Top.Mail.Ru

Bolani aralashma bilan qanday ovqatlantirish kerak

Submitted on: 23.04.2024
Time to read: 5 мин
count 5062

Chaqaloq uchun ideal ovqat – bu ona suti. Ushbu holat Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan aytib o’tilgan va rossiyalik pediatrlar tomonidan tan olingan. Ammo ba`zida obyektiv sabablarga ko'ra emizish mumkin bo'lmagan holatlar mavjud va ba`zida onalar uning ahamiyatini past baholaydilar va bolani aralashmaga o'tkazish osonroq bo'ladimi, deb o'ylashadi.

Bolani aralashma bilan boqish mumkinmi?

как выбрать смесь.jpg

Ko'krak suti bilan boqish mumkin bo'lmagan hollarda, bolani nafaqat aralashmalar bilan boqish mumkin, balki kerak hamdir. Zamonaviy moslashtirilgan chaqaloq aralashmalari ona sutiga yaqin bo'lib, bolaning normal o'sishi va rivojlanishi uchun barcha kerakli komponentlarni o'z ichiga oladi. 
Sutli aralashma hayotning birinchi yilidagi bolani ovqatlantirish uchun, masalan, toza sigir yoki echki sutidan, suyuq manniy bo’tqasidan ko'ra yaxshiroq mos keladi. Bolaning ovqat hazm qilish trakti bunday yuklarga tayyor emas, ular organizmning ishlashida jiddiy buzilishlarga olib kelishi mumkin.
Agar chaqaloq onasidan ajralgan bo'lsa, agar ayol emizish bilan mos kelmaydigan dori – darmonlarni qabul qilishga majbur bo'lsa, agar unda tabiiy ovqatlantirishni imkonsiz qiladigan kasalliklar mavjud bo'lsa, unda sutli aralashma qutqaruv vositasidir. Bu nafaqat bolaga ona sutisiz tirik qolishga, balki to'la qonli yashashga imkon beradi.
Shu bilan birga, obyektiv sabablarsiz, bolani aralashmalar bilan ovqatlantirish – bu yomon qaror. Sutli aralashma tarkibida ona sutiga yaqin bo'lsa-da, lekin uni takrorlamaydi: ilm-fan rivojlanishining hozirgi darajasida bu hali mumkin emas. Aralashma ona suti kabi chaqaloqning ehtiyojlari va holatiga moslashmaydi.
Aralashmaga o’tishga dori-darmonlarni qabul qilish bilan bir xil munosabatda bo’lish kerak: agar u uchun ko'rsatmalar mavjud bo'lsa, unda sun`iy ovqatlantirish, dori kabi, manfaat uchun bo’ladi. Agar bolani ona suti bilan boqish imkoni bo'lsa, unda tug'ilgandan keyin kamida 3-4 oy davomida emizishni ushlab turishga harakat qilish kerak. Bu chaqaloqning ovqat hazm qilish tizimi yetilib, yetarli miqdordagi fermentlarni ishlab chiqarishni boshlashi, ichaklarni normal mikroflora bilan ta`minlanishi uchun kerak.
JSST 6 oygacha faqat emizishni, so'ngra uni qo'shimcha ovqat bilan birlashtirib, ona va chaqaloqning xohishiga ko’ra bolani 2 yoshgacha yoki undan ko'proq vaqt davomida emizishni davom ettirishni tavsiya qiladi. Rossiyalik pediatrlar 4 oydan 6 oygacha qo'shimcha ovqatlarni kiritishni tavsiya etadilar.
 

Bolani qanday aralashma bilan oziqlantirish kerak

сколько кормить смесью.jpg

Agar chaqaloqqa sutli aralashma berish zarurati tug'ilsa, buni pediatr bilan maslahatlashish kerak. U ovqat hazm bo'lishiga zarar qilmaslik uchun bolani qaysi aralashma bilan boqishni tavsiya qiladi.


Qaysi aralashmani ishlatishingizdan qat'iy nazar, bolani ovqatlantirishda rioya qilish kerak bo'lgan umumiy qoidalar mavjud:


• Oziqlantirish uchun steril butilkalar va so’rg’ichlardan foydalaning. Har bir ovqatlantirishdan so'ng, ular kasallik tarqatuvchi bakteriyalar uchun ko'payish joyiga aylanmasligi uchun yaxshilab yuvilishi va sterilizatsiya qilinishi kerak.
• Suyultirilgan aralashmani saqlamang, darhol bolani ovqatlantiring. Agar kerak bo'lsa (yangi porsiya tayyorlashning iloji bo’lmasa, bolani bolalar ovqatini tayyorlashni bilmaydigan qarindoshingiz bilan qoldirganingizda v.hk.)
• Aralashmani bevosita ovqatlantirishdan oldin tayyorlash kerak.
 

Tayyorlangan aralashma 2 soat ichida ishlatilishi kerak. Keyingi oziqlantirish uchun shishadagi tayyor aralashmaning qoldiqlarini ishlatish mumkin emas.ть нельзя.

• Aralashma idishini yoki bankasini ochilgan sanani belgilang. Ochilgan idishdagi bolalar ovqatini 3 hafta ichida ishlatilishi kerak. Qadoqda ko'rsatilgan muddatdan keyin ishlab chiqaruvchi o'z mahsulotlarining xavfsizligini kafolatlamaydi.
• Agar bolani boshqa aralashmaga o'tkazishingiz kerak bo'lsa, buni asta-sekin bajaring: birinchi kuni bir ovqatlantirishda bir necha choy qoshiq yangi aralashmani bering, so'ngra eski aralashmani yangisiga to'liq almashtirguningizcha bir hafta davomida yangi aralashmaning hajmini va uni beradigan ovqatlantirish miqdorini oshiring.
• Aralashmani kiritish va o'zgartirish - organizm uchun stressdir, shuning uchun chaqaloqning sog'lig'i tomonidan ko'rsatmalarsiz aralashmalarni o'zgartirmang. Agar siz aralashmani qabul qilish paytida bolada biron bir alomatdan xavotirda bo'lsangiz, albatta shifokor bilan maslahatlashing.
 



 

Tayyor aralashmani faqat bir marta isitish mumkin.

Chaqaloq uchun aralashmani qanday tanlash mumkin?

Bola uchun aralashmani shifokor tavsiya qilishi kerak, lekin siz bunday tayinlash nima uchun qilinganligini, variantlar mavjudligi va belgilangan aralashmani qachon o'zgartirish kerakligini tasavvur qilish uchun siz bolalar ovqatining turlarini tushunishingiz kerak.

Chaqaloq uchun to'g'ri aralashmani tanlash uchun quyidagi shartlarni hisobga olish kerak:

  • • Bolaning salomatligi holati. Agar chaqaloq sog'lom bo'lsa, unga standart aralashma buyuriladi. Agar u muddatidan oldin tug'ilgan bo'lsa, onasiga kesarcha kesish amaliyoti bajarilgan bo’lsa, agar unda sigir suti oqsiliga allergiya yoki laktozani qabul qilmaslik aniqlangan bo'lsa, ovqat hazm qilishning funksional buzilishlari – ovqat qaytish, ich qotishi, sanchiqlar – aniqlangan bo’lsa, bolaga maxsus yoki davolovchi aralashma kerak bo'ladi.

  • • Bolaning yoshi. Standart aralashmalar 1, 2, 3, ba`zan 4 belgilar bilan  ishlab chiqariladi. Ushbu raqamlar aralashmaning qaysi yoshga mo'ljallanganligini ko'rsatadi: 1 – yilning birinchi yarmidagi chaqaloqlar uchun, 2 – 6 oydan 12 oygacha bo'lgan bolalar uchun, 3 – bir yoshdan katta, 4-bir yarim yoshdan kattalar uchun. 

  • • Aralashmaning hammabopligi. Iloji bo'lsa, eng yaqin do'konda yoki dorixonada osongina sotib olishingiz mumkin bo'lgan bolalar aralashmasi brendini tanlang. Agar bolaga sizga buyurtma berish orqali olib kelinadigan ma`lum turdagi davollovchi aralashma kerak bo’lsa, boshqa ilojingiz yo’q -  siz zaxriada oziq-ovqat sotib olishingiz va uni o'z vaqtida to'ldirishingiz kerak bo'ladi. Ammo agar bola sog'lom bo'lsa, unda har qanday vaqtda yangi qadokni sotib olishingiz uchun sotib olish osonroq bo'lgan ovqatni tanlang.

  • • Bolaning individual reaksiyalari. Ba`zida bola turli ishlab chiqaruvchilarning bir xil tarkibidagi aralashmalaridan turli ta`sirlanishi mumkin. Aralashmaning mos kelishini oldindan bilish mumkin emas. Shuning uchun, shifokorning tavsiyasisiz, bolani boshqa, masalan, echki sutida yoki ba`zi qo'shimchalar bilan bo’lgan aralashmaga, faqatgina bu aralashmalar qimmatroq, "premium", ekologik toza, mashhurroq ekanligiga asoslanib o'tkazish mumkin emas.

  • Yaroqlilik muddati, qadoqning butunligi. Bolalar aralashmasining yaroqlilik muddatini, qadoq holatini tekshiring. Buzilgan, g’ijimlangan, ho’l bo’lgan qadoklar va bankalardagi aralashmadan foydalanmang.

Bolani aralashma bilan qancha vaqt ovqatlantirish mumkin?

Hayotning birinchi yilida chaqaloq aralashmasi, xuddi ona suti kabi, chaqaloq uchun asosiy ovqat hisoblanadi. Bir yoshdan oshgan bolalar uchun aralashma yoki bolalar suti asosiy ratsionga muhim qo'shimcha bo'lib, muhim vitaminlar va minerallar manbai hisoblanadi. Agar aralashma yoshga qarab tanlangan bo'lsa, unda bolaga uni bir yarim yoshdan ikki yoshgacha, ba`zan esa uzoqroq berish mumkin. Shu bilan birga, bu yoshda aralashmalar bilan ovqatlantirish soni kuniga 1-2 martaga tushadi, masalan, ikkinchi tushlik yoki ikkinchi kechki ovqat sifatida.
Ixtisoslashgan va davolovchi aralashmalarga kelsak, ularni qabul qilish muddati faqat shifokor tomonidan belgilanadi. Pediatr maxsus aralashmalarga qanday qilib to'g'ri o'tishni va ulardan standart ovqatlanishga qanday va qachon o’tishni tushuntiradi.
 

Xulosalar

  1. Agar emizish imkoni bo'lmasa, bolani aralashma bilan ovqatlantirish mumkin.

  2. Bola uchun aralashma uning sog'lig'i, yoshi, individual reaksiyalariga qarab tanlanadi. Aralashmani har doim sotib olish mumkinligii, yaxshi saqlash muddati va yaxshi ko’rinishga ega bo'lishi muhimdir.

  3. Bolani aralashma bilan xuddi ona suti bilan oziqlantirganday oziqlantirish mumkin. Hayotning birinchi yilida bolalar aralashmasi bola uchun asosiy ovqat, ikki yoshgacha va undan keyin esa- asosiy ratsionga qo'shimcha hisoblanadi.

Яндекс.Метрика