Top.Mail.Ru

Ona suti oligosaxaridlari. Nima u?

Submitted on: 04.12.2024
Time to read: 5 minut
count 28

HMO nima?

Ona suti tarkibida nafaqat oziqlanish, balki himoya funksiyasini ham bajaruvchi komponentlar mavjud. Ular chaqaloqning immunitetini qo'llaydi va onaning tanasidan tashqarida hayotga osonroq moslashishiga yordam beradi. Ushbu moddalarga ona suti oligosaxaridlari kiradi – qisqartirilgan holda OSO yoki HMO (human milk oligosaccharides).

Ona suti oligosaxaridlari o’zi nima va ular haqida nima sababdan alohida to'xtalib o'tish kerak? So'z tarkibidagi -saxar- (shakar) asosi, oligosaxaridlar uglevodlarga tegishli ekanligini taxmin qilish imkonini beradi va bu haqiqatdan shunday. Ammo bu oddiy uglevodlar emas. Ular oddiy shakar kabi energiya manbai bo'lib xizmat qilmaydi.

Oligosaxaridlar ingichka ichakda so'rilmaydi va oshqozon-ichak traktining oxirgi qismiga – yo'g'on ichakka o'zgarmagan holda tushadi.  Aynan yo'g'on ichakda inson tanasi uchun ham foydali, ham unchalik foydali bo'lmagan ko'plab bakteriyalar yashaydi. HMOning asosiy afzalligi shundaki, ular foydali bifidobakteriyalar uchun ozuqa hisoblanadi. Patogen mikroorganizmlar uchun esa HMOning hech qanday o'rni yo'q. 

Shunday qilib, oligosaxaridlar foydali mikrofloraning o'sishini rag'batlantiradi va patogen mikrofloraning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Lekin bu ham hali hammasi emas. HMO patogen organizmlar bilan bog'lanib, ularni tanadan butunlay olib chiqib ketishlari mumkin, bu esa chaqaloqning kasal bo'lishini oldini oladi. 

Oligosaxaridlar miqdoriga ko'ra, ko'krak suti tarkibidagi uglevod, laktoza va yog'lardan keyin uchinchi o'rinni egallaydi. Ularning katta miqdori tufayli ular yo'g'on ichak devorlarini «zararli» mikroblardan mexanik tomondan himoya qiladi.

Ona sutida oligosaxaridlar mavjudligi tufayli emizikli chaqaloqlar yuqumli kasalliklar bilan kamroq kasallanadilar. 

Ona suti oligosaxaridlari nima?

ОГМ.jpg

HMO, laktoza kabi, uglevodlar guruhiga mansub. Biroq, ular chaqaloq uchun ozuqaviy ahamiyatga ega emas. Shunga qaramasdan, ular ichak infeksiyalaridan himoya qilish, bola tanasining immun funksiyalarini va o'z ichak mikroorganizmlarini tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi marta 120 yil oldin aniq tasvirlangan. 
Miqdoriga ko'ra, HMOlar laktoza va yog'lardan keyin 3-o'rinda turadi. Sigir sutida bunday uglevodlar 1000 barobar kamroq. Vaqtidan oldin tug'gan ayollar suti va molozivosi (og'iz suti) da HMO o'z muddatida tug'gan ayollarnikidan sezilarli darajada ko'p bo'ladi. 

Tabiatda hech narsa behuda bo'lmaydi. Shuning uchun, agar ayolning tanasi turli xil oligosaxaridlarning sinteziga kuch va energiya sarflasa (minglab hisobda), demak buning biologik ahamiyatga mavjud. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, HMOlar tuzilishi va tarkibi jihatidan xilma-xildir. Hozirgacha ularning faqat kichik bir qismi (200 ga yaqin) ta`riflangan.

Ona suti oligosaxaridlarining ma’nosi

HMOlar  ichak mikroorganizmlari tomonidan tanlab ishlatiladigan va inson tanasining sog'lig'iga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan oziq-ovqat tarkibiy qismlari bo’lmish prebiotiklar safiga kiradi.

Chaqaloqlar uchun eng foydali va ijobiy ta'sir ko'rsatadigan mikroorganizmlar - bu bifidobakteriyalar. Aynan ular uchun HMO o'sish va oziqlanish manbaidir. Aynan shu oligosaxaridlar tufayli yosh bolalarning ichaklarida bifidobakteriyalar ustunlik qiladi.

Bu nima uchun kerak:

  • Miqdoriy tomondan ustunlik tufayli ichak devorlarining mexanik himoyasi

  • Immunitet tizimini mustahkamlash 

  • Allergiya rivojlanishini oldini olish 

HMO ning o'ziga xos xususiyati nafaqat yuqorida sanab o`tilganlar, balki patogen mikroorganizmlar bilan bog'lana olish qobiliyatidir. Shaklining tarmoqlangani va tuzilishining xilma-xilligi tufayli HMO bakteriyalar va viruslarni rivojlanishini to`xtatishi, ularni zararsizlantirishi va tanadan chiqarib yuborishlari mumkin. Shuning uchun emizikli bolalar yuqumli kasalliklarga kamroq chalinadi.

HMOlar shuningdek, shartli-patogen mikroorganizmlarning o'sishi va rivojlanishini kamaytiradi, bu esa mikrob disbalansi (disbakterioz) rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.

Nega ona suti oligosaxaridlarini chaqaloqlar sutli aralashmalariga qo`shishadi?

ОГМ 3.jpg

Ona suti tarkibi jihatidan chaqaloqlar sutli aralashmasini ishlab chiqaruvchilar yaqinlashishga harakat qiladigan standart hisoblanadi. 
2000-yillarning boshida aralashma ishlab chiqaruvchilari inulindan foydalanganlar.


Yaqin vaqtgacha aralashmalarga asosan galakto-oligosaxaridlar (GOS) va frukto-oligosaxaridlar (FOS) qo`shishgan. Frukto-oligosaxaridlar ona sutida yo'qligi va bundan tashqari, bolaning o'z bakteriyalarining o'sishiga selektiv ta'sir ko'rsatmasligiga qaramay qo`llanilgan. 

Yuqorida aytib o'tilganidek, sigir suti HMO manbai bo'la olmaydi. Shuning uchun ona suti tarkibini puxta o'rganish, texnologiyani takomillashtirish va ko'plab tadqiqotlar uchun vaqt ko`p ketdi. Endi esa ona sutiga yaqin aralashmalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish uchun sharoit bor. Buning natijasida chaqaloqlar aralashmasini ona sutiga yaqinlashtirish uchun yana bir qadam tashlash mumkin bo'ldi. Hozirda chaqaloqlar aralashmasi tarkibida HMO paydo bo'ldi.

O'zining murakkab tuzilishi, o'ziga xosligi va ta'sirining selektivligi (GOS va FOS bilan solishtirganda) tufayli HMO bolalar salomatligiga ijobiy ta'sir qiladi:

  • Bifidobakteriyalarning o'sishini rag'batlantiradi
  • Patogenlarni o`sishini to`xtatadi (yuqumli kasalliklardan himoya qilish)
  • Disbakterioz rivojlanishining oldini oladi 
     

Информация проверена экспертом

Яндекс.Метрика