ining mavjudligi va aralashmada palma yog‘ining yo‘qligi muntazam yumshoq axlatning shakllanishiga yordam beradi.
Immunitetni qo‘llab-quvvatlash uchun
Ona sutidagi kabi beshta asosiy oligosaxaridlaridan iborat noyob kompleks (5-HMO) immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi va infeksiyalardan himoya qiladi.
Miya rivojlanishi uchun
Omega-3 (DHA)max*miya, neyron aloqalari va ko‘z to‘r pardasining shakllanishi uchun zarur bo‘lgan maxsus yog‘ kislotalaridir. DHA miqdorining yuqori bo‘lishi bolaning aqliy rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
TABIIY SUT YOG‘ILI MAXSUS YOG‘LI TARKIB
PALMA VA RAPS YOG‘LARISIZ
* DHAmax - xalqaro ekspertlar tavsiyalariga muvofiq yuqori miqdordagi DHA tarkibi (Yevropa Ittifoqining 127/2016-sonli Direktivasi)
**HMO - Ona sutidagi kabi oligosaxaridlari
MUHIM!
Bolani qanday qilib yangi aralashmaga o‘tkazish kerak?
Yangi aralashmani quyidagi sxema bo‘yicha eskisi bilan ovqatlantirish oldidan berish kerak:
birinchi sutkada - 1 marta ovqatlantirishda 10 ml yangi aralashma,
ikkinchi sutkada - 3 marta ovqatlantirishda 10 ml dan yangi aralashma,
uchinchi sutkada - 3 marta ovqatlantirishda 20 ml dan,
to‘rtinchi sutkada - 5 marta ovqatlantirishda 50 ml dan,
beshinchi sutkada - 4 marta ovqatlantirishda 100 ml dan,
oltinchi sutkada - 5 marta ovqatlantirishda 150 ml dan,
yettinchi sutkada - 5-6 marta ovqatlantirishda 180 ml dan.
Yo'riqnoma

- Bolani ovqatlantirish uchun mo‘ljallangan barcha idishlarni kamida 5 daqiqa qaynatib oling.
- Tayyorlangan butilkachaga 40-45°C haroratgacha sovutilgan qaynagan suvdan kerakli miqdorda quying.
- Suvli butilkachaga kerakli miqdorda quruq aralashmani qo‘shib (ovqatlantirish jadvaliga qarang), ortiqcha aralashmani pichoqning o‘tmas qirrasi bilan qoshiqning sirtidan olib tashlang.
- Butilkachani yopib, aralashma to‘liq eriguncha silkiting.
- Tayyor aralashmaning haroratini bilakning ichki tomoniga tekkizib tekshiring.
Foydalanish bo‘yicha tavsiyalar:
Aralashmani bevosita ovqatlantirishdan oldin tayyorlang.
Tayyorlangan aralashma 2 soat ichida ishlatilishi shart.
Keyingi ovqatlantirish uchun butilkadagi qolgan aralashmadan foydalanmang.
Qarshi ko‘rsatmalar: tarkibiy qismlarni individual ko‘tara olmaslik.
Qo‘llashdan avval pediatr bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Aralashma hajmi va ovqatlantirish sonini shifokor ovqatlantirish jadvaliga muvofiq belgilaydi.
Ovqatlantirish sxemasi |
|
(1 ta cho‘qqisiz o‘lchov qoshig‘i - 4,6 gramm quruq aralashma hisobida):
Saqlash shartlari
Qadoqni ochguncha, quruq aralashmani 0 dan 25 °C gacha bo‘lgan haroratda va havoning nisbiy namligi 75% dan oshmaydigan sharoitda saqlang.
Qadoqni ochgandan so‘ng, quruq aralashmani quruq va salqin joyda 3 haftadan ortiq saqlamang.
Tarkibi
Tarkibi: qaymog’i olinmagan echki suti kukuni, laktoza (sut shakari), o’simlik yog’lari (yuqori oleinli kungaboqar, soya, kokos), maltodekstrin, omega-3 ko’p to’yingan yog’ kislotalari (DHA dokozageksayenli kislota manbai ), 5-HMO oligosaxarid kompleksi, (2'- fukozillaktoza (2'-FL), lakto-N-tetraoza (LNT), 6'- sialillaktoza (6'-SL), difukozillaktoza (DFL), 3'- sialillaktoza (3'-SL), mineral moddalar (kalsiy karbonat, natriy sitrat, temir (II) sulfat, rux sulfat, mis sulfat, marganets xlorid, kaliy yodidi, natriy seleniti), vitamin kompleksi (L-askorbin kislotasi, DL-alfa-tokoferol atsetati, nikotinamid, kalsiy D-pantotenati, riboflavin, retinol atsetati, piridoksin gidroxloridi, tiamin gidroxloridi, foliy kislotasi, filloxinon, D-biotin, D3 xolekalsiferol, siankobalamin), xolin bitartrat, L-sistin, L-triptofan, Inozit, taurin, emulgator (soya lesitini), ko’p to’yinmagan omega-6 yog’ kislotalari (ARA araxidon kislotasi manbai), nukleotidlar (sitidin-5'- monofosfor kislotasi, uridin-5'- monofosfat dinatriy tuzi, adenozin-5'- monofosfor kislotasi, guanozin-5'- monofosfat dinatriy tuzi, inozin-5' - monofosfat dinatriy tuzi), L-karnitin, antioksidant (L-askorbilpalmitat).
Tarkibida GMO mavjud emas!
Ozuqaviy qiymati
Ozuqaviy qiymati | 100 g quruq aralashmada | 100 ml tayyor aralashmada |
---|---|---|
Energetik qiymati, kJ/ kkal | 2080/497 | 287/69 |
Oqsillar, g | 9,5 | 1,3 |
Sut zardobi oqsillari/kazein, % | 20/80 | |
L- triptofan, mg | 198 | 27 |
L- sistin, mg | 175 | 24 |
Taurin, mg | 44 | 6,0 |
Yog‘lar, g | 24 | 3,3 |
linol kislotasi, g | 4,2 | 0,58 |
linol kislotasi, yog‘ kislotalari yig‘indisiga nisbatan % | 18 | |
a-linolen kislotasi, g | 0,47 | 0,065 |
araxidon kislotasi, mg | 10,1 | 1,4 |
dokozageksaen kislotasi, mg | 123 | 17 |
Uglevodlar, g | 61 | 8,4 |
laktoza, g | 43 | 5,9 |
laktoza, umumiy uglevodlar miqdoriga nisbatan % | 70 | |
Prebiotiklar: 5-HMO oligosaxaridlar, mg | 145 | 20 |
Mineral moddalar: | ||
kalsiy, mg | 470 | 65 |
fosfor, mg | 255 | 35 |
kaliy, mg | 580 | 80 |
natriy, mg | 183 | 25 |
magniy, mg | 50 | 6,9 |
mis, mkg | 380 | 52 |
marganets, mkg | 61 | 8,5 |
temir, mg | 8,6 | 1,2 |
rux, mg | 6,5 | 0,9 |
xloridlar, mg | 430 | 59 |
yod, mkg | 101 | 14 |
selen, mkg | 15 | 2,0 |
Kul, g | 3,6 | 0,5 |
Vitaminlar: | ||
retinol (A), mkg-ekv | 471 | 65 |
tokoferol (E), mg | 8,7 | 1,2 |
kalsiferol (D), mkg | 8,7 | 1,2 |
K vitamini, mkg | 33 | 4,5 |
tiamin (B1), mkg | 398 | 55 |
riboflavin (B2), mkg | 1362 | 188 |
pantoten kislotasi, mg | 3,1 | 0,4 |
piridoksin (B6), mkg | 507 | 70 |
niatsin (PP), mg | 4 | 0,55 |
foliy kislotasi, mkg | 83 | 11 |
siankobalamin (B12), mkg | 1,7 | 0,23 |
askorbin kislotasi (C), mg | 72 | 10 |
biotin, mkg | 15 | 2,1 |
Nukleotidlar, mg | 14,5 | 2 |
lyutein, mg | 87 | 12 |
Inozit, mg | 44 | 6,0 |
Xolin, mg | 123 | 17 |
L-karnitin, mg | 11 | 1,5 |
Osmolyallik, mOsm / kg | - | 280 |