Top.Mail.Ru

Bolada diareya: ich ketish sabablari, oqibatlari va davolash usullari

Submitted on: 20.11.2024
Time to read:
count 4084

Go‘dakda ich ketishi: sabablari va davolash usullari

Diareya (ich ketish) - bu tez-tez ich kelishi va uning konsistensiyasining o‘zgarishi.

Ich kelishining tezligi va xarakteri bolaning yoshiga, oziqlantirish turiga (ona suti bilan, aralash, sun’iy) va uning individual xususiyatlariga bog‘liq (1-jadval).

Masalan, ona suti bilan oziqlantirilganda birinchi yarim yillikda bolalarda (qo‘shimcha ovqat berilgunga qadar) ich kelishi odatda bir xil, bo‘tqasimon, sarg‘ish rangda, sutkasiga 5-7 martagacha bo‘ladi. Bu me’yor hisoblanadi. Axlatning kuniga 10 marta va undan ko‘p chiqishi, taglikka butunlay singib ketishi - ich ketish alomatlaridir.

Aralashma va qo‘shimcha oziq-ovqat mahsulotlari kiritilganda, ich kelishi kamayadi va quyuqlashadi, rangi va hidi o‘zgaradi. Ichakning bir sutkada uch martadan ortiq bo‘shashi va konsistensiyasining suyuq yoki suvli shaklga o‘zgarishi diareyaning belgilari hisoblanadi.

1-jadval. Erta yoshdagi bolalarda ich kelish tezligi

Yoshi Haftasiga defekatsiyalar soni Bir sutkadagi defekatsiya soni (o‘rtacha)
0-3 oylik
ona suti bilan boqish sun’iy oziqlantirish

5 – 40
5 – 20

2,9
2,0
6 – 12 oy 5 – 28 1,8
1 – 3 yosh 4 – 21 1,4

Chaqaloqda ich ketishining sababi nima bo‘lishi mumkin?

Bristol axlat shakllari shkalasiga ko‘ra, 5-7 turdagi axlat diareya belgilariga kiradi va ovqat bo‘lagining oshqozon-ichak yo‘lidan o‘tish tezligi oshganligini ko‘rsatadi.

Asosiy sabablarni ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin: infeksion va infeksiyon emas.

Viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar va sodda parazitlar infeksion diareyaga sabab bo‘lishi mumkin.

Oziq-ovqat mahsulotlariga allergiya (SSOA), oziq-ovqat komponentlarini ko‘tara olmaslik (laktoza), antibiotiklarni qabul qilish, oshqozon osti bezi kasalliklari, shuningdek, tug‘ma kasalliklar infeksiyon bo‘lmagan diareyaga sabab bo‘lishi mumkin.

shutterstock_1065379265.jpg
 

Diareya nimasi bilan xavfli?

O‘tkir suvli diareya suyuqlik va elektrolitlarning ko‘p miqdorda kamayishi bilan birga davom etadi. Bu suvsizlanish (degidratatsiya) rivojlanishiga olib keladi. Alomatlari 2-jadvalda keltirilgan.

2-jadval. Degidratatsiya shkalasi

Belgisi Ballar
0 1 2
Umumiy holati normal chanqoqlik
bezovtalik
tajanglik
lanjlik
uyquchanlik
Ko‘z soqqalari o‘ziga xos xususiyatlarsiz biroz cho‘kkan cho‘kkan
Shilliq pardalar nam quruqroq
yopishqoq
quruq

Suvsizlanish darajasi ballar yig‘indisi bo‘yicha baholanadi:

0 ball degidratatsiya yo‘q
1-4 ball yengil darajali degidratatsiya

Xavotirli signallar


 

  • qusish
  •  (haroratning ko‘tarilishi)
  • axlatda va qusuqda qon mavjudligi
  •  qorinning sezilarli shishishi va meteorizm
  •  tormozlanish
  •  sezilarli sustlik
  •  bo‘shliqdagi dezoriyentatsiya
     


 

Noxush oqibatlar (asoratlar)

  • tomir tortishishi
  • es-hushning buzilishi
  • atsidozning rivojlanishi (organizmda kislota-ishqor muvozanatining buzilishi)
  • shok

Kichkintoyda diareya bo‘lsa, nima qilish kerak?

колики4.jpg


 

Dori-darmonlarsiz davolash usuli uch qismdan iborat.

  1. Yo’qotilgan suv va elektrolitlarni tiklash
  2. Parhez terapiyasi
  3. Samaradorligi isbotlangan probiotiklar


Regidratatsion terapiya - maxsus eritmalarni qabul qilishdan iborat. Faqatgina suyuqlik (suv) emas, balki uning qon plazmasidagi kabi muhim tarkibiy qismlar bilan birgalikda bo‘lishi muhim hisoblanadi.

Обычно это сухие порошки для приготовления растворов.

Parhez terapiyasi ovqat hazm qilish tizimiga bo‘lgan yuklamani kamaytirishdan iborat. Ayniqsa, bu sut shakari (laktoza) va sigir sutidagi oqsilga taalluqlidir. Shuning uchun tarkibida hayvon (sigirlar, echkilar, biyalar va boshqalar) suti bo‘lgan har qanday mahsulotlarni  (vaqtincha) chiqarib tashlash zarur.

Ona suti bilan emizishni davom ettirish zarur! Laktaza fermentining yetishmovchiligi rivojlanish xavfini kamaytirish maqsadida, davolovchi pediatr bilan maslahatlashgan holda laktAza fermenti preparatlarini qo‘llash mumkin.

Oddiy aralashmani laktozasiz aralashma bilan, masalan, Nutrilak Premium Безлактозный bilan, to‘liq emas, balki qisman (asosiy hajmning 1/3 - 1/2 qismi) almashtirish ma’qulroq. Shifokor ko‘rsatmasiga binoan, o‘tkir davr uchun davolash aralashmasiga to‘liq o‘tish mumkin.


 

Agar sigir suti oqsillariga nisbatan allergiya alomatlari kuzatilsa, u holda chuqur gidrolizlangan Nutrilak Пептиди СЦТ yoki laktoza va sigir suti oqsillari bo‘lmagan Nutrilak Premium Соя, soyali aralashmasini tayinlash asosli hisoblanadi.


 

 

L. rhamnosus (LGG)® В. Lactis (BB-12)тм Oqsil
Nutrilak Premium Гипоаллергенный + + o‘zgargan allergiya rivojlanish xavfini kamaytirish uchun
Nutrilak Premium Кисломолочный + + fermentlangan qabziyat, diareya, sanchiqlarda
Nutrilak Premium Caesarea БИФИ + + o‘zgarmagan mikrobiota muvozanatini saqlash uchun

Nimalarga e’tibor berish kerak

аллергия4.jpg


 

Uzoq davom etgan diareya (ikki haftadan ortiq) va takroriy epizodlar paydo bo‘lganda irsiy kasalliklar va oshqozon-ichak tizimi a’zolarining surunkali patologiyasini istisno qilish uchun mutaxassislarga murojaat qilish kerak.

Tiklanish davri

Ichak infeksiyalari bolaning oshqozon-ichak tizimiga jiddiy zarar yetkazadi, shu sababli axlatning normallashuvi - bu xotirjam bo‘lish va tezda odatiy ovqatlanishga qaytish yoki shifokor ruxsatisiz laktaza qabul qilishni to‘xtatish uchun asos bo‘la olmaydi.

Taomlar tarkibida don mahsulotlari (bo‘tqalar, makaron mahsulotlari) va go‘shtga ustunlik berish kerak. Sabzavot va mevalarni termik ishlov berish tavsiya etiladi. Sut mahsulotlarini iste’moldan chiqarish yoki ularni qatiq mahsulotlariga almashtirish ma’qul. Ularda oshqozon-ichak tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadigan probiotiklar va ularning metabolitlari mavjud. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda oddiy aralashmani qisman yoki batamom maxsus aralashmaga almashtirish mumkin, masalan, Nutrilak Premium Кисломолочный. U ovqat hazm qilish jarayonini yengillashtirishga, muntazam ich kelishiga va mikrobiota muvozanatini saqlashga yordam beradi.

Profilaktika choralari

Sayohatchi diareyasi va antibiotiklar qabul qilgandan keyin ich kelishi buzilishini davolashdan ko‘ra oldini olish osonroq.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, L. rhamnosus (LGG)® qabul qilish uydan uzoqda bo‘lganda va antibakterial dori vositalarini iste’mol qilgandan so‘ng ich ketish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Kattalar uchun biologik faol qo‘shimchalar (BFQ), bolalar uchun esa probiotikli oziq-ovqat mahsulotlari mavjud.

Ich ketganda aralashmani qanday tanlash kerak?

Faqatgina Nutrilak aralashmalar qatorida LGG® mahsulotlari mavjud.

Яндекс.Метрика