Tish chiqayotganda, chaqaloqda haqiqatan ham isitma ko’tarilishi mumkin. Tish milk ichida harakatlanayotganda uning to’qimalari shikastlanadi. Bola og’riqni his qiladi, u asabiylashadi. Chaqaloqdagi termoregulyatsiya mexanizmlari hali mukammal bo’lmaganligi sababli, hatto stressga javoban ham uning harorati ko’tarilishi mumkin. Keyinchalik, sut tishlari doimiy tishlar bilan almashganda, bola yana yoqimsiz hislarni boshdan kechirishi mumkin, ammo uning harorati normal bo’ladi.
Biroq, tish chiqayotganda isitmaning ko’tarilishi, shuningdek, bola shunchaki kasal bo’lib qolganligini ko’rsatishi mumkin. Bolaning tishlari chiqayotganda , uning tanasi qo’shimcha bosimni boshdan kechiradi, shuning uchun immunitet zaiflashadi. Ba`zida ota-onalar yuqori isitmani “tishlar” bilan bog’lashadi va bu vaqtda virusli infeksiyani davolashnni boshlash kerak.
Bolalarda tish chiqayotganda isitmalash - bu normal holatmi?
Tish chiqayotganda isitma qancha davom etadi
Tish chiqayotganda isitma tishning yuqori qismi paydo bo’lguncha turadi. Odatda, bu bir kundan uch kungacha. Agar yuqori isitma uzoq davom etsa, albatta pediatr bilan maslahatlashing.
Tish chiqayotganda qanday harorat sergaklantirishi kerak?
Odatda, tishlar chiqayotganda harorat 37,2 – 37,5 ℃ gacha, kamdan-kam hollarda 38 ℃gacha ko’tariladi. Agar chaqaloqning harorati 38,5 ℃ dan yuqori bo’lsa, unda O’RVI bo’lishi mumkin.
Isitmani tushirish kerakmi?
Agar bolaning harorati 38-38,5 ℃ dan past bo’lsa, uni tushirish kerak emas, faqat bola o’zini yaxshi his qilmagan holat bundan mustasno. Agar chaqaloq lanj, injiq bo’lsa, og’riqli hislar tufayli uxlay olmasa, unga bir vaqtning o'zida og'riq qoldiruvchi vazifasini ham bajaruvchi isitma tushuruvchi vosita berish mumkin.
Bolani sirka yoki spirt bilan artib bo’lmaydi, bu og’ir zaharlanish va terining kuyishiga olib kelishi mumkin.
Isitmani tushirish usullari
Yosh bolalarda isitmani tushirish uchun faqat siroplar va shamlar shaklida paratsetamol yoki ibuprofenga asoslangan preparatlardan foydalanish mumkin. Tabletkalar 3 yoshgacha bo’lgan bolalarga berilmaydi, chunki preparatning dozasini to’g’ri hisoblash qiyin.
Yuqori isitma bo’lsa, bolaga tez-tez suv berish kerak. Iliq suv, shakarsiz morslar va kompotlar, na`matakli bolalar choyi mos keladi. Agar bola emizikli bo’lsa, u holda talab bo’yicha ko’krakni berishni davom eting va ovqatlanish oralig’ida suv ichiring.
Kasal bolaning xonasi muntazam ravishda shamollatilishi kerak, undagi havo namligi 40% dan kam bo’lmasligini ta`minlash kerak. Buning uchun siz namlagichlardan foydalanishingiz yoki hech bo’lmaganda nam sochiqni osib qo’yishingiz mumkin. Xona harorati 18-20℃ dan yuqori bo’lmasligi kerak.
Shunday qilib:
Hayotning birinchi yilidagi, bir yosh va undan katta yoshdagi bolalarda tishlar chiqayotganda isitma - bu normal holat, agar uning ko’tarilishining boshqa sabablari mustasno etilsa.
. Tish chiqish paytida isitma o’rtacha 1-3 kun davom etadi.
38,5 ℃ dan yuqori isitma sergaklantirishi kerak, chunki tish chiqayotganda u faqatgina yarim daraja-bir darajaga ko’tariladi..
. 38,5 ℃ dan yuqori haroratni tushirish kerak. Agar bola injiqlansa va o’zini yomon his qilsa, unda past haroratda ham isitma tushiruvchi vosita berish mumkin.
Kichik bolalarda isitma sirop va sham shaklidagi paratsetamol va ibuprofen bilan tushiriladi. Bola joylashgan xonani muntazam ravishda shamollatish, nam tozalashni amalga oshirish, normal namlik va haroratni ta`minlash kerak. Kasal bola tinchlik va ko’p miqdorda iliq ichimlik bilan ta`minlanishi kerak.