Bir yoshga to'lgunga qadar bolaning asosiy oziqasi ona suti yoki sutli aralashma hisoblanadi. Qo'shimcha ovqat mahsulotlari, birinchi navbatda, yangi oziqa bilan tanishish va ularga ko'nikish, shuningdek, o'sib borayotgan organizm uchun ona suti yoki sutli aralashmada yetarlicha bo'lmagan oziqa moddalari bilan qo'shimcha ravishda ta'minlash uchun kiritiladi.
Bir yoshdan so`ng, bola taomnomasidagi mahsulotlar o’rni o'zgaradi va qo'shimcha ovqat sifatida xizmat qilgan mahsuotlar, asosiy oziqa manbaiga aylanadi. Xo'sh, bola ratsionida sutli aralashmani qoldirish kerakmi yoki uni oddiy sut va qatiq mahsulotlari bilan almashtirish kerakmi?
Bir yoshdan so`ng bola ovqat bilan, yoshiga mos ravishda, oziqa moddalari, vitaminlar va minerallarni olishi kerak. Buning uchun uning taomnomasida har kuni turli sabzavotlar, mevalar, go’sht, baliq va sut mahsulotlari bo’lishi lozim.
Sutli aralashma endi to’laqonli ovqat o'rnini bosmaydi. Bunda bir yoshdan oshgan bola ehtiyojlari va hazm qilishda o’ziga xosligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan mahsulotni sutli aralashma deyish ham noto`g`ri bo`ladi, bolalar sutli ichimliklari deb atash to’g’riroq bo'ladi. Ular bola rasionini boyitib, oziqaviy ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi.
Bolalar sutli ichimliklari oziqlantirish turidan qat'iy nazar, barcha bolalarga tavsiya etiladi. Sun`iy oziqlantirishdagi bolalar uchun ham, emizikli bolalar uchun ham, ular vitamin va minerallar yetishmovchiligini oldini olishga yordam beradi va ovqatning qulay hazm bo’lishini ta'minlaydi. Shuning uchun, bir yoshdan keyin ham, sutli aralashma bola taomnomasida qolishi lozim.