Top.Mail.Ru

Ovulyatsiya kunini hisoblash: belgilari va aniqlash usullari

Submitted on: 08.11.2024
Time to read: 3 minut
count 283

Ovulyatsiya nima degani?

Ovulyatsiya deganda yetilgan follikulaning yorilishi va tuxum hujayraning qorin bo‘shlig‘iga chiqishining fiziologik jarayoni tushuniladi. Ovulyatsiyadan oldin yetilgan follikul diametri 2 sm ga yetadi. Ovulyatsiya taxminan bir soat davom etadi va odatda ayol uchun og‘riqsiz o‘tadi. Keyin tuxum hujayra bachadon nayi voronkasining fimbriyasi tomonidan ushlab qolinadi va bachadon nayi bo‘shlig‘iga o‘tadi. Bu yerda uning naycha bo‘ylab bachadon tanasi tomon harakati davom etadi va urug‘lanish sodir bo‘ladi. Tuxum hujayraning yashash davomiyligi juda qisqa, bor-yo‘g‘i bir sutka atrofida. Homiladorlikni rejalashtirishda buni hisobga olish kerak.

 

U siklning qaysi kunlarida o‘tadi?

Ovulyatsiya hayzdan 14 kun oldin sodir bo‘ladi. Biroq, me’yorda bir necha kunlik o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, har bir hayz sikli ham ovulyatsiyali bo‘lavermaydi. Ayol qanchalik katta yoshda bo‘lsa, bir yilda shuncha ko‘p anovulyator sikllar o‘tadi.

Ovulyatsiya uchun test qanday qilinadi?

Tadqiqotni o‘tkazish uchun so‘lak yoki siydikdan (har bir test uchun yo‘riqnomada o‘qing) va testning o‘zidan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda testlarning turlari ko‘p, ammo ma’nosi bitta - lyuteinlovchi gormon (LG) darajasini aniqlash. Bu gormon gipofiz tomonidan ishlab chiqariladi va LG darajasining cho‘qqisi ovulyatsiyadan 36-48 soat oldin sodir bo‘ladi. Test chizig‘i nazorat chizig‘iga nisbatan bir xil yoki undan ham yorqinroq bo‘lganda, test natijasi ijobiy hisoblanadi. Ijobiy natija olingan taqdirda, shu kun va keyingi bir necha kun homiladorlik uchun eng qulay davr bo‘ladi.

Признаки и симптомы овуляции

Некоторые женщины отмечают появление болевого синдрома в проекции яичника с одной стороны. Боль может появляться за счёт растяжения капсулы фолликула или за счёт раздражения брюшины кровью и фолликулярной жидкостью после овуляции.

Некоторые женщины отмечают появление прозрачных жидких слизистых выделений из половых путей. Снижение вязкости слизи цервикального канала необходимо для более быстрого и лёгкого прохождения сперматозоидов. Цервикальная слизь за счёт низкой вязкости, плотности может не удерживаться в цервикальном канале.

Homiladorlik uchun ovulyatsiya kunini qanday aniqlash mumkin?

1. Test chiziqlari

2. Bazal temperatura. Haroratni o‘lchash hayz siklining birinchi kunidan boshlab to‘g‘ri ichakda, ertalab, bir vaqtda, o‘rindan turmasdan, bir xil gradusnik bilan amalga oshiriladi. Natijalar koordinatalar o‘qiga yoziladi va natija baholanadi. Ovulyatsiyadan oldin harorat pasayadi, ovulyatsiyada va siklning ikkinchi bosqichida - 0,4 - 0,6 darajaga ko‘tariladi. Harorat pasaygan kun va keyingi bir-ikki kun homilador bo‘lish uchun qulay hisoblanadi.

3. Follikulometriya. Bu bir hayz sikli davomida o‘tkaziladigan bir nechta UTT. Tekshiruv paytida dominant follikul aniqlanadi, uning yetilishi kuzatiladi va ovulyatsiya holati tasdiqlanadi. Sanalarni shifokor hayz davrining davomiyligiga qarab har bir bemor uchun alohida hisoblaydi. Hayz sikli kunlaridan 14 ni ayirib, hayz siklidagi ovulyatsiya kuni aniqlanadi. (Masalan, hayz sikli 30 kun bo‘lsa, 30 - 14 = 16. Demak, ovulyatsiya hayz siklining 16-kunida sodir bo‘ladi). Birinchi UTT ovulyatsiyadan 6 kun oldin o‘tkaziladi. (16 - 6 = 10). Bu misolda bu hayz siklining 10-kuniga to‘g‘ri keladi. Birinchi UTTdan so‘ng shifokor keyingi tashrif sanasini belgilaydi. Odatda, bir sikl davomida 3 ta tekshiruv o‘tkaziladi.

4. Kalendar usuli. Muntazam hayz ko‘rish sharoitida ovulyatsiyaning taxminiy sanalarini aniqlash.

Яндекс.Метрика