Top.Mail.Ru

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun huqna (klizma)

Submitted on: 11.12.2024
Time to read: 4 minut
count 1966

Bola qabziyatdan aziyat chekkanida, huqna unga yordam berishning eng tezkor usuli bo'lib tuyuladi. Lekin tez, har doim ham yaxshi degani emas.

Yangi tug'ilgan chaqaloqqa huqna (klizma) qilish mumkinmi

как делать клизму.jpg

Yangi tug'ilgan chaqaloqqa huqna qilish mumkin, ammo istisno hollarda va faqat pediatr tomonidan ko'rsatma bo`lganida (huqna qilish absolyut ko`rsatma hisoblangan aniq ro'yxat mavjud, ammo uni mustaqil ravishda va pediatr ruxsatisiz amalga oshirish mumkin bo'lmagan qarshi ko`rsatmalar ro`yxati kattaroq (bolalarda jarrohlik aralashuvdan so'ng ovqat hazm qilish organlari, oshqozon-ichak trakti nuqsoni bilan).


Agar yangi tug'ilgan chaqaloq axlati qattiq bo'lsa va u uzoq vaqt davomida mustaqil ravishda ichagini bo'shata olmasa, huqna buyuriladi (odatda emizikli chaqaloqlarda ich kelishi kuniga 1-2 martadan 5-7 martagacha; sun`iy oziqlantirishdagi chaqaloqlarda esa, axlat qattiqroq va to`qroq tusda, odatda, ich kelishi kamroq bo`ladi: kuniga 1-3 marta). 

Shuningdek huqna ba`zi tibbiy tekshiruvlar va aralashuvlardan oldin yoki o'tkir zaharlanishda, ichakni tezroq bo`shatish maqsadida ham qo’llaniladi.

Qabziyat paytida huqna

клизма при запоре ребенку.jpg

Huqna qanday ta`sir qiladi? Suyuqlik chaqaloqning yoshi uchun ruxsat etilgan hajmda ma'lum bir bosim ostida to'g'ri ichakka yuboriladi. Bu najasni yumshatadi, ichak devorlarini ta`sirlantiradi va peristaltikani kuchaytiradi. Tez orada bemor defekatsiya qilish istagini his qiladi va o'zi hojatxonaga borishi mumkin. 

Shuni esda tutish kerakki, huqna qabziyatni davolamaydi, balki ichaklarni mexanik tozalashga yordam beradi. Agar qabziyatning sababi aniqlanib, bartaraf qilinmasa unda muammo tez orada qaytadi.

Huqnani necha marta qilish mumkin

Huqna - bu yoqimsiz va ba'zan og'riqli muolaja. Yangi tug'ilgan chaqaloqqa huqna qilish yoki bunchalik keskin bo’lmagan boshqa usulni tanlash imkoni bo’lganida, o`zingizga huqna qilingandagi holatingizni eslang. Agar huqna olmagan bo`lsangiz, quyidagilarni inobatga oling

Huqnadan tez-tez foydalanish:

  • Ichaklardan foydali mikroflorani yuvib chuqaradi;

  • To'g'ri ichakni haddan tashqari cho'zadi va mushaklarini zaiflashtiradi;

  • Ichaklarning tabiiy ritmini buzadi - uni bo'shatish uchun qo'shimcha stimulyatsiya kerak bo'ladi.

Bundan kelib chiqadiki, huqna qanchalik kamroq qilinsa, shunchalik yaxshi. Muayyan vaqt uchun ruxsat etilgan muolajalar soni yo'q. Huqna faqat zarur bo'lganida qilinadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqqa huqna qanday qilinadi

клизма новорожденному.jpg

Chaqaloqqa huqna qilish uchun sizga quyidagilar kerak bo'ladi:

  • eng kichik o'lchamdagi oldindan qaynatilgan sprinsovka (rezina grusha);
  • tana haroratidan bir oz sovuqroq - 27-30 darajadagi, 20-30ml suv (sovuq suv ichak spazmlarini keltirib chiqarishi va og'riqni kuchaytirishi mumkin, issiq suv esa tezda so'riladi va kerakli natijani bermaydi);
  • bolalar kremi yoki vazelin;
  • taglik, yo`rgak.

Yo`rgakni soling va chaqaloqni orqa tomoni bilan yotqizing. Sprinsovka uchini va bolaning anus atrofidagi joylarini bolalar kremi bilan yog'lang.

Havoni chiqarish uchun sprinsovkani siqib, suv bilan to'ldiring.
Sprinsovka uchini to'g'ri ichakka taxminan 1,5 sm kiriting va grusha bo'shagunicha sekin va ehtiyotkorlik bilan bosing. 
Bola dumbalarini siqib, asbobni ehtiyotkorlik bilan olib tashlang. Dumbalarni yana bir necha daqiqa siqilgan holda ushlab turing, keyin chaqaloqqa taglik kiydiring va natijani kuting. Ko`pincha natija uzoq kutilmaydi. 

xulosalar

  1. Yangi tug'ilgan chaqaloqqa huqnani shifokor ko`rsatmasiga ko`ra qilish mumkin. 

  2. Huqna ichaklarni bo'shatishga yordam beradi, ammo qabziyat sababini davolamaydi.

  3. Huqna qanchalik kam ishlatilsa, shuncha yaxshi.

  4. Huqna qilish uchun steril sprinsovka bolaning to'g'ri ichagiga xona haroratidan bir oz issiqroq 20-30 ml suv bilan kiritiladi, bola dumbasi bir necha daqiqa siqilgan holda ushlab turiladi va muolaja natijasi kutiladi.

Яндекс.Метрика