Tavsifi
Butun dondan. Shakar qo’shilmagan.
Bug'doy B, A, E, PP, K vitaminlari va Ca ga boy va ko'p miqdorda kletchatkaga ega. Kletchatka, o'simlik tolasi, ichaklar uchun "cho'tka" bo'lib xizmat qiladi va oson hazm bo'lishiga yordam beradi. Butun quruq sut, olma bo'laklari qo’shilganligi va shakarsizligi, uni sog'lom va to'yimli mahsulotga aylantiradi.
Butun donli sutli bo'tqa " PROCEREALS bug'doyli olma bilan " bo’tqasi 5 oydan katta chaqaloqning menyusini boyitadi va unga kuch - quvvat bag'ishlaydi.
100 % tabiiy
• shakar va tuz qo'shilmagan (faqat tabiiy shakar mavjud)
• palma yog'isiz
• GMOsiz
• aromatizatorsiz
• bo'yoqlar va konservantlarsiz
• mahsulot xavfsiz saqlanishiini ta'minlaydigan himoya muhitida qadoqlangan
Tarkibning afzalliklari
PROCEREALS Sutsiz butun donli bo’tqalari tabiiy qiymatini saqlab qolishi uchun butun donlardan tayyorlanadi..
• Bunday donli bo'tqani qo'shimcha boyitish kerak emas.
• Butun donlar uglevodlar, o'simlik oqsillari, xun tolasi, vitaminlar va minerallar manbai hisoblanadi.
• Bo'tqa ishlab chiqarishda foydalanishdan oldin don mikrobiologik tadqiqotlardan o'tkaziladi.
• Bo'tqa allergenligining past darajasi klinik tadqiqotlar bilan tasdiqlangan.
Ortiqcha hech narsa. Shunchaki foydali.
Sof og'irligi: 200 g
Yo'riqnoma
Tayyorlash usuli:
1. Bolalar ovqatini tayyorlashdan oldin qo'lingizni yuving!
2. Toza idishlardan foydalaning.
3. Bolalar uchun 50 ° С ga qadar isitilgan 140-160 ml ichimlik suvi yoki 50 ° C gacha sovutilgan qaynatilgan suvni quying.
4. Sekin-asta, doimo aralashtirgan holda 25 g quruq mahsulotni (taxminan 3-4 osh qoshiq) soling,
5. To'liq erimaguncha aralashtiring va chaqaloqni oziqlantirish uchun qulay haroratgacha (36-38 ° C) sovutib oling. Bo'tqa iste’mol qilish uchun tayyor.
Bo’tqani aralashtirish uchun sanchiqdan foydalanish tavsiya etiladi.
Bolaning yoshini va uning ta’bini hisobga olgan holda, bo'tqaning konsistensiyasini ko'proq yoki kamroq suv qo'shib o'zgartirish mumkin.
Qo'shimcha ovqatlarni boshlashdan oldin pediatringiz bilan maslahatlashing.
Qo'shimcha ovqatlarni asta-sekin, bir qoshiqdan boshlab, 5-7 kun ichida bo'tqa portsiyasini yosh normasigacha oshirish tavsiya etiladi.
Saqlash sharoitlari:
• 1 dan 25°C gacha bo'lgan haroratda va havoning nisbiy namligi 75% dan ko'p bo'lmagan joyda saqlang.
• Qadoqni ochgandan so'ng, mahsulotni salqin, quruq joyda 3 haftadan ko'p bo'lmagan muddatgacha saqlang.
• Bo'tqani har doim bevosita ovqatlantirishdan oldin tayyorlang.
• Oldindan tayyorlangan bo'tqa qoldiqlarini keyingi oziqlantirish uchun ishlatmang.
• Har bir foydalanishdan so’ng ochilgan paketni mahkam yoping.
Yaroqlilik muddati 18 oy.
Tarkibi
Tarkibi:
Butun donli bug'doy uni, butun quruq sut, demineralizatsiyalangan sut zardobi, olma parchalari. Tarkibida glyuten mavjud.
Ozuqaviy qiymati
Ozuqaviy qiymati | 100 g quruq aralashmada | bir portsiyada (25 g mahsulot 140-160 ml suv) |
---|---|---|
Energetik qiymati, kJ/kkal | 1740/416 | 522/125 |
Oqsil, g | 16,5 | 5,0 |
Yog’, g | 10,3 | 3,1 |
Uglevodlar, g | 64,0 | 19,2 |
Namligi,g | 8,0 | |
Mineral moddalar: | ||
natriy, mg | 164,0 | 49,2 |
*Tabiiy xom ashyoning tarkibidagi tabiiy har xillik tufayli qiymatlar o'zgarishi mumkin.