Tana vaznining yetishmasligi turli sabablarga ko'ra paydo bo'ladi, tug'ma yoki orttirilgan bo'lishi mumkin. Bola kerakli vazn yig'ishi uchun uning ovqatlanish rejimini ham, ratsionini ham to'g'rilash kerak.
Nima uchun barqaror vazn ortishi muhim
Tug'ilish paytida va undan keyin bolaning uzunligi va tana vaznining ko'rsatkichlari chaqaloqning sog'lig'i holatini baholaydigan asosiy parametrlardan biridir. JSST tomonidan ko'plab omillar va tadqiqotlar asosida oylik vazn ortishi uchun ma`lum me`yorlarni (o'rtacha qiymatlarni) belgilangan. Tana vaznining barqaror o'sishi chaqaloqning normal o'sishi va rivojlanishini, ovqat hazm qilish tizimining to'g'ri shakllanishini, ichakda fermentlarning o'z vaqtida ishlab chiqarilishini, yaxshi moddalar almashinuvini va oziq-ovqatning so'rilishini ko'rsatadi. Boladagi vazn yetishmovchiligi odatda uning massasi yosh normasiga nisbatan 10% dan ortiq og'ganda aytiladi*. Buzilish immunitetning pasayishi, metabolik jarayonlarning jiddiy buzilishi, nutq va psixomotor rivojlanishning kechikishi bilan birga bo'lishi mumkin.
Vazn yetishmasligining sabablari
• Genetik nosozliklar va patologiyalar. Ushbu toifaga xromosoma anomaliyalari, tuzilish anomaliyalari (masalan, diatez), fermentopatiya (malabsorbtsiya sindromi, laktaza yetishmovchiligi va boshqalar), immunitet tanqisligi holati va boshqalar kiradi. Ushbu sanab o'tilgan omillarning barchasi endogen hisoblanadi va deyarli barchasi tug'ma. Shuningdek, yurak nuqsonlari, lablar yoki jag'ning deformatsiyasi (yoriq lab, tanglay yorig'i) bilan tug'ilgan bolalarda vazn yetishmasligi bo'lishi mumkin, natijada bola to'liq emishi va shunga mos ravishda ovqat yeyishi mumkin bo'lmaydi.
• Kam ovqatlanish. Buning sababi emishni qiyinlashtirishi mumkin bo'lgan onaning ko'kragidagi tekis yoki ichiga kirgan so'rg'ichlar tufayli bolani doimiy ravishda kam ovqatlantirish, shuningdek oz miqdordagi sut, tez-tez qait qilish bo'lishi mumkin.
• Noto'g'ri rejim. Ovqatlantirish orasidagi uzoq tanaffuslar vaznning yetarli darajada ko'paymasligiga olib kelishi mumkin. Odatda, yangi tug'ilgan chaqaloqni agar u ko'krak emsa har 2-3 soatda, va agar u aralashmalar bilan ovqatlansa, har 3 soatda ovqatlantirish tavsiya etiladi.
• Ovqat hazm qilish muammolari. Ichak infektsiyalari, disbakterioz, O'RVI va boshqa bir qator kasalliklar oshqozon-ichak trakti organlarining ishida buzilishlarga olib kelishi mumkin. Agar oziq-ovqat to'liq hazm qilinmasa, yomon so'rilsa, bolaning organizmi normal hayot uchun zarur bo'lgan vitaminlar va mikro elementlarini olishni to'xtatadi.
Vazn me`yorini aniqlash
Bolalar individualdir. Bu nafaqat tashqi ko'rinish va xarakter xususiyatlariga, balki vaznga ham tegishli. Ba`zi chaqaloqlar katta yirik tug'iladi, kimningdir tana vazni esa o'rtacha qiymatdan past bo'ladi. Bularning barchasi normal deb hisoblanadi.
Doktor Komarovskiy o'sishni quyidagi formulalar bo'yicha hisoblashni tavsiya qiladi:
* agar bola bir yoshga to'lmagan bo'lsa, unda uning vazni m + 800n, bu yerda m - tug'ilgandagi vazni, n esa - oylardagi yoshi;
* agar bola bir yoshga to'lgan bo'lsa va o'n yoshga to'lganunga qadar boshqa formuladan foydalanadilar, bunda tana vazni odatda 10 + 2n, bu yerda n – yillardagi yoshi;
* agar bola 10 yoshdan katta bo'lsa, unda hisoblash uchun normal vazn 30 + 4 * (n - 10) bo'lgan formuladan foydalaniladi, bu yerda n – yillardagi yosh**.
Vazn yetishmasligini qanday aniqlash mumkin
Shuni ta'kidlash kerakki, o'rtacha me`yorlarga mos kelmaydigan kichik vazn ortishi yoki umuman uning yo'qligi darrov chaqaloqning tanasida patologik o'zgarishlar haqida gapirish uchun sabab emas. Aksariyat hollarda bolalar sakrash yo'li bilan o'sadi va bir oy ichida durust vazn olishlari mumkin, keyingi ikkitasida esa, deyarli faqat bo'yiga o'sishadi. Shuningdek, kam vazn ortishi chaqaloqning faolligi oshishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Agar u emaklashni yoki yurishni o'rganayotgan bo'lsa, ko'p harakat qilsa va energiya sarf qilsa, unda vaznning yetishmasligi tushunarli bo'ladi. Shunday qilib, agar bola faol, qiziquvchan, harakatchan bo'lsa, yoshiga qarab rivojlansa va u tahlillari yaxshi bo'lsa, tashvishlanmaslik kerak**. Ammo vazn yetishmasligi fonida lanjlik, befarqlik, rangparlik esa mutaxassisga darhol murojaat qilish uchun sababdir. Faqat u aniq tashxis qo'yishi mumkin.
Vazn yetishmasligida nima qilish kerak
Bugungi kunda ko'plab ota-onalar uyda chaqaloqlarni tortish uchun maxsus tarozilarga ega. Ular tufayli ular bolaning vaznini nazorat qilishlari mumkin. Agar uzoq vaqt davomida kichkintoyning tana vazni o'zgarmasa, vakolatli mutaxassis bilan bog'lanish kerak, ammo hech qanday holatda mustaqil tashxis qo'ymaslik kerak. Shifokor professional tekshiruv o'tkazadi, kerakli tekshiruvlar uchun ko'rsatmalar beradi (agar kerak bo'lsa) va tavsiyalar beradi. Agar vazn yetishmasligi minimal bo'lsa, odatda ratsionni va ovqatlanish tartibini to'g'rilash kerak. Vaznning kam o'sishi biron bir kasallik (rotavirus infektsiyasi va boshqalar) tufayli yuzaga kelgan hollarda, shifokor tana vaznining yetishmasligi sababini bartaraf etish uchun tegishli davolanishni buyuradi.
Vazn yig' ish uchun bolalar aralashmasi
Vazn ortishi bilan bog'liq muammolari bo'lgan kam vaznli bolalar uchun maxsus bolalar aralashmalari tavsiya etilishi mumkin. Ularning tarkibi bunday chaqaloqlarning vitaminlar, minerallar va boshqa oziq moddalarga bo'lgan ehtiyojini hisobga oladi. Ularda ko'proq protein, yog' va uglevodlar mavjud. Protein tarkibiy qismining sifati katta ahamiyatga ega va ulardagi oson hazm bo'ladigan zardob oqsillari kazein fraktsiyasidan ustun turadi. Yog' tarkibiy qismining so'rilishini yengillashtirish uchun ovqatlanish fermentlarning ishtirokisiz ichakka singib ketishi mumkin bo'lgan o'rta zanjirli triglitseridlarni (O'ZT) o'z ichiga oladi. Uglevodlarning so'rilishi uchun laktozaning bir qismini maltodekstrin bilan almashtirish mumkin. Vazn yig'ish uchun aralashmalar mahsulot nomida "PRE" so'zi yoki prefiksiga ega.
Aralashmani qanday qilib to'g'ri tanlash kerak
Bolani PRE- aralashmasi bilan qancha vaqt ovqatlantirish mumkin
Ixtisoslashgan ovqat to'liq va qisman (qo'shimcha ovqat sifatida) hajmda ishlatilishi mumkin. Aralashmalarni, zarurat bo'lsa, tug'ilgandan boshlab va hayotning birinchi yilida berish mumkin. Bunday ovqatlanishning davomiyligi tana vaznining yetishmasligi va vazn ortishining keyingi dinamikasiga bog'liq. Bolaning vazni normallashgandan so'ng, PRE- aralashmani yoshga mos keladigan standart aralashma bilan almashtirish mumkin.
Nutrilak qanday aralashmani taklif qiladi
Nutrilak Premium PRE - bu kam vaznli va erta tug'ilgan chaqaloqlar uchun maxsus aralashma bo'lib, tana vazni kam bo'lgan chaqaloqlar uchun foydalanish samaradorligi klinik jihatdan isbotlangan. Aralashmaning tarkibida kichkintoynning sog'lom o'sishi uchun barcha zarur elementlar, shuningdek qo'shimcha moddalar: prebiyotikalar, Omega-3 va Omega-6 yog' kislotalari, o'rta zanjirli triglitseridlar mavjud.
*bolalarda gipotrofiya, maqola
- **Е. Лисова «Доктор Комаровский о весе у ребенка»
Contents
- Nima uchun barqaror vazn ortishi muhim
- Vazn yetishmasligining sabablari
- Vazn me`yorini aniqlash
- Vazn yetishmasligini qanday aniqlash mumkin
- Vazn yetishmasligida nima qilish kerak
- Vazn yig' ish uchun bolalar aralashmasi
- Aralashmani qanday qilib to'g'ri tanlash kerak
- Bolani PRE- aralashmasi bilan qancha vaqt ovqatlantirish mumkin
- Nutrilak qanday aralashmani taklif qiladi