Emizikli ona yaxshi ovqatlanishi kerak. Shu bilan birga, vitaminlar, yog’lar va uglevodlarning muvozanatli kompleksini olish muhimdir. Shuningdek, menyu tuzishda e`tiborga olish kerak bo’lgan ba`zi cheklovlar mavjud. Biz to’g’ri, to’liq va eng muhimi, mazali ovqatlanishni tashkil qilishda yaxshi yordam beradigan bir nechta retseptlarni tanladik.
Ovqatlanish xususiyatlari
Quvvat va ozuqaviy moddalar | 18-29 yoshdagi ayolning asosiy ehtiyoji | Laktatsiyaning birinchi 6 oyida | 6 oydan keyin |
---|---|---|---|
Quvvat, kkal | 2200 | 500 | 450 |
Oqsillar, jumladan hayvonlardan olingan | 66/36 | 40/26 | 30/20 |
Yog’lar, g | 73 | 15 | 15 |
U kerakli kuchlarni to’plash va sog’liqni saqlashga yordam beradi. “Ovqatlanishning asosiy talabi oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar, minerallar va boshqa biologik faol birikmalarning yetarli miqdori bo’lgan turli xil mahsulotlar va ovqatlarni qo’shish”*. Ratsionga yog’siz go’sht va baliq turlarini kiritish, sut mahsulotlari, sabzavot va mevalar, don mahsulotlarini muntazam iste`mol qilish kerak. Biroq, o’zingizga va chaqalog’ingizga noqulaylik tug’dirmaslik uchun bir qator cheklovlarni hisobga olish kerak. Avvalo, quyidagilar ratsiondan chiqarib tashlanishi yoki minimallashtirilishi kerak:
• achchiq choy va qahva. Ularni o’simlik damlamalari, kompotlar bilan almashtirish yaxshiroqdir;
• fast fud. Shuningdek, shakarli gazlangan suvlarni suiiste`mol qilmaslik kerak;
• achchiq va yog’li ovqatlar. Bu nafaqat onada, balki bolada ham noqulaylik tug’dirishi mumkin;
• shokolad va spirtli ichimliklar. Ular kuchli allergenlardir.
Emizikli onaga qancha kaloriya kerak
Emizish davrida ayol qo’shimcha kaloriyalarga muhtoj. Sut ishlab chiqarish uchun organizmga 500-600 dan ko’p bo’lmagan miqdorda kkal kerak bo’ladi. Emizikli onalar uchun asosiy ozuqaviy moddalarga va quvvatga bo’lgan fiziologik ehtiyoj normalari tug’ish yoshidagi ayollarga nisbatan jadvalda keltirilgan.
Ammo bu haddan tashqari ko’p ovqat yeyish kerak degani emas. Birinchi navbatda, onaning tanasi qo’shimcha kaloriyalarni homiladorlik paytida to’plangan ortiqcha miqdordan oladi va faqat ikkinchi navbatda – kiruvchi ovqatdan. Bu yengil ovqatlanish kunlarini tashkil qilmasdan yoki qattiq diyetaga o’tirmasdan vazn yo’qotish imkonini beradi.
Oziqlantirish va dorilar
Emizikli ona uchun dorilarni qabul qilishni diqqat bilan kuzatib borish muhimdir. Antibiotiklar yangi tug’ilgan chaqaloqlarda qorin sanchiqlariga olib kelishi mumkin degan nazariya mavjud. Yengil kasalliklarda xalq tabobati vositalariga murojaat qilish yaxshiroqdir: vitaminli ichimliklar, malinali choylar, kisellar, morslar ichish. “Tabletkalarga so’nggi chora sifatida, masalan, yuqori haroratda (38 °C dan yuqori) murojaat qilish kerak.” Ammo onaning organizmiga ozuqa moddalarini: nukleotidlarni, yog’ kislotalarini, aminokislotalarni va boshqalarni kelib tushishiga yordam beradigan yaxshi vitamin va mineral komplekslarni tanlash ortiqcha bo’lmaydi.
Emizikli ona uchun taomlar retseptlari
Yuqorida ta`kidlab o’tilganidek, emizikli ayolning ratsioni foydali, ozuqali va xilma-xil bo’lishi kerak. Biz kun bo’yi menyu yaratishga imkon beradigan 10 ta retseptni taklif qilamiz. Nonushta, tushlik, kechki ovqat yoki engil tamaddi uchun taomlarni tanlash mumkin.
Dangasa vareniklar
Tayyorlash uchun taxminan 0,5 kg yog’siz tvorog, tuxum (agar allergenlardan qo’rqsangiz, 2 ta bedana tuxumi olgan yaxshiroqdir), 2 osh qoshiq un, 4 osh qoshiq manniy yormasi va ozgina shakar kerak bo’ladi. Barcha mahsulotlardan xamir tayyorlang va uni qalin bo’lmagan kolbasalarga yoying. Ularni bo’laklarga bo’ling: g’o’lachalar, romblar. Tayyor vareniklar 2-3 daqiqaga qaynayotgan suvga ehtiyotkorlik bilan solinadi. (suzib chiqqunigacha). Shundan so’ng, ular chovlida likopchaga olinadi. Bo’laklarning bir qismini muzlatib qo’yish mumkin.
Tvorojnik
2 osh qoshiq manniy yormasiga 100 ml sut quyiladi va tindirishga qo’yiladi (yorma shishishi uchun). Tayyor aralashmaga bir pachka (200-250 g) yog’siz tvorog va 2 ta tuxum qo’shiladi. Shirinlashtiruvchi sifatida quritilgan mevalar yoki ozgina shakar mos keladi. Barcha ingrediyentlar yaxshilab aralashtiriladi va aralashma issiqqa chidamli idishga solinadi (silikon qoliplardan foydalanish mumkin). Duxovkada 180-200°C haroratda 30-40 daqiqa davomida pishiriladi.
Pishloqli blinchiklar
Tayyorlash uchun 6 osh qoshiq un kerak bo’ladi (butun donligidan foydalanish yaxshiroqdir), 100 g pishloq (mayda qirg’ichdan o’tkazilsin), to’g’ralgan shivit, 2 stakan kefir (yog’siz bo’lishi kerak), 2 ta tuxum, bir chimdim tuz va qavartma. Mahsulotlarni aralashtirish va xamirni issiq suv bilan blinchiknikidek holatga keltirish kerak. Oddiy blinchiklar kabi pishiring.
Olmali sulili oladyalar
Ushbu mazali va oddiy taomni tayyorlash uchun bir nechta variant mavjud. Bir stakan suli yormasiga bir stakan yog’siz kefir quyiladi va bir necha soatga qoldiriladi (kechasiga mumkin). Jarayonni tezlashtirish uchun issiq suvdan foydalanish mumkin. Bu holda ivitishga kamida 5-10 daqiqa kerak bo’ladi. Bu vaqtda olma yirik qirg’ichdan o’tkaziladi (agar mevalar kichik bo’lsa, ikkitasini olishingiz mumkin). Suli solingan idishga tuxum, 3 osh qoshiq un, shakar (ta`bga ko’ra) va bir choy qoshiq qavartma qo’shiladi. Xohishga qarab dolchindan foydalanish mumkin. Xamir yaxshilab aralashtiriladi va qoshiq yordamida oldindan qizdirilgan tovaga solinadi. Oladyalar har tomondan 2-3 daqiqa davomida qovuriladi.
Brokkolili maffinlar
200 g karam qaynatib olinadi va maydalanadi. 4 ta tuxum va yarim stakan (100 ml) sut aralashtiriladi. Komponentlar birlashtiriladi va 4-5 osh qoshiq butun don uni, qavartma, tuz qo’shiladi. Agar xohlasangiz, to’g’ralgan ukrop qo’shishingiz mumkin. Xamir yaxshilab aralashtiriladi va qoliplarga solinadi. Duxovkada 170-180°C haroratda 20 daqiqa davomida pishiriladi (tillarang bo’lguncha).
Sabzavotli krem sho’rva
Pishirish uchun har qanday sevimli sabzavotlardan foydalanish mumkin. An`anaviy ravishda kartoshka, gulkaram, piyoz va sabzi ishlatiladi. To’g’ralgan sabzavotlar sabzavotli bulyonga solinadi va pishgunigacha pishiriladi. Bir hil massa olish uchun sho’rva blenderda pyurelanadi. Bezatish uchun ko’katlar va qotirilgan non ishlatiladi.
Grechkali zapekanka
Yog’ surtilgan issiqqa chidamli qolipga oldindan tayyorlangan grechka yormasi va piyoz va yogurt bilan dimlangan tovuq go’shti qavatlar qilib taxlanadi (filedan foydalanish yaxshiroqdir). Qatlamlar yogurt bilan aralashtirilgan tuxum aralashmasi bilan quyiladi. Taomning ustiga maydalangan pishloq sepiladi. Qolip oldindan qizdirilgan duxovkaga 30-40 daqiqaga qo’yiladi.
Tovuqli naggetslari
Yuvilgan tovuq filesi go’sht maydalagichdan o’tkaziladi yoki blenderda maydalaniladi. Tayyor qiymaga to’g’ralgan piyoz va ukrop, ozgina tuz qo’shladi. Aralashmadan dumaloqchalarni yasab, ko’pirtirilgan tuxumga, so'ngra talqonga botiriladi. Naggetslar duxovkada 200°C haroratda 30 daqiqa davomida pishiriladi.
Foydali kotletlar
Suli blenderda maydalanadi. Ular kurka qiymasi va mayda qirg’ichdan o’tkazilgan qovoqcha bilan birlashtiriladi. Tuxum va shivit qo’shiladi. Yaxshilab aralashtiriladi va kotletlar yasaladi. Ularni duxovkada yoki bug’da pishirish mumkin.
Buzoq go’shtidan pishloqli lyulya kabob
Bu taom uchun maydalangan mol go’shti ishlatiladi. Unga maydalangan pishloq, petrushka, ukrop va kashnich qo’shiladi (agar u ilgari ratsionda bo’lgan bo’lsa). Qiyma yaxshilab aralashtiriladi va undan kolbasachalar yasaladi. Ularni grilda yoki duxovkada pishirish mumkin.
Xulosalar
Emizish bolaga sifatli ovqatlanish imkonini beradi va ko’p hollarda laktatsiyani tashkil qilish uchun onadan ko’p harakat talab etilmaydi.
“Homiladorning va emizikli onalarning ovqatlanishi to’g’risida” video
Bundan tashqari, mazali va foydali menyu yaratish unchalik qiyin emas. Asosiysi, ozgina tasavvur va yaxshi retseptlar.
Sergeyeva Svetlana Nikolayevna, pediatr, tibbiyot fanlari nomzodi, Oziqlantirish institutining yosh nutritsiologiyasi laboratoriyasining yetakchi ilmiy xodimi