



Tavsifi
To‘liq gidrolizlangan sut zardobi oqsillari va o'rta zanjirli triglitseridlar asosida tayyorlangan bolalar aralashmasi.
Tug‘ilgandan 12 oylikkacha bo‘lgan bolalarga quyidagi holatlarda beriladigan parhezli davolovchi ozuqa:
- sigir suti oqsillariga allergiya holatida;
- ovqatni hazm qila olmaslikda;
- turli sabablarga ko‘ra malabsorbsiya holatida;
- mukovissidoz va qisqa ichak sindromi holatida.
Tarkibining afzalliklari
- To‘liq gidrolizlangan oqsil erkin aminokislotalar va qisqa peptidlarga parchalangan. Bu allergiya alomatlarini yengillashtiradi.
- O‘rta zanjirli triglitseridlar yog‘ komponenti so‘rilishini osonlashtiradi.
- Laktozasiz.
- LGG laktobakteriyalari dunyodagi 1-raqamli probiotik hisoblanadi. Ular atopik dermatit (ekzema)dan himoyalanishga ko‘maklashadi va organizmning o‘z bifidobakteriyalarini ishlab chiqarishini rag‘batlantiradi.
5-HMO* complex - tuzilishi jihatidan ona suti tarkibida bo‘ladigan eng keng tarqalgan oligosaxaridlar turlariga o‘xshash bo‘lgan 5 ta asosiy oligosaxaridlardan iborat kompleks. Bu kompleks immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlash va infeksiyalardan himoyalanish uchun zarur.
To‘laqonli rivojlanish uchun muhim komponentlar
- OMЕGA-3 (DHA)max** / OMЕGA-6 (ARA)max** -yog‘ kislotalari.
Miya, ko‘z to‘r pardasi va neyron aloqalari shakllanishi uchun zarur hisoblanadi; - Nukleotidlar.
Immun tizimining shakllanishi va oshqozon-ichak traktining yetilishida ishtirok etadi.
*HMO - ona sutida mavjud bo‘lgan oligosaxaridlar va ularning tuzilish jihatidan o‘xshash analoglarining qisqartirilgan belgisi.
**DHAmax/ **ARAmax - DHA/ARAning yuqori miqdori allergiyasi bor bolalarning yuqori ehtiyojlarini ta’minlaydi.
Aralashma yagona oziqlanish manbai sifatida uzoq vaqt davomida qo‘llanishga mos keladi.
Yo'riqnoma

Tayyorlash usuli:
Qo'lingizni yuving va idish, so’rg’ich va qopqoqni sterilizatsiya qiling. Albatta biriktirilgan o'lchov qoshig'idan foydalanganing. Ishlatishdan oldin uni qaynoq suv bilan chayib oling va quriting.
- Suvni qaynatib, uni 40 °C haroratgacha sovuting. Ovqatlantirish jadvaliga amal qilgan holda, shisha idishga kerakli miqdordagi tayyorlangan suvni quying.
- Suv quyilgan idishga uyib to‘ldirilmagan holda, o‘lchov qoshig‘ida aniq miqdordagi
quruq aralashmadan qo‘shing. Idishni yopib, quruq aralashma to‘liq eriguncha yaxshilab chayqating.
Tayyor aralashmaning haroratini bilakning ichki tomonida tekshirib ko‘ring.
Foydalanish bo‘yicha tavsiyalar
- Aralashmani tayyorlab bo’lgach, mahsulot qadog’ini mahkam yoping.
- Aralashmani bevosita bolani ovqatlantirishdan oldin tayyorlang.
- Keyingi ovqatlantirishda idishda qolgan aralashmadan foydalanmang.
Смесь назначается врачом. Объем и количество кормлений определяет врач в зависимости от индивидуальных особенностей ребенка.
Ovqatlantirish sxemasi
(Uyumsiz 1 o'lchov qoshig'i - 25 ml suvga 4,3 g quruq aralashma):
Quyidagi yoshdagi bola uchun:
0-2 haftalik bola: bir marta ovqatlantirish uchun 3 o‘lchov qoshiq aralashmani 90 ml suvda eritib tayyorlang. Kuniga - 6 marta oziqlantirish.
3-4 haftalik bola: bir marta ovqatlantirish uchun 4 o‘lchov qoshiq aralashmani 120 ml suvda eritib tayyorlang.Kuniga - 5 marta oziqlantirish.
1-2 oylik: 1 marta ovqatlantirish uchun 5 o‘lchov qoshiq aralashmani 150 ml suvda eritib tayyorlang. Kuniga - 5 marta oziqlantirish.
3-4 oylik: 1 marta ovqatlantirish uchun 6 o‘lchov qoshiq aralashmani 180 ml suvda eritib tayyorlang. Kuniga - 5 marta oziqlantirish.
5-6 oylik: 1 marta ovqatlantirish uchun 7 o‘lchov qoshiq aralashmani 210 ml suvda eritib tayyorlang. Kuniga - 5 marta oziqlantirish.
7 oylik va undan katta: 1 marta ovqatlantirish uchun 7 o‘lchov qoshiq aralashmani 210 ml suvda eritib tayyorlang. Kuniga 3-4 marta oziqlantirish.
Diqqat! Sut zardobi oqsillarining gidrolizati aralashmaga o‘ziga xos hid va biroz achchiqroq ta’m beradi. Aralashmani to‘liq erishi uchun ko‘proq vaqt talab etiladi, zarur bo‘lsa, yana bir bor chayqating.
Saqlash shartlari:
Ochilmagan qadoqni havo harorati 0 dan 25 °C gacha va nisbiy namligi 75% gacha bo'lgan sharoitda saqlang.
Qadoqni ochgandan so‘ng, quruq aralashmani quruq va salqin joyda ko‘pi bilan 3 hafta saqlash mumkin.
Tarkibi
Maltodekstrin, sut zardobi oqsillari gidrolizati, glyukoza sharbati, o‘simlik moylari (yuqori oleinli kungaboqar yog‘i, soya, palma yog‘lari), o‘rta zanjirli triglitseridlar, makkajo‘xori kraxmali, emulgatorlar (glitserin va limon kislotasi hamda yog‘ kislotalarining efirlari, yog‘ kislotalarining mono- va diglitseridlari), mineral moddala (kaliy fosfat (ortofosfat kislotasining kaliy tuzlari), kalsiy karbonat, natriy xlorid, kalsiy fosfat (ortofosfat kislotasining kalsiy tuzlari), magniy xlorid, magniy oksid, temir (II) sulfat, rux sulfat, mis sulfat, marganes xlorid, kaliy yodid, natriy selenit), omega-3 ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalari (dokozageksayen (DHA) va eykozapentayen (EPA) kislotalari manbai), omega-6 ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalari (araxidon kislotasi (ARA) manbai), vitaminlar (L-askorbin kislotasi, DL-alfa-tokoferol atsetat, nikotinamid, kalsiy D-pantotenat, riboflavin, retinol atsetati, piridoksin gidroxlorid, tiamin gidroxlorid, foliy kislotasi, filloxinon, D-biotin, D3 xolekalsiferol, siankobalamin), xolin bitartrat, 5-HMO oligosaxaridlar kompleksi (2'-fukozillaktoza (2'-FL), lakto-N-tetraoza (LNT), 6'-sialillaktoza (6'-SL), difukozillaktoza (DFL), 3'-sialillaktoza (3'-SL)), L. rhamnosus laktobakteriyalari, inozit, taurin, nukleotidlar (sitidin-5'-monofosfat kislotasi, uridin-5'-monofosfat dinatriy tuzi, adenozin-5'-monofosfat kislotasi, guanozin-5'-monofosfat dinatriy tuzi, inozin-5'-monofosfat dinatriy tuzi), L-karnitin, antioksidant (L-askorbilpalmitat). Tarkibida GMO mavjud emas!
Ozuqaviy qiymati
Ozuqaviy qiymati | 100 g quruq aralashmada | 100 ml tayyor aralashmada |
Energetik qiymati, kkal / kJ | 2106/ 503 | 284/ 68 |
Oqsillar (ekv.), g | 14,1 | 1,9 |
Taurin, mg | 33 | 4,5 |
Yog’lar, g | 25 | 3,4 |
o'rta zanjirli triglitseridlar, yog’ning umumiy miqdoridan % | 40 | |
linol kislotasi, g | 3,9 | 0,53 |
linol kislotasi, yog’ kislotasining umumiy miqdoridan % | 17 | |
linolen kislotasi, g | 0,44 | 0,06 |
dokozageksayen kislotasi, mg | 148 | 20 |
araxidon kislotasi, mg | 82 | 11 |
eykozapentayen kislotasi, mg | 5,4 | 0,7 |
Uglevodlar, g | 55,5 | 7,5 |
Prebiotiklar: 5-HMO, mg | 148 | 20 |
Mineral moddalar: | ||
kalsiy, mg | 422 | 57 |
fosfor, mg | 252 | 34 |
kaliy, mg | 533 | 72 |
natriy, mg | 178 | 24 |
magniy, mg | 53 | 7,2 |
mis, mkg | 420 | 57 |
marganets, mkgг | 65 | 8,8 |
temir, mg | 7,3 | 1 |
ruh, mg | 6,3 | 0,9 |
xloridlar, mg | 251 | 34 |
yod, mkg | 109 | 14,7 |
selen, mkg | 13 | 1,8 |
Vitaminlar: | ||
retinol (A), mkg-ekv | 500 | 67,5 |
tokoferol (E), mg | 8,9 | 1,2 |
kalsiferol (D), mkg | 10 | 1,3 |
K vitamini, mkg | 50 | 6,8 |
tiamin (B1), mkg | 399 | 54 |
riboflavin (B2), mkg | 733 | 99 |
pantoten kislotasi, mkg | 2,5 | 0,337 |
piridoksin (B6), mkg | 428 | 58 |
niatsin (PP), mg | 4,1 | 0,55 |
foliy kislotasi, mkg | 65 | 8,8 |
sianokobalamin (B12), mkg | 2 | 0,27 |
askorbin kislotasi (C), mg | 80 | 10,8 |
biotin, mkg | 15 | 2 |
Nukleotidlar, mg | 14,8 | 2 |
Inozit, mg | 88 | 12 |
Xolin, mg | 110 | 15 |
L-karnitin, mg | 11 | 1,5 |
Osmolyallik, mOsm/kg | 210 | |
L. rhamnosus (LGG®) laktobakteriyalari soni - 1 x 106 KHQB /g dan kam emas |