Top.Mail.Ru

Savollar va javoblar

Eng mashhur savollar

Toksikoz – bu ovqatlanish holatining buzilishi hisoblanadi (hamma kerakli nutriyentlar bilan ta`minlanganlikning) buzilishidir. To’g’ri ovqatlanish va Femilak maxsus ozuqa ko’rinishida qo’llab-quvvatlash toksikozning oldini olishga yordam beradi va uning ko’rinishlarini yengillashtiradi.

Aralashmaga o’tamiz

Bolalarning har qanday aralashmasini, jumladan davolovchi aralashmani ham asta-sekinlik bilan va kichik miqdorda kiritish kerak.

Nega? Yangi yoki birinchi marta kiritilayotgan aralashmaga bola organizmining mumkin bo’lgan nojo’ya reaksiyasini iloji boricha vaqtliroq sezish uchun.

Reaksiya oziq-ovqat allergiyasi, qorin sanchiqlarining paydo bo’lishi yoki kuchayishi, qayt qilishlar, qabziyatlar yoki diareya bo’lishi mumkin.

Ushbu alomatlardan birontasi paydo bo’lsa, aralashmani kiritishni to’xtatish va pediatrga murojaat qilish kerak!

Ushbu alomatlardan birontasi paydo bo’lsa, aralashmani kiritishni to’xtatish va pediatrga murojaat qilish kerak!

Muhim! Aralashma kiritilganda bola najasining tez-tezligi, rangi va konsistentsiyasi ozgina o’zgarishi mumkin. Bu normal holatdir.

Вопросы по продуктам

Nutrilak 1 va 2 tarkibiga bazaviy aralashmalarda yo’q bo’lgan komponentlar bor.

  • miyaning to’liq rivojlanishi uchun – maksimal miqdorda Omega 3 
  • immunitetni mustaxkamlash uchun – nukleotidlar,
  • ovqat xazm bo’lishi qulay bo’lishi uchun – prebiotiklar.

Bundan tashqari premium formulalarda biz sut yog’idan foydalanamiz.

Palma va raps yog’i qo’llanilmaydi.

Prebiotiklar – bu ichakdagi do’st-mikroblar uchun ozuqa moddalardir. Prebiotiklar foydali bakteriyalar o’sishi uchun zarurdir.

Prebiotiklar ovqat hazm qilish traktining mikroflorasida yashaydigan foydali bakteriyalar uchun ozuqa bo’lib xizmat qiladilar. 

  • immunitetni mustaxkamlaydilar (organizmning viruslarga va bakteriyalarga qarshilik ko’rsata olishini kuchaytiradilar), respirator va ichak kasalliklari vaqtida tuzalishga yordam beradilar.
  • ichakda zararli bakteriyalar o’sishi va rivojlanishini pasaytiradi
  • ichak devoriga ta`sir qiladi va ichak ichidagilarning harakati bo’yicha uning funksiyalarini yaxshilaydilar – ichak sanchiqlarini va qabziyatni oldini olish uchun.

Omega-3 – bu organizmga kerakli, lekin organizm tomonidan ishlab chiqarilmaydigan ko’p to’yinmagan yog’li kislotalardir.

Omega-3 bizning organizmda ko’p jarayonlarga va tizimlarga ta`sir qiladi:

  • Asab tizimi. Miya tuzilmasining rivojlanishiga va bolaning o‘z vaqtida asab-psixik rivojlanishiga  yordam beradi.
  • Ko’rish qobiliyati. Omega-3 ko’z to’r pardasining shakllanishida ishtirok etadi, demak ko’zning ravshanligiga ijobiy ta`sir qiladi.
  • Yurak-qon tomir tizimi. Omega-3 tomirlar devorining hujayra membranalari shakllanishida ishtirok etadi va aterosklerotik blyashkalar paydo bo’lish jarayonini sekinlashtiradi.
  • Immun tizimi. Omega-3 immun javobini rag’batlantiradilar va immunitetga yordam beradilar.

1-dan 2-aralashmaga bola olti oylik yoshga yetganda o’tish kerak. 

1-aralashmadan 2-arlashmaga o’tish asta-sekin, 4 kun mobaynida bo’lishi kerak. Odatda, 6 oylik yoshda bolalar bir ovqatlanishda 200 ml. tayyor aralashma (180 ml. suvda suyultirilgan 6  o’lchash qoshiqdagi quruq aralashma) ichishadi. Shuning uchun o’tishni quyidagidek qilgan qulaydir:

1-kun. Har bir ovqatlantirish uchun 4 o’lchash qoshiq Nitrilak Premium 1 va 2 o’lchash qoshiq Nutrilak Premium 2 dan iborat aralashma tayyorlang;

2-kun. Ovqatlantirishdan oldin 3 o’lchash qoshiqdan Nutrilak Premium 1 va Nutrilak Premium 2 ni suvda suyultirib, aralashma tayyorlang;

3-kun. Aralashma 5 o’lchash qoshiq Nutrilak Premium 2 va 1 qoshiq Nutrilak Premium 1 dan tayyorlanishi kerak;

4-kun. To’rtinchi kun Nutrilak Premium 1 to’liq chiqariladi va har bir ovqatlanish uchun 6 o’lchash qoshiqdan Nutrilak Premium 2 aralashma tayyorlanadi.

Siz bir aralashmani boshqasi bilan almashtirayotgan vaqt davomida, bola ratsioniga qo’shimcha ovqat uchun yangi mahsulotlar qo’shish tavsiya etlmaydi.

Ha, bolani faqat nordon sutli aralashma bilan ovqatlantirish mumkin. 

Ayniqsa, agar buni bolaning oshqozon-ichak trakti holatlari talab qilsa: ichak sanchiqlari, qabziyat.

Klinik ilmiy tadqiqotlar faqat nordon sutli aralashma bilan ovqatlantirilganda bola organizmida kislota-ishqor almashinuvida buzilishlar aniqlanmadi. Ichak sanchiqlari kamayishi va yo’qolishi, najasning tez-tezlik bilan normallashishi ko’rinishidagi ijobiy effektlar esa tez, o’rtacha 5-7 kunda bilindi.

Bir yoshdan keyin bola huddi shunday o’sadi va rivojlanadi. Demak, unda turli xil ozuqa moddalarga yuqori ehtiyoj saqlanadi. Agar ota-ona bolani ovqatlantirishda umumiy oilaviy stolga o’tkazishgan bo’lsa, oqsil, yog’lar, vitaminlar va mikroelementlar yetishmovchiligi shakllanishi ehtimoli bor. Bu haqda ilmiy tadqiqotlar shuni aytishadi: ko’pchilik 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar organizmida oqsil, vitamin D, kalsiy va temir yetishmaydi.

Bir yoshdan katta bolalar uchun bolalar sutli ichimliklari ushbu davrda bolaning unga kerak bo’lgan ozuqaviy moddalarga ehtiyojlarini qoplash hisobi bilan maxsus yaratilgan. Shuning uchun bir yoshdan katta bolalar ratsioniga sutli ichimlik kirishi shart (uni yana “uchinchi” formula deydilar). 

Uni qabul qilish uchun optimal sxema: 200 ml. dan kuniga 1-2 maxal.

12 oydan katta bolalar uchun sutli ichimlikni sut yoki kefir bilan almashtirish mumkin emas. Bu har xil mahsulotlar, bitta sut asosida bo’lsa ham. Ushbu hamma mahsulotlar bir yoshdan keyin bola ratsionida ma`lum miqdorda bo’lishi kerak (individual o’zlashtira olishlikni hisobga olgan holda).

12 oydan katta bolalar uchun sutli ichimlik (3-formula) ushbu davrda bolaga kerak bo’lgan vitaminlar va minerallar bilan qo’shimcha boyitilgan, ishlab chiqarishning maxsus texnologiyasi esa uning oson o’zlashtirilishiga imkon beradi.

Nordon sutli aralashmani standartli bilan aralashtirish mumkin.

Optimal proportsiya: 50:50. Masalan, agar sutkada aralashma bilan umumiy 6 marta ovqatlantirilsa, 3 marta ovqatlantirish standart aralashma bilan va 3 marta ovqatlantirish nordon sutli aralashma bilan.

Nutrilak Premium Caesarea БИФИ aralashmasi bilan bolani to’liq sutka hajmida ovqatlantirish mumkin.

Ha, sigir sutining to’liq parchalangan oqsilili (to’liq gidroliz) aralashma  Nutrilak Пептидти СЦТ faqat pediatr tomonidan tayinlanishi mumkin.

Oziq-ovqat allergiyasini davolash uchun.

To’liq gidroliz aralashmani qabul qilish davomiyligi har bir bola uchun oziq-ovqat allergiyasining klinik simptomlari dinamikasi asosida pediatr tomonidan belgilanadi. Ko’pchilik hollarda to’liq parchalangan oqsilli aralashma iste`moli o’rtacha 6 oydan, ba`zida undan ko’p kerak bo’ladi.

Gidrolizat-aralashmalarga achchiq ta`mni ularni ishlab chiqarish texnologiyasi (oqsilni fermentariv gidrolizlash jarayoni) beradi. 

Ammo natijada olingan mahsulotlar sigir suti oqsilini o’zlashtira olmaydigan bolalarga sun`iy ovqatlantirishni tashkillashtirishga imkon beradigan muhim xususiyatlarga ega bo’ladilar.

bolalar ichak sanchiqlarida va qorin dam bo’lishida, qabziyatda

-antibiotiklar qabul qilgan vaqtda ichak mikrobiotasi tarkibida buzilishlarda va uni oldini olish uchun

-nordon sutli aralashmalar ichak infeksiyalarini oldini olish uchun va o’tkir respirator va ichak infeksiyalaridan keyin sog’ayish davrida tavsiya qilinishi mumkin*

Ivitish jarayonida ishlab chiqiladigan maxsus moddalar nordon sutli aralashmaga ovqat hazm qilishning hamma bosqichlarini tezroq o’tishga imkon beradilar, ichakning harakat faolligini yumshoq rag’batlantiradilar. Nordon sutli aralashmalarni ko’pincha boyitadigan tirik bakteriyalar, ichak mikroflorasining holatini yaxshilaydi, demak immunitetga qo’shimcha (ichakning foydali bakteriyalari orqali) va ijobiy ta`sir qiladilar.

Яндекс.Метрика