Qo’shimcha ovqatlarning maqsadi – bolaning ratsionini oziq-ovqat moddalari bilan to’ldirish va ona sutidan (bolalar aralashmalaridan) umumiy stol mahsulotlariga o’tish. Ushbu o’tish uyg’un bo’lishi va bolaning har tomonlama rivojlanishiga yordam berishi uchun qo’shimcha oziq-ovqat mahsulotlarini kiritish bir hil shakllardan (pyuredan) boshlanadi, asta-sekin quyuq va qattiqroq kosistensuyaga, kichik maydalanganidan kattaroq bo’laklarga o’tiladi. Yodda tutish kerekki, bolani nafaqat ovqatlantirish, balki yangi ko’nikmalarni shakllantirish ham muhimdir: tishlash, chaynash va qoshiq-vilkalarni ishlatish. Qo’shimcha ovqatlantirish mahsulotlarining tuzilishi va konsistensiyasi bolaning rivojlanish darajasiga mos kelishi kerak.
Qo’shimcha ovqatlantirishda bo’laklar qachon kiritiladi
Bolani bo’laklar bilan ovqatlantirish (12-23 oy) quyidagi bosqichlarni tugatgandan so’ng boshlanishi mumkin:
4 oydan 6 oygacha bo’lgan davrda qo’shimcha ovqatlantirish mahsulotlari bilan dastlabki tanishish (tolerantlik oynasi)
kichik maydalangan mahsulotlarni kiritish (6-9 oy)
katta maydalangan mahsulotlarni kiritish (9-12 oy)
Yoshdan tashqari, bolaning psixofizik tayyorgarligiga ham e`tibor qaratish lozim: uning qiziqishi, tishlarning mavjudligi, o’tirish qobiliyati va qo’lida narsalarni ushlab turishi.
1,5 yildan keyin pyureni qalin va katta maydalangan oziq-ovqat bilan faol ravishda almashtiriladi, chaynash qobiliyatini rivojlantirish, og’iz bo’shlig'i mushaklarini kuchaytirish va artikulyatsiya organlarini (lablar, til, jag’) boshqarish qobiliyatini rivojlantirish uchun mexanik va pazandalik ishlov berish darajasini pasaytirladi.
Bo’laklar bilan qo’shimcha ovqatlantirish. Qachon boshlash kerak?
Bo’laklarni kiritishni bolaga tanish bo’lgan mahsulotlardan boshlang.
Bo’tqalar yaxshi qaynatiladi va yormali undan tayyorlanmaydi, sizilmaydi va blenderda maydalanmaydi
Sabzavot va yormali zapekankalar tayyorlanadi
Sabzavotlar va mevalar mayda qirg’ichdan o’tkazilmaydi, balki mayda to’g’raladi yoki bo’laklarga bo’linadi
Mayda tug’ralgan go’sht va baliq bo’laklaridan kotlet yoki ragu tayyorlanadi
1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun markirovkalangan, sanoatda ishlab chiqarilgan qo’shimcha ovqatlantirish mahsulotlari ham bunga yordam beradi.
Motorika ko’nikmalarini va mustaqil qobiliyatlarni rivojlantirish uchun pauch kabi zamonaviy qadoqlash turi yordam beradi.
Birinchi qo’shimcha ovqat uchun bo’laklar qanday hajmda bo’lishi kerak?
Birinchi qo’shimcha ovqat uchun eng yaxshi shakl pyurelar va donli un bo’tqasi hisoblanadi.
Keyinchalik, konsistensiya quyuqroq va zichroq tomonga o’zgaradi, pishirilgan mahsulotlar (taomlar) mayda to’g’raladi yoki eziladi. 8 oydan boshlab bo’tqa tayyorlashda hissiy tajribani kengaytirish uchun rezavorlar va mevalar bo’laklarili myuslidan foydalanish mumkin.
Ovqat bo’laklarining hajmi asta-sekin o’sib boradi, dondan “no’xat” va “funduk” gacha.
Bolaning bo’laklar bilan qo’shimcha ovqatlanishga tayyorligini qanday tushunish mumkin?
Bola tasodifan stoldan ovqat olib, tishlab, tinchgina chaynasa, bu kashfiyot kutilmagan bo’lishi mumkin.
Boshqa holatlarda, bolaga stol atrofida tashabbus ko’rsatish imkoniyatini bering, unga o’zi stoldan ovqat olib, uni tatib ko’rish va tishlash va chaynashga imkon bering.
8 oydan boshlab qattiqroq, kichik maydalangan ovqatlarni taklif qilishni boshlang. Farzandingizga ovqat bo’laklarini (sabzavot, mevalar, frikadelkalar va boshqalar) tishlashiga ruxsat bering. Faol tupurib tashlash yoki qusib tashlasa - bu tayyormaslik belgisidir. Normal qabul qilish, chaynash va xotirjam yutish go’dakning ovqatni bo’laklar bilan iste`mol qilishga to’liq tayyorligini anglatadi.
Shuni esda tutish muhimki, pyuresimon mahsulotlar bilan uzoq muddatli oziqlantirish – bu bolaning rivojlanishini cheklaydigan, motorika ko’nikmalarini rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan va bolaning ovqatlanish xatti-harakatlariga salbiy ta`sir ko’rsatadigan foydalanish qulayligini suiiste`mol qilishdir. 8-10 oy – ovqatning konsistensiyasini zich tomonga, bo’laklarga o’zgartirish uchun juda muhim davrdir.