Top.Mail.Ru

Bolalarda siydikni tahlil uchun qanday yig’ish kerak

Submitted on: 12.03.2024
Time to read: 3 минуты
count 41815

Sog’lom bolada faqat hayotning birinchi yilida siydik uch marta tahlil qilinadi: profilaktik tekshiruvlar doirasida 1 oyligida, 3 oyligida va 1 yoshida. Agar bolada siydik tizimining surunkali kasalligi bo’lsa, shuningdek, statsionar davolanishga muhtoj bo’lsa, tahlil yanada tez-tez amalga oshiriladi. Har safar ota-onalar biomaterialni to’g’ri to’plashlari kerak, bu nafaqat chaqaloq bilan, balki chaqqon toddler bilan ham (1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bola bilan) oson emas.

 

анализ мочи.jpg

Siydikni tahlil qilish uchun tayyorgarlik

“Boladan siydik tahlilini qanday yig’ish mumkin?”- qidiruv tizimlarida ota-onalar protseduraga tayyorgarlikni nazardan qochirib,  so’rashadi. Ammo agar siz unga yetarlicha e`tibor bermasangiz, tahlil natijalari noto’g’ri bo’lishi mumkin. Biomaterialni yig’ishdan oldin, najas va bakteriyalar unga tushmasligi uchun ehtiyot bo’lish kerak:

  • Go’dakni sovun bilan yuvish kerak: qiz bola albatta old tomondan orqaga – qorindan bel tomonga qarab yuvilishu kerak. O’g’il bolada jinsiy olatni va moyakni ehtiyotkorlik bilan yuvish kerak. Agar bosh ochilmasa, jinsiy a`zoga shikast yetkazmaslik uchun buni majburan bajarish shart emas.
  • Agar siz siydik to’plash uchun dorixonaniki bo’lmagan steril asboblardan foydalansangiz, avval idishni suv hammomida yoki pechda 150 daraja haroratda sterilizatsiya qilishingiz kerak.
     

O’g’il bolaning siydigini qanday to’plash kerak

сдать мочу мальчику.jpg

Fiziologiyaning o’ziga xos xususiyatlari tufayli o’g’il boladan qiz bo’laga qaraganda siydik to’plash osonroq. Bir yoshgacha bo’lgan boladan siydikni yig’ish uchun dorixona siydik qopi eng osonidir. Bu yopishqoq biriktirmali shaffof qopcha. Dorixonada albatta chaqaloqning jinsini ayting: o’g'il bolalar va qiz bolalar uchun mahkamlash konstruksiyasi farq qiladi. Ertalab, bola uyg’onganidan so’ng uni yuving, sochiq bilan terini quriting va siydik qopini yopishtiring. Kichkintoy tasodifan qurilmani olib tashlamasligi uchun siz bir martalik taglikni ustiga kiyintirib qo’yishingiz mumkin. Bolaning siyishini kuting. Siydikni maxsus dorixona idishiga to’kib oling, qopqog’ini mahkam burang. Agar siydik qabul qilgich bo’lmasa, siydikni birato’la idishga yig’ishga harakat qilishingiz mumkin. Ertalab uyg’onganingizdan so’ng, bolani yuving va taglikka qo’ying. Uning siyishga tayyorligini sezganingizda, idishni qo’ying va suyuqlik kerakli joyga tushishi uchun mahorat bilan harakat qiling. 

Agar bola garsho’kka o’tirsa yoki tik turgan holda siyishni bilsa, unda jarayon boshlanishini kuting va steril idishni qo’ying. Umumiy tahlil uchun bir martalik siydikning hammasi  talab qilinadi. Agar tahlil qilish uchun siydikning o’rtacha qismi kerak bo’lsa, unda jarayon boshlanishini kuting va bir yoki ikki soniyadan keyin steril idishni qo’ying. Siydik qabul qilgich yordamida uni yig’ish qiyin, ammo bir yarim yoshdan ikki yoshgacha bo’lgan bola bilan bu juda oson.

Qiz bolaning siydigini qanday to’plash kerak

сдать мочу девочке.jpg

Agar har qanday yoshda o’g’il bolalar bilan barchasi juda oson bo’lsa, unda qiz boladan siydikni qanday yig’ish kerak, siz bosh qotirishingiz kerak bo’ladi. Eng oddiy yechim, yana dorixona siydik qabul qilgichidir. Agar siz uni birinchi marta ishlatmoqchi bo’lsangiz, birato’la  2-3 dona zaxira bilan sotib oling. Kechqurun uni mahkamlash va yechib olishni mashq qiling, keyin ertalab siz protsedurani xatosiz bajarasiz. Agar siydik qabul qilgich bo’lmasa va qiz bola hali garsho’kka o’tirmasa, siz steril past (tekis) shisha yoki keramik tarelkadan yig’ish uchun foydalanishingiz mumkin. Go’dakni yuvintiring. Orqa yoki qorniga – bolaga qanchalik qulay bo’lsa – bir necha marta o’ralgan ingichka adyolga qo’ying, shunda tos suyagi va oyoqlari ostiga keng steril  idishni qulay tarzda qo’yishingiz mumkin. Qizning siyishini kuting, suyuqlikni dorixona idishiga quying.

Siydikni kechqurun yig’ish mumkinmi

Bolaning siydigini kechqurun yig’ish mumkinmi degan savolga javob aniq: yo’q. Faqat bir kunlik ajratmalar miqdori to’planadigan tahlil bundan mustasno. Bu ba`zi kasalliklar uchun amalga oshiriladi, bu holda shifokor sizga yig’ish texnikasini batafsil tushuntiradi. Agar ona kechqurun odatdagi umumiy tahlil uchun bolaning siydigini yig’ib, ertalab laboratoriyaga olib borgan bo’lsa, unda tadqiqot natijalari buziladi. Kechasi siydikdagi oqsil parchalana boshlaydi va patogen (“zararli”) bakteriyalar ko’payadi. Agar shifokor bunday tahlil ma`lumotlari asosida davolanishni buyursa, bu noto’g’ri bo’ladi va bolaga zarar yetkazishi mumkin.

 

Siydik to’plangan paytdan boshlab uni laboratoriyaga yetkazishgacha ikki soatdan ko’p bo’lmagan vaqt o’tishi kerak.

Boladan siydik yig’ishdagi boshqa xatolar

советы родителям как сдать анализ мочи.jpg

Siydikni to’plash uchun yorgakdan, taglikdan, salfetkadan, paxtadan foydalanib keyin to’plangan suyuqlikni idishga siqib olish. Birinchidan, bu holda siydikka mato parchlari, chang zarralari tushadi. Ikkinchidan, mato, paxta yoki taglikni to’ldiruvchi modda filtr vazifasini bajaradi. Tahlil natijasi ishonchsiz bo’ladi. • Siydik yig’ish uchun plastik tuvakdan foydalanish. Plastmassani sterilizatsiya qilib bo’lmaydi, tahlil qilish uchun material tuvak yuzasidan bakteriyalar bilan ifloslanadi.

Bolalardan siydik yig’ish bo’yicha maslahatlar

Siydik yig’gichdan foydalanganda hammasi oddiy: biz bolani yuvamiz, qurilmani mahkamlaymiz, natijani kutamiz. 
Ammo usiz yig’ishingiz kerak bo’lsa, bu biroz qiyinroq. Bunda topqirlik qilish kerak bo’ladi:

  • Agar bola hali ham taglik kiysa, ertalab undan taglik yecib olinganida keskin sovish tufayli u hojatxonaga borishni xohlaydi. Shuning uchun steril idishni tayyorlang, bolani hammomga olib boring, taglikni yechib oling va bolani tezda yuvintiring. Shundan so’ng, xonaga tahlil uchun material to’plashga qayting yoki shu yerning o’zida siydikni o’zingiz uchun qulay tarzda yig’ishga harakat qiling.
  • Siydik yig’gich o’rniga yangi shaffof polietilen paketdan foydalanish mumkin. Yon tomonlardan taxminan uchdan ikki qismini yoki bolaning oyoqlari uchun teshikning o’rtasidan pastda ikkala tomondan kesib oling. Bu vaqtinchalik taglikni chaqalog'ingizga kiydiring. Agar tomonlar kesilgan bo’lsa, ularni bir-biriga bog'lab qo'ying yoki lenta bilan mahkamlang. Paket tushib ketmasligi va chaqaloq shitirlash ovozidan qo’rqmasligi uchun bolani qo’lda ko’tarib yurish kerak bo’ladi. Tahlil uchun material yig’ilgandan so’ng, paketning burchagini ehtiyotkorlik bilan kesib oling va ichidagini idishga quying.
  • Tahlil uchun siydikni garsho’kdan quyish mumkin emas, lekin siz garsho’kka shakli va o’lchamiga mos steril idishni qo’yishingiz va unda materialni to’plashingiz mumkin. 
  • Bir joyda ushlab turish ogir bo’lgan bir yoshli boladan siydik yig’ish qiyinchilikni keltirib chiqarishi mumkin. Jim turmas bolani qo’lda olib yurish, siydik yig’gichni yoki paketni mahkamlash yoki uni tuvakda ushlab turish uchun kitoblar, qo’shiqlar, suhbatlar bilan chalg’itish kerak.
  • Agar bola siyishni istamasa, siz oqayotgan suv tovushlarini yoqishingiz yoki jo’mrakni ochishingiz mumkin. Qorin pasti sohada bir necha marta yengil bosishingiz mumkin. Go’dakni kuldirish, qitiqlash mumkin. Tinchlanishga harakat qiling va bolani shoshiltirmang. U siz bilan birga asabiylashishi, taranglashishi mumkin va natijani yanada ko’proq kutishga to’g’ri keladi.
     

Xulosalar:

  1. • Tahlil uchun siydik yig’ishdan oldin steril idish tayyorlash va bolani yuvintirish kerak.

  2. • O’g’il bolaning siydigini siydik yig’gich yordamida yoki to’g'ridan-to’g’ri idishga to’plashingiz mumkin.

  3. • Qiz bola uchun siydik to’plash qiyinroq. Agar siydik yig’gich bo’lmasa, sayoz tarelkadan foydalanish mumkin.

  4. • Kechqurundan siydik yig’ish mumkin emas. Yig’ishdan laboratoriyaga topshirishgacha vaqt 2 soatdan oshmasligi kerak. Bundan tashqari, siydikni taglikni siqib yoki tuvakdan quyib bo’lmaydi.

  5. • Siydikni yig’ish uchun polietilen paketdan foydalanish, tuvakka tegishli hajmdagi steril idishni joylashtish mumkin. Bolani oqayotgan suv tovushlari bilan siyishga undashingiz mumkin.

Информация проверена экспертом

Яндекс.Метрика