Top.Mail.Ru

Homiladorlik paytida vazn ortishi

Submitted on: 24.04.2024
Time to read: 9 минут
count 285931

Homiladorlik paytida vazn ortishi normasi

набор веса при беременности 1.jpg

Homiladorlik paytida o'rtacha vazn ortishi quyidagicha:
• birinchi trimestrda 1-2 kg gacha (13-haftagacha);
• ikkinchi trimestrda 5,5–8,5 kg gacha (26-haftagacha);
• uchinchi trimestrda 9-14,5 kg gacha (40-haftagacha).


Quyidagi jadvallarda ma`lum bir hafta va oyda qanday vazn normal ekanligi, qachon esa normadan og'ish deb hisoblanishi aks etadi.
 

Nima uchun ayol homiladorlik paytida vazn yig'adi

Homiladorlikning boshlanishi bilan tana vazni orta boshlaydi. Bu gormonal fonni qayta qurilishi va homila o'sishi bilan bog'liq. Barcha o'zgarishlar tabiatning o'zi tomonidan belgilanadi. Ularning maqsadi homilani salbiy ekologik omillardan himoya qilishdir. Shu munosabat bilan tanada yog' zaxirasi ko'payadi. Yog' to'qimasi bir qator funksiyalarni bajaradi. Bu homila uchun o'ziga xos amortizator, ozuqa moddalari va energiyaning zaxira manbai, shuningdek sut bezlarini laktatsiyaga tayyorlaydi. Yog' to'qimalari qatlamining ko'payishi birinchi va ikkinchi trimestrda, uning jalb etilishi uchinchi trimestrda sodir bo'ladi.

нормы набора веса.jpg

Nima uchun homiladorlik paytida vazn ortishi sodir bo'ladi? Uni quyidagicha taqsimlash mumkin:
• xomilaning vazni - taxminan 3,5 kg;
• platsenta - taxminan 1 kg;
• hujayradan tashqari suyuqlik hajmining oshishi - taxminan 1,5 l;
• bachadon - taxminan 1 kg;
• sut bezlari - taxminan 0,5 kg;
• qon hajmining oshishi - taxminan 1,5 l;
• yog' to'qimalari va oqsillar zaxiralarining to'planishi - taxminan 2-3 kg;
• homila atrofi suvlari - taxminan 1 litr.
Bu taxminan 13-15 kg ni tashkil qiladi. Biroq, bu raqamdan qo'rqish kerakmas. Tug'ruqdan so'ng darhol u taxminan 10 kg ga kamayadi, qolgan kilogrammlar keyinchalik asta-sekin o'z-o'zidan ketadi. Ammo shifokorlar ularni darhol va ataylab yo'q qilmaslikni maslahat berishadi, vazn yo'qotish oyiga 1 kg dan oshmasligi kerak.
 

Sog'lom ovqatlanish - sabzavotlar, mevalar go'sht haqida unutmaslik kerak. Shuningdek, Nutrima Femilak - homilador ayollar uchun qo'shimcha ovqatlanish - ratsionni muvozanatlashga va yetishmayotgan vitaminlarni olishga yordam beradi. Ichimlik nafaqat sog'lom, balki juda mazali hamdir! 

Homiladorlik paytida vazn ortishi

Darhol ta`kidlash kerakki, homiladorlik paytida ayol bir necha ortiqcha kilogramm orttirishi mumkin – bu mutlaqo normaldir. Biqin va sonlarda qatlamlarning yo'qligi ham normaning xuddi shunday varianti hisoblanadi, chunki hamma narsa individualdir va ayol organizmining xususiyatlariga bog'liq. Bundan tashqari, katta vazn ortishi har doim ham semirish hisoblanmaydi, hozir "ortiqcha vazn" atamasi mavjud. Ushbu atamadan farqli o'laroq, semirish – bu har qanday yoshda va har qanday odamda jinsi, yoshi va ijtimoiy mavqeyidan qat`iy nazar paydo bo'lishi mumkin bo'lgan surunkali metabolik kasallik. Homilador ayollarda ortiqcha tana vaznini kuzatish ehtimoli ko'proq, ammo semirish emas: aksariyat hollarda qo'shimcha kilogrammlar tug'ruqdan bir necha oy o'tgach tezda yo'qoladi.

Orttirilgan kilogrammlar miqdoriga ta`sir qiluvchi omillar

Homiladorlik paytida vazn ortishiga bir qator omillar ta`sir qilishi mumkin. Ortishni obyektiv baholash uchun ular mutaxassislar tomonidan albatta hisobga olinadi.

• Ayolning dastlabki vazni. Ozg'in qizlar do'ndiq ayollarga qaraganda ko'proq kilogramm olishlari mumkin.
• Semirishga moyillik. Ayol homiladorlikdan oldin o'z vaznini yazshilab nazorat qilishga va uni boshqarishga harakat qilishi mumkin. Biroq, semirishga moyillikda, u baribir bir necha qo'shimcha kilogramm paydo bo'lishiga tayyor bo'lishi kerak. Buning sababi-genetik omil.
 

• Bo'yi. Ba`zi ginekologlarning fikriga ko'ra, bo'yi qanchalik baland bo'lsa, homiladorlik davrida ayol shunchalik ko'p kilogramm oladi.
• Katta homila. Ushbu hodisaning sabablari juda ko'p: homiladorlik paytida onaning ortiqcha ovqatlanishi, ona va/yoki otada semirish, qandli diabet yoki onada lipid almashinuvining buzilishi, platsenta shakllanishining o'ziga xos xususiyatlari va boshqalar. Nima bo'lganda ham ayol vazni ancha tez o'sa boshlaydi. Vazn ortishini yaxshilab nazorat qilish kerak. Katta homilaga shubha qilinsa,shifokor haqiqiy sababni aniqlashi va agar kerak bo'lsa, choralar ko'rishi kerak.
• Homiladorlar istisqosi. Bu shish paydo bo'ladigan kech toksikoz. Bu suv - tuz almashinuvi va qon mikrosirkulyatsiyasining buzilishi tufayli yuzaga keladi. Neyroendokrin regulyatsiyasining buzilishi natijasida to'plangan to'qima ichidagi suyuqlikning ko'pligi tufayli ayolning massasi yanada oshadi. Homilador ayol shifokor bilan maslahatlashishi kerak. Yengil holatlarda ovqatlanish va ichimlik rejimini tuzatish kifoya. Agar shish kuchli ifodalangan bo'lsa, kasalxonada tekshiruv va davolanish ko'rsatilishi mumkin.
• Ishtahani oshishi. Buning sababi - progesteron, homiladorlik paytida uning qondagi darajasi oshadi. Va agar o'zini qo'lga olmasa, bir necha haqiqatdan qo'shimcha kilogrammlarni to'plash mumkin.
• Ko'p suvlilik. Homila atrofidagi suvning haddan tashqari miqdori (homiladorlikning oxiriga kelib 1,5–2 litrdan ortiq). Buning sababi ayolning yuqumli yoki surunkali kasalliklari (buyrak kasalligi yoki qandli diabet) bo'lishi mumkin. Bu odatda onaning sog'lig'i va tana vazniga ta`sir qiladi. Agar ko'p suvlilik shubha qilingan bo'lsa, tekshiruv zarur.
• Yosh. Ayol qanchalik katta bo'lsa, qo'shimcha kilogrammlar to'plash xavfi shunchalik yuqori bo'ladi. Shuningdek, 19 yoshdan kichik bo'lsa ham.

набор веса при беременности 3.jpg

Homiladorlikda vazn ortishi jadvallari

Ilgari, homiladorlik paytida tana vaznining ortishi normasi 9-11 kg dan oshmaydi, deb hisoblangan. Bunda organizmning individual xususiyatlari hisobga olinmagan. 2009 yilda amerikalik shifokorlar JSST ma`lumotlari asosida yangi jadval ishlab chiqdilar, unda homiladorlikdan oldin ko'plab ayollarning vazni asos qilib olindi.

Homiladorlikdan oldin tana massasi indeksi

Umumiy o'sish, kg

2 va 3 trimestrlarda haftasiga o'sish, kg

Kamaygan
(до 18,5 кг/м2)

12,5 - 18,0

0,44 - 0,58

Normal
(18,5 - 24,9 кг/м2)

11,5 - 16,0

0,35 - 0,50

Ko’paygan
(25,0 - 29,9 кг/м2)

7,0 - 11,5

0,23 - 0,33

Semizlik
(30,0 и более кг/м2)

5,0 - 9,0

0,17 - 0,27

Jadvaldagi ma`lumotlarni biroz moslashtirib, barcha ayollarni uch guruhga bo'lish mumkinligini aytishimiz mumkin:
• 1-guruh (19,8 gacha) - ozg’in; 
• 2-guruh (19,8 – 26) - o'rtacha tuzilishga ega;
• 3 – guruh (26-guruh) – to’la.
O'z tana massasi indeksini bilib, ayollar vazn o'lchash paytida olingan ko'rsatkichlarni tekshirishlari va vazn ortishini haftalar bo'yicha mustaqil ravishda baholashlari mumkin. Ammo shuni yodda tutish kerakki, hamma narsa individualdir va jadvalda taxminiy qiymatlar ko'rsatilgan.
 

Boshlang'ich vazn va tana massasi indeksiga qarab homiladorlik vaznini oshishi jadvali

Homiladorlik haftasi 

Homiladorlikdan oldin tana massasi indeksi

 19,8 gacha

 19,7 dan 26,0 gacha

26,0 dan k'op

2

0,5 кг

0,5 кг

0,5 кг

4

0,9 кг

0,7 кг

0,5 кг

6

1,4 кг

1,0 кг

0,6 кг

8

1,6 кг

1,2 кг

0,7 кг

10

1,8 кг

1,3 кг

0,8 кг

12

2 кг

1,5 кг

0,9 кг

14

2,7 кг

1,9 кг

1,0 кг

16

3,2 кг

2,3 кг

1,4 кг

18

4,5 кг

3,6 кг

2,3 кг

20

5,4 кг

4,8 кг

2,9 кг

22

6,8 кг

5,7 кг

3,4 кг

24

7,7 кг

6,4 кг

3,9 кг

26

8,6 кг

7,7 кг

5,0 кг

28

9,8 кг

8,2 кг

5,4 кг

30

10,2 кг

9,1 кг

5,9 кг

32

11,3 кг

10,0 кг

6,4 кг

34

12,5 кг

10,9 кг

7,3 кг

36

13,6 кг

11,8 кг

7,9 кг

38

14,5 кг

12,7 кг

8,6 кг

40

15,2 кг

13,6 кг

9,1 кг

Quyida normal tana vazniga ega ayollar uchun homiladorlik oylari bo'yicha vazn o'zgarishi jadvali keltirilgan.

Davr

Haftasiga o’sishi, g

Jami o’sishi, кг

Umumiy o’sishdan 
foiz hisobida
 

1 oy

0

0

-

2 oy

-200 / +100

-2 / +1

0-5%

3 oy

0/ +200

0 / +2

5-10%

4 oy

+100 - 200

+1-4

15%

5 oy

+100 - 200

+3-5

25%

6 oy

+300 - 500

+6-9

45%

7 oy

+300 - 500

+8-12

75%

8 oy

+300 - 500

+10-14

90%

9 oy

-300 / +300

+9-15

100%

Tana vaznining sekin o'sishi va yetishmasligi nimasi bilan xavfli

Sekin vazn ortishi toksikoz, noto'g'ri ovqatlanish, homiladorlikdan oldin ortiqcha vazn yoki juda kichkina tana tuzilishi tufayli paydo bo'lishi mumkin. Bu erta tug'ruqqa va kam vaznli bola tug'ilishiga olib kelishi mumkin, bu ko'pincha kasalxonada bolani uzoq vaqt parvarish qilish zarurligiga olib keladi. 

Bu o'smirlik davrida ovqatlanishning yetishmasligi bilan bog'liq: agar qiz bola tom ma`noda to'yib ovqatlanmagan bo'lsa, yoshi o'tishi bilan bu reproduktiv tizimining buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, tana vaznining yetishmasligi bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkin**. 

Tana vaznining tez o'sishi nimasi bilan xavfli

набор веса при беременности 4.jpg

Kechqurun yotishdan oldin yoki boshqa paytlarda bo'lajak onada paydo bo'lishi mumkin bo'lgan kuchli ishtaha va ochlik hissining kuchayishi, ko'pincha tez va ko'p vazn ortishiga olib keladi. Ortiqcha vazn ham homilaning holati, ham onaning sog'lig'i tomonidan patologiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Quyidagi salbiy oqibatlar bo'lishi mumkin:
• erta tug'ruq;
• homila rivojlanishining kechikishi;
• juda katta homila;
• gestatsion qandli diabet (homilador ayollardagi qandli diabetning bir turi);
• qon bosimining ko'tarilishi va preeklampsiya (onada toksikozning murakkab darajasi);
• platsentaning erta qarishi;
• metabolizmning buzilishi, homilada ichak mikroflorasining shakllanishi.

To'lacha ayollar boshqa muammolardan ham shikoyat qiladilar:
• tez charchash,
• bosh og'rig'i,
• yurak ishidagi uzilishlar,
• uyquchanlik,
• bo'g'imlardagi og'riqlar***.

Bundan tashqari, to'lacha ayollar ko'pincha tug'ruq bilan bog'liq muammolar va tabiiy tug'ilish paytida patologiyalarni rivojlanish xavfi tufayli kesarcha kesish qilishlariga to'g'ri keladi. Ammo shuni tushunish kerakki, ortiqcha vazn uning tanqisligi kabi xavfli emas. Albatta, bu ovqatlanish tartibini buzishga arziydi degani emas. Biroq, homiladorlik paytida o'zini charchatadigan diyetalarda ushlashdan ko'ra, bir necha kilogramm semirish yaxshiroqdir. Ilova qilingan jadvallar yordamida haftalar bo'yicha vazn qo'shilishini nazorat qilish kerak. Shunda siz mumkin bo'lgan asoratlarni oldini olish uchun o'zingizning me'yoringizni kuzatishingiz va undan oshmasligingiz mumkin.
 

*Т. П. Голикова, Ю. М. Дурандин, Н. П. Ермолова и др. * Semirib ketgan ayollarda homiladorlik va tug'ruqning asoratlari

**Т. Г. Денисова, Е. Н. Грузинова, Л. И. Герасимова, Э. Н. Васильева , Л. П. Романова **Tana vazni yetishmasligining homiladorlik va tug'ish jarayoniga ta`siri 

***Драенкова Ольга Вячеславовна *** Homiladorlik paytida ortiqcha vazn ortishining tug'ruqdan keyingi uzoq davrda ayollarning yurak-qon tomir tizimining holatiga ta`siri 

Информация проверена экспертом

Яндекс.Метрика