Tavsifi
Og’ir allergiyada to'liq ovqatlanish uchun.
Bolalarni hayotining birinchi kunlaridan boshlab parhezli davolovchi ovqatlantirish uchun aminokislotalarga asoslangan to'liq, muvozanatlashtirilgan aralashma. Aralashma allergiyaga chalingan bolalarning to'laqonli rivojlanishi haqida kompleks g’amxo’rlik qilish va immunitetini qo'llab-quvvatlash uchun uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Uzoq muddatli foydalanish uchun mos keladi.
Foydalanish uchun ko'rsatmalar:
ko'plab oziq-ovqat allergiyalarida
sigir suti oqsillari, laktoza va soya hazm bo’lmaganda
ichak mal’absorbsiya sindromida
qisqa ichak sindromida
Tarkibining xususiyatlari:
Aminokislotalar allergiya alomatlarini yengillashtiradi, optimal o'sish uchun muvozanatlashtirilgan profilga ega.
O'rta zanjirli trigliseridlar (O’ZT) oson so'riladi va oshqozon-ichak traktida so'rilish jarayonlari buzilganida organizmni energiya bilan ta'minlashni kafolatlaydi.
Tarkibida laktoza mavjud emas.
Aralashma to'laqonli rivojlanish uchun zarur bo'lgan muhim tarkibiy qismlarga ega:
OMEGA-3 (DHA)max /OMEGA-6 (ARA) max
bosh miya tuzulmaviy tarkibi bo'lib, intelekt rivojlanishi va ko’z o’tkirligini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Maksimal miqdori allergiya bilan og'rigan bolalarning yuqori ehtiyojlarini qondiradi.
MUHIM! Aralashmadagi DHA manbai baliq yog'i emas, balki mikro suv o’tlaridan olingan yog' bo'lib, unda allergen oqsili izlari bo'lishi mumkin.
Tarkibida GMO mavjud emas!
Yo'riqnoma
1. Bolani ovqatlantirish uchun mo'ljallangan barcha idishlarni kamida 5 daqiqa qaynatib oling.
2. Tayyorlangan idishga kerakli miqdorda 40 °C ga qadar isitilgan bolalar ichimlik suvini quying. Agar bolalar ichimlik suvi bo'lmasa, siz 40 °C gacha sovutilgan qaynatilgan suvdan foydalanishingiz mumkin.
3. Suv solingan idishga quruq aralashmaning kerakli miqdordagi o'lchov qoshiqlarini qo'shing (ovqatlantirish jadvaliga qarang), pichoqning orqa tomoni bilan qoshiq yuzasidan ortiqchasini olib tashlang.
4. Idishni yopgandan so'ng, aralashma to'liq eriguncha chayqating.
5. Tayyorlangan aralashmaning haroratini bilagingizning ichki qismida tekshiring.
Aralashmani bevosita ovqatlantirishdan oldin tayyorlang.
Idishdagi tayyor aralashma qoldiqlarini keyingi ovqatlantirish uchun ishlatmang.
Aralashmani ishlatishdan ( ichirishdan, kiritishdan )oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Aralashmaning hajmi va ovqatlanish soni shifokor tomonidan belgilanadi.
Saqlash sharoiti:
Qadoqni ochishdan oldin quruq aralashmani 0 dan 25 ºС gacha bo'lgan haroratda va nisbiy
namligi 75% dan yuqori bo'lmagan joyda saqlang.
Qadoq ochilganidan so'ng, quruq aralashma salqin va quruq joyda (lekin sovutgichda emas) 3 haftadan ko'p bo'lmagan muddatda saqlanishi mumkin.
Saqlash muddati:
24 oy
Tarkibi
Maltodekstrin, o‘simlik yog`lari (kungaboqar yuqori oleinli, soya, palma yog`lari), aminokislotalar (L-arginin L-aspartat, L-leysin, L-lizin asetat, L-glutamin, L-valin, L-prolin, L-izoleysin, glisin, L-treonin, L-tirozin, L-fenilalanin, L- serin, L-sistin, L-gistidin, L-alanin, L-triptofan, L-metionin, magniy L-aspartat), o'rta zanjirli trigliseridlar, makkajo'xori kraxmali, mineral moddalar (kalsiy fosfat, kaliy fosfat, kalsiy karbonat, natriy xlorid, magniy xlorid, kaliy xlorid, temir (II) sulfat, rux sulfat, mis sulfat, marganets xlorid, kaliy yodid, natriy selenit), emulgatorlar (glitserin va limon kislotasi va yog' kislotalarining efirlari, yog' kislotalarining mono- va digliseridlari), Schizochytrium sp. Mikro suvo’tlaridan olingan yog’ (dokozageksayen kislotasi DHA manbai), ), Mortierella Alpina yog’i (araxidon kislotasi ARA manbai), vitaminlar (L-askorbin kislotasi, DL-alfa-tokoferol asetat, nikotinamid, kalsiy D-pantotenat, riboflavin, retinol asetat, piridoksin gidroxloridi, tiamin gidroxloridi, foliy kislotasi, filloxinon, D-biotin, D3 xolekalsiferol, sianokobalamin), xolin bitartrat, inozit, taurin, L-karnitin, antioksidlovchi (L-askorbilpalmitat).
Ozuqaviy qiymati
Ozuqaviy qiymati | 100 g quruq aralashmada | 100 ml tayyor aralashmada | |
Energetik qiymati kJ/kkal | 2108 / 503 | 293 / 70 | |
Oqsil ekvivalenti (UEQ dan 10 %), g | 12,9 | 1,8 | |
Taurin, mg | 33 | 4,5 | |
Yog’ (UEQ dan 45%), g | 25 | 3,5 | |
o'rta zanjirli trigliseridlar, g
| 10 | 1,4 | |
o'rta zanjirli triglitseridlar, yog’ning umumiy miqdoridan % | 40 |
| |
Linol kislotasi, g | 3,87 | 0,54 | |
Linol kislotasi, yog’ kislotasining umumiy miqdoridan % | 17 |
| |
a- Linol kislotasi, g | 0,43 | 0,06 | |
dokozageksayen kislotasi, mg | 144 | 20 | |
araxidon kislotasi, mg | 82 | 11,4 | |
Uglevodlar (UEQ dan 45%), g | 56,7 | 7,9 | |
mono- va disaxaridlar, g | 4,9 | 0,68 | |
Mineral moddalar: |
|
| |
kalsiy, mg | 580 | 81 | |
fosfor, mg | 362 | 50 | |
kaliy, mg | 507 | 70 | |
natriy, mg | 174 | 24 | |
magniy, mg | 53 | 7,3 | |
mis, mkg | 417 | 58 | |
marganets, mkg | 50 | 7 | |
temir, mg | 7,2 | 1 | |
ruh, mg | 6,4 | 0,9 | |
xloridlar, mg | 420 | 58 | |
yod, mkg | 103 | 14,3 | |
selen, mkg | 13 | 1,8 | |
Vitaminlar: |
|
| |
retinol (A), mkg-ekv | 510 | 71 | |
tokoferol (E), mg | 8,9 | 1,2 | |
kalsiferol (D), mkg | 9,8 | 1,4 | |
K vitamini, mkg | 50 | 7 | |
tiamin (B1), mkg | 400 | 55 | |
riboflavin (B2), mkg | 705 | 98 | |
pantoten kislotasi, mkg | 2,1 | 0,3 | |
piridoksin (B6), mkg | 428 | 59 | |
niatsin (PP), mkg | 4,1 | 0,56 | |
foliy kislotasi, mkg | 65 | 9 | |
sianokobalamin (B12), mkg | 2 | 0,28 | |
askorbin kislotasi (C), mg | 65 | 9 | |
biotin, mkg | 15 | 2,1 | |
Inozit, mg | 87 | 12 | |
Xolin, mg | 109 | 15 | |
L-karnitin, mg | 11 | 1,5 | |
Osmolyallik, mOsm/kg | - | 310 | |
UEQ – Umumiy energetika qiymati |