Top.Mail.Ru

Emizishda allergiya

Submitted on: 14.03.2025
Time to read: 6 minut
count 7642

Ona suti - chaqaloqlar uchun eng yaxshi ozuqadir. Ammo agar bola ushbu mukammal mahsulotga terida toshmalar, ovqat hazm qilish muammolari va salomatlikning umumiy buzilishi bilan javob bersa-chi? Biz ona sutiga allergiya bo’lishi mumkinligini va agar uning alomatlari emizikli bolada paydo bo’lsa, nima qilish kerakligini aniqlashtirib olamiz.

Emizish davrida bolada allergiyaning birinchi namoyon bo’lishi bilan pediatrga murojaat qilish kerak va barcha keyingi harakatlar: tekshiruv, davolash va parhez – uning nazorati ostida amalga oshiriladi.

Ehtimol, shifokor gipoallergen aralashma  Nutrilak Premium Гипоаллергенный ni buyurishi mumkin.

 

Emizishda allergiya yuzaga kelishi sabablari.


лактостаз.jpg

Aynan ko’krak suti oqsiliga chaqaloqning allergiyasi bo’lishi ehtimoli juda kam. Umuman olganda butun dunyo bo’ylab ma’lum bo’lgan bunday holatlarni barmoq bilan sanash mumkin. Bunday allergiya darhol o’zini bildiradi va bolada og’ir holatni keltirib chiqaradi. Shuning uchun, agar bolada ko’krak sutidan allergiya namoyon bo’lsa, ko’krak sutini ayblash va sun’iy oziqlantirishga o’tish noto’g’ri bo’ladi.

U holda nima uchun emizikli bolada allergiya paydo bo’ladi? Haqiqat shundaki, ko’krak suti tarkibiga oz miqdorda emizikli onaning ovqatidagi moddalar kiradi. Shunday qilib, bolaning immuniteti bo’lajak ovqat bilan tanishadi. Ammo agar bolaning kasallik tarixida onaning homiladorligi asoratlar bilan o’tganligi, bola kesarcha kesish yo’li bilan tug’ilganligi, agar uning allergiyaga moyilligi borligi – masalan, ota-onalardan biri yoki ikkalasi ham allergiyadan aziyat chekishi haqida ma’lumotlar bo’lsa, u holda bunday "tanishuv"ga uning immun tizimi bardosh bermasligi va allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin. Allergiya rivojlanishining ushbu xavf omillarisiz ham, bolalarning 10-15% u rivojlanishi mumkin.

Yaxshi xabar shundaki, ovqat allergiyasining aksariyat holatlarida bolalar uni "o’sib" yengadilar. Agar bir yoshgacha bo’lgan bolalarning 30% undan aziyat cheksa, kattalar orasida faqat 1-3% oziq-ovqat allergiyasi uchraydi. Yomon xabar - davolashsiz kasallik bronxial astma rivojlanishigacha og’irroq shakllarga o’tib ketadi. Agar emizikli bolada emizish vaqtida allergiya boshlangan bo’lsa, ona o’z ratsionini qayta ko’rib chiqishi kerak.
аллергия на грудном вскармливании.jpg

08.09.2021
Nonushta: suli bo’tqasi, olma kompoti, parhezli pechenyesi (qo‘shimchalarsiz).
Tushlik: Tovuq go’shtidan kotlet, guruch, yangi bodring. Choy. Nok.

Emizikli onaning parhezi. Allergenni qanday aniqlash mumkin?

печенье в прикорме.jpg

Emizikli onaning parhezi - bu xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarining kam sonli turlariga o’tish emas. Ona avvalgidek mazali va xilma-xil ovqatlanishi kerak. Asosiysi, bola nimaga reaksiya berishini aniqlash va allergenni ozuqaviy qiymati o’xshash gipoallergen mahsulot bilan almashtirish.

Bola hayotining birinchi yilida eng keng tarqalgan allergen - bu, sigir suti oqsilidir, shuning uchun bolada allergiya namoyon bo’lganda, u birinchi bo’lib shubha ostida qoladi. Ona sut mahsulotlarini, shuningdek mol go’shti va buzoq go’shtini o’z menyusidan istesno qilishi kerak. 
 

Allergiyaga moyil bo’lgan bola bir emas, balki bir nechta mahsulotlarga reaksiya berishi mumkinligi sababli, kamida ikki hafta davomida emizikli ayol gipoallergen menyuga rioya qilishi kerak, ya’ni potensial allergenlardan va ovqat hazm qilishda bezovta qiluvchi mahsulotlardan bir muddat voz kechishi zarur, bular esa:

  • Allergenlarning "katta sakkizlik" mahsulotlari - sut mahsulotlari, tuxum, baliq, dengiz mahsulotlari, soya, yong’oqlar, yeryong’oq, bug’doy.
  • Sitrus mevalari, shokolad, asal, qo’ziqorin, ekzotik mevalar.
  • Kuchli go’shtli bulyonlar, marinadlar, ziravorlar, dudlangan go’shtlar, o’tkir ta’m va hidga ega mahsulotlar – piyoz, sarimsoq, turp.
  • Shishish va qorin g’uldirashiga olib keladigan mahsulotlar - tuzlangan karam, uzum.
  • Sun’iy xushbo’ylashtirgichlar, konservantlar va bo’yoqlarga ega mahsulotlar.

Kuzatuv natijalarida adashmaslik uchun emizikli ona oziq-ovqat kundaligini yuritishi kerak. Bu daftar, yondaftar, shunchaki qog’oz varag’i, telefonda yoki kompyuterda elektron eslatma – o’zingizga qulayi bo’lishi mumkin. Sanani yozing va siz iste’mol qilgan barcha mahsulotlarni ustun shaklida yozing. Yoniga bolaning terisi, nafas olish organlari va ovqat hazm qilish tizimining reaksiyalari bor-yo’qligini va agar mavjud bo’lsa, qaysi biri ekanligini belgilang.


Misol: 

Shunday qilib, ko’krak sutiga allergiya - bu afsona.

  •  Emizikli bolada allergiya sabablari - allergenlarning ona sutiga onaning ovqatidan kirib borishi yoki kontakt allergiyasidir.

  • Agar allergiya oziq-ovqatdan ekanligiga shubha bo’lsa, ona ikki-uch hafta davomida gipoallergen parhezga rioya qilishi va oziq-ovqat kundaligini yuritishi kerak.

  • Agar parhez yordam bermasa, u holda xatolar bor-yo’qligini aniqlash yoki tashxisni aniqlashtirish kerak.

Bolada allergiyaning barcha ko’rinishlari yo’qolgandan so’ng, quyidagi ehtiyotkorlik qoidalariga amal qilgan holda istisno qilingan mahsulotlarni emizikli onaning ratsioniga qaytarishni boshlashi mumkin:

           • bolaning ahvoli me’yoriga kelganidan ikki-uch hafta o’tgach, mahsulotlarni birma-bir kiritish;
           • albatta, oziq-ovqat kundaligini yuritish;
           • agar avvalgisiga reaksiya bo’lmasa, keyingi mahsulotni 10-14 kundan keyin ratsionga qaytarish;
           • sut mahsulotlari menyuga oxirgi bo’lib kiritiladi; agar emizikli boladagi allergiya ularga tasdiqlansa, u holda sigir suti oqsili emizikli ayol                    ratsionidan chiqarib tashlanganidan keyin kamida 6 oy oldin.


календарь прививок.jpg

Яндекс.Метрика