
Ba’zan bolaning tana harorati balandligi paytida qo‘l-oyoqlari sovuq bo‘ladi. Bunday belgilar «oq isitma» deb ataladigan holatda paydo bo‘ladi. Bu holat xavfli bo‘lishi mumkin, ayniqsa farzandingiz 1 yoshdan kichik bo‘lsa. O‘pka va yurakka jiddiy zo‘riqish tushadi, bu esa keyinchalik turli xil kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Maqolada bu holat nimani anglatishi va bunday vaziyatda qanday to‘g‘ri harakat qilish kerakligi haqida so‘z yuritamiz.