Top.Mail.Ru

Tug'ilgandan 6 oygacha bo'lgan bolalarni aralash va sun'iy oziqlantirish uchun moslashtirilgan quruq sut aralashmasi.  
 

Tarkib xususiyatlari:
 

Yuqori sifatli zardob oqsili - aminokislotali tarkib zardob oqsillari bilan boyitish hisobiga yaxshilanadi.
Ko'p to'yinmagan yog' kislotalari - bolaning miyasi va ko'rish qobiliyatini rivojlantirish uchun zarurdir.
Muvozanatlashtirilgan vitaminlar kompleksi - hayotning birinchi yilidagi bolalarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda maxsus ishlab chiqilgan, kichkintoyning uyg'un o'sishi va rivojlanishiga yordam beradi.
Kalsiy va D vitamini - suyaklar va tishlarni mustahkamlash uchun.
Temir va rux - anemiyaning oldini olish uchun.
Antioksidant kompleks (A, E, C vitaminlari + selen) va biologik muhim nutriyentlar (taurin, biotin, xolin, inozitol) - bolani atrof-muhitning salbiy omillaridan himoya qilishga yordam beradi.

 

Tayyorlash usuli:
 

1. Bolani oziqlantirish uchun mo’ljallangan barcha idishlarni 5 daqiqadan kam bo'lmagan vaqt davomida qaynatib oling.
2. Tayyorlangan shishaga kerakli miqdorda 40-45°C gacha isitilgan bolalar uchun ichimlik suvini quying. Bolalar uchun ichimlik suvi bo’lmasa, 40-45°C gacha sovutilgan qaynatilgan suvdan foydalanish mumkin.
3. Suvli shishaga kerakli miqdorda o’lchov qoshig’ida quruq aralashmani qo’shing (oziqlantirish jadvaliga qarang), pichoqning o’tmas tomoni bilan qoshiq yuzasidan ortiqchasini olib tashlang.
4. Shishani yopgandan so’ng, aralashma to'liq eriguncha aralashtiring.  Tayyor aralashmaning haroratini bilagingizning ichki qismida tekshiring.


Ogohlantirish: 
 

Ichimlikni bevosita oziqlantirishdan oldin tayyorlang.
Tayyorlangan aralashma 2 soat davomida ishlatilishi kerak.
Tayyorlangan ichimlik qoldiqlaridan keyingi oziqlantirish uchun foydalanmang.

Saqlash sharoiti:
 

Qadoqni ochishdan oldin quruq aralashmani 0 dan 25˚С gacha bo’lgan haroratda va 75% dan ko’p bo’lmagan nisbiy namlikda saqlang. Qadoqni ochgandan so’ng, quruq aralashmani 3 haftadan ko’p bo’lmagan muddat quruq, salqin joyda saqlang, lekin sovutgichda emas.
 

Tarkibi: quruq demineralizatsiyalangan sut zardobi, o’simlik yog’lari (palma, kokos, soya, kungaboqar yuqori oleinli), quruq yog’sizlantirilgan sut, maltodekstrin, mineral moddalar (kaliy sitrat, kalsiy karbonat, kalsiy fosfat, natriy xlorid, kaliy xlorid, temir sulfat, rux sulfat, mis sulfat, kaliy yodid, marganets xlorid, natriy selenit), vitaminli kompleks (askorbin kislotasi, tokoferol asetat, nikotinamid, kalsiy – D – pantotenat, riboflavin, retinol asetat, piridoksin gidroxlorid, tiamin gidroxloridi, foliy kislotasi, filloxinon, D-biotin, xolekalsiferol, sianokobalamin), emulgator (soya lesitini), taurin, inozit, L-karnitin, antioksidlovchi (askorbilpalmitat).


Tarkibida GMO, konservantlar, bo'yoq va xushbo’ylantiruvchi moddalar mavjud emas.

Ozuqaviy qiymati: 

100 g quruq aralashmada

100 g tayyor aralashmada

Energetik qiymati kkal/kJ

505 / 2114

66 / 275

Oqsil, g

10

1,3

 sut zardobi oqsillari/kazein, %

65/35

 

Taurin, mg

42

5,5

Yog’, g

26,5

3,4

 Linol kislotasi, g

4,7

0,61

Linol kislotasi, yog’li kislotalar miqdoridan % 

18

 

a-linol kislotasi, g

0,5

0,06

Uglevodlar, g

56,6

7,4

   laktoza, g

43,5

5,7

 laktoza, uglevodlar miqdoridan %

77

 

Mineral moddalar:

 

 

   kalsiy, mg

500

65

   fosfor, mg

260

34

   kaliy, mg

555

72

   natriy, mg

185

24

   magniy, mg

43,7

5,7

   mis, mkg

340

44

   marganets, mkg

46

6

   temir, mg

6

0,8

   rux, mg

6

0,8

   xloridlar, mg

352

46

   yod, mkg

92

12

   selen, mkg

10

1,3

Kul, g

3

0,4

Vitaminlar:

 

 

   retinol (A), mkg-ekv

470

61

    tokoferol (E), mg

9,2

1,2

    kalsiferol (D), mkg

9,2

1,2

    K vitamini, mkg

35

4,5

    tiamin (B1), mkg

383

50

    riboflavin (B2), mkg

1424

185

    pantoten kislotasi, mkg

3

0,4

    piridoksin (B6), mkg

454

60

    niatsin (PP), mkg

4

0,52

    foliy kislotasi, mkg

85

11

    sianokobalamin (B12), mkg

1,7

0,22

    askorbin kislotasi (C), mg

77

10

    biotin, mkg

15

2

Inozit, mg

19

2,5

Xolin, mg

50

6,5

Karnitin, mg

9,2

1,2

Osmolyallik, mOsm/kg

-

270

 

Reviews

Яндекс.Метрика