
Bolani ona suti bilan va sun'iy oziqlantirishdan echki suti asosidagi aralashmasiga qanday o'tkazish kerak? Boshqa aralashmadan echki suti asosidagi aralashmasiga o'tkazish sxemasi.
Bolani ona suti bilan va sun'iy oziqlantirishdan echki suti asosidagi aralashmasiga qanday o'tkazish kerak? Boshqa aralashmadan echki suti asosidagi aralashmasiga o'tkazish sxemasi.
Agar onaning suti etarli bo'lmasa yoki emizish onada yuzaga kelgan qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lsa, birinchi holda, echki sutiga asoslangan aralashmaga o’tish qisman bo’lishi mumkin-yani aralashma ona sutini to’ldiradi, ikkinchisida esa, ona suti bilan oziqlantirish sun`iy oziqlantirish bilan almashtirilganda to’liq oziqlantirish sifatida bo’lishi mumkin.
Agar siz sut inqirozi yoki boshqa vaqtinchalik vaziyatda chaqalog'ingizni qo‘shimcha oziqlantirishga majbur bo'lsangiz va to'liq emizishga qaytishni rejalashtirsangiz, chaqaloqqa aralashmani qoshiq yoki shprits orqali berish tavsiya etiladi.
Har bir oziqlantirishda ona avval bolani ikkala ko’kragiga qo’yishi kerak va shundan keyingina aralashmani berishi kerak. Aralashmani chaqalog'ingizga birinchi marta ertalab va oz-ozdan - bir osh qoshiqdan ko'p bo’lmagan miqdorda berishdan boshlang. Farzandingizning teri, nafas olish tizimi, ovqat hazm qilish, uyqu va xatti-harakatlarida istalmagan reaktsiyalar bor-yo'qligini bilish uchun kun davomida kuzatib boring. Agar hammasi joyda bo'lsa, ertasi kuni bolangizga ikki marta oziqlantirishdan keyin aralashmadan bir qoshiqdan berishingiz mumkin. Uchinchi kuni yangi ovqat miqdorini ikki barobar oshirishingiz mumkin. Aralashmaning kunlik va bir martalik hajmini shifokor hisoblab berishi kerak. Ushbu miqdorga asta-sekin, 5-7 kun ichida o'ting.
Agar chaqaloqni ona suti o'rniga echki aralashmasi bilan oziqlantirishga to'liq o'tkazish rejalashtirilgan bo'lsa, buni asta-sekin bajarish tavsiya etiladi. O'tkazish sxemasi bir xil, ammo bu holda chaqaloq darhol ko'nikishi uchun sun'iy oziqlantirishni shishada berish samaraliroq bo'ladi.
Boshqa sut aralashmasidan echki suti asosidagi aralashmasiga bosqichma-bosqich o'tish ham talab qilinadi.
Shuningdek, chaqaloq organizmining yangi mahsulotga mumkin bo’lgan istalmagan reaksiyalarini kuzatish uchun, kunning birinchi yarmida bir marta oziqlantirishda bolaga echki suti aralashmasini kichik hajmda - 10 ml berishni boshlaydilar.
Ikkinchi kuni - 3 ta oziqlantirishda 10 ml dan yangi aralashma qo’shiladi,
uchinchi kuni-3 ta oziqlantirishda 30 ml dan,
to'rtinchi kuni – 5 ta oziqlantirishda 60 ml dan,
beshinchi kuni – 4 ta oziqlantirishda 90 ml dan,
oltinchi kuni - 5 ta oziqlantirishda 150 ml dan,
ettinchi kuni - 5-6 oziqlantirishda 180 ml dan.
Agar siz echki sutidagi aralashmani chaqaloqning ovqatlanishiga qo'shib, uni standart aralashma bilan birlashtirmoqchi bo'lsangiz, xuddi shu sxema bo'yicha harakat qiling. Ammo bu kombinatsiya chaqalog'ingiz uchun mumkinmi, yo'qmi aniqlash uchun avval pediatringiz bilan maslahatlashing.
E'tibor bering, chaqaloqning kasalligi yoki tishlari chiqishi paytida, sayohat paytida, shuningdek, profilaktik emlashdan oldin va keyin yangi ovqatlanishga o'tish maqsadga muvofiq emas. Har qanday stressli vaziyat kichik organizmning yangi ovqatni muvaffaqiyatli o’zlashtirishiga to’sqinlik qilishi mumkin.