Top.Mail.Ru

Bolaning axlatini qanday topshirish kerak

Submitted on: 22.11.2024
Time to read:
count 7942

Axlat tahlili orqali bolada parazitlar mavjudligini aniqlash bilan birga, uning ovqat hazm qilish tizimi holatini ham baholash mumkin. Hayotning birinchi yilida axlat tekshiruvi faqat ko‘rsatma bo‘yicha, ba’zi hollarda esa statsionarga yotqizilganda o‘tkaziladi. Rejali tibbiy ko‘rik doirasida boladan birinchi marta 12 oyligida umumiy tahlil uchun axlat namunasi olinadi.

Как сдавать кал ребенку.jpg

Axlat tahlilini topshirishga tayyorgarlik

  • Tahlil to‘g‘ri natija ko‘rsatishi uchun axlatga begona moddalar tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Tahlil uchun namuna yig‘ishga tayyorgarlik ehtimoliy ortiqcha unsurlarni bartaraf etishga qaratilishi lozim: Tahlildan kamida 5-7 kun oldin bolaning ovqatlanish ratsioniga yangi mahsulotlar va ovqatlarni kiritmaslik maqsadga muvofiqdir.
  • Axlat yig‘ishdan bir kun oldin bolaga hech qanday turdagi dori berish mumkin emas (agar ularsiz iloji bo‘lmasa, dori qabul qilishni pediatr bilan kelishib olish kerak).
  • Tahlil uchun axlat olishda bolani ich kelishini rag‘batlantirish maqsadida na oddiy, na dorivor mikroklizma qo’yilmasligi kerak. 
  •  Ahlatni yig‘ish uchun maxsus qoshiqli dorixona konteynerini sotib olish kerak.
  • Muolajadan oldin bolani bolalar sovuni bilan yuvitirish kerak.

Bola axlatini qanday yig‘ish kerak

собрать кал ребенку.jpg

Qiz va o‘g‘il bolalardan siydikni turlicha yig‘ish kerak bo‘lsa, axlat bilan bunday muammo yo‘q. Farq faqat go’daklardan va tuvakka o‘tirishga tayyor bo‘lgan bir yoshdan katta bolalarda material olishda bo‘ladi. Bir yoshgacha bo‘lgan boladan axlat namunasi olishning eng oson usuli taglikdagi narsani olish bo‘lib tuyuladi. Biroq, bunday qilish tavsiya etilmaydi: taglikda axlat ko‘pincha siydik bilan aralashadi, demak, u endi tahlil uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi. Taglikdan tahlil uchun materialni faqat bola unga siymaganiga ishonch hosil qilgan taqdirdagina oling. Bunday holda, uni sirtdan qirib olmang, balki taglikka tegmagan qatlamni ehtiyotkorlik bilan olishga harakat qiling. Ammo eng to‘g‘risi taglikni yechib, kichkintoyni yuvib, yo‘rgak bilan yopilgan kleyonkaga yotqizishdir. Qorinchasini yengil uqalang, "velosiped" mashqini bajaring. Ba’zida bola ichagini bo‘shatishi uchun shunday qilishning o‘zi kifoya qiladi.

Agar ish oldinga siljimasa, bolani tagliksiz yotqizib, ovqatlantirishdan oldin qorinchasiga ag‘daring. Ovqatlantiring: chaqaloqlarning ko‘pincha ovqatdan so‘ng ichi keladi. Natija bo’ganda, axlatning turli qismlaridan 3-4 ta bo‘lak olib, steril idishga yig‘ing. Agar bola tuvakdan foydalanishni o‘rganib olgan bo‘lsa, vazifa osonlashadi. Tuvakni yaxshilab yuving va qaynoq suv bilan chaying. Bolaning ichi kelganda, tuvak yuzasiga tegmagan qismidan, shuningdek turli joylaridan axlatni to‘plang.

Kechqurun axlat yig‘ish mumkinmi

анализ кала ребенку.jpg

Ko‘plab onalar bolaning axlatini tahlil uchun qanday topshirish kerakligi haqida xavotirlanishadi, chunki ertalab bolani hojatga chiqishga majburlash imkonsiz. Ha, haqiqatan ham, yig‘ilgan vaqtdan boshlab 3 soatdan kamroq vaqt o‘tgan materialni laboratoriyaga olib kelgan ma’qul. Bu shartni bajarish qiyin, shuning uchun axlatni kechqurun yig‘ish mumkin. Bu holda uni laboratoriyaga olib borguncha sovutgichda saqlash kerak bo‘ladi. Biomaterialni muzlatish mumkin emas. Agar axlat olingan vaqtdan boshlab 12 soatdan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, u holda uni sovutgichda saqlanganda ham u tadqiqot uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi.

Axlatni qanday yig‘ish bo‘yicha maslahatlar

  • Material olishdan oldin qo‘llarni sovun bilan yaxshilab yuvish va qo‘lqop kiyish kerak.
  • Axlat yig‘ish uchun qo‘lbola buyumlardan foydalanmang. Faqat dorixona tomonidan beriladigan bir martalik idish qopqog‘iga mahkamlangan maxsus qoshiqchadan foydalaning. Bu tozalikni kafolatlaydi.
  • Material tadqiqot uchun yetarli bo‘lishi uchun uni bir choy qoshiqdan kam bo‘lmagan hajmda yig‘ish kerak.

Demak:

  1. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning axlati tekshiriladimi? Ha, agar shifokor buyursa. Rejali tibbiy ko‘rik doirasida birinchi marta axlat tahlili 12 oylikda o‘tkaziladi.

  2. Tahlil topshirishga tayyorgarlik ko‘rish uchun bir kun oldin dori qabul qilishni to‘xtatish, bir hafta davomida ovqatlanish tartibiga yangi mahsulotlarni kiritmaslik, axlat tahlili uchun klizma qo‘ymaslik lozim.

  3. Tahlil uchun material topshirishdan oldin bolani yuvib, maxsus qoshiqli dorixona idishini tayyorlash kerak. Agar bola hali tuvakdan foydalanmayotgan bo‘lsa, materialni taglikdan emas, balki odatdagi yo‘rgakdan yoki ich kiyimdan olish ma’qul.

  4. Axlatni kechqurun yig‘ish mumkin, lekin uni 12 soatdan ortiq sovutgichda saqlash mumkin emas.

Яндекс.Метрика