Tavsifi
Bolalar uchun hayotining birinchi kunlaridan boshlab parhezli davolovchi ovqatlanishi uchun laktozasiz chuqur gidrolizlangan zardob oqsiliga asoslangan to'liq, muvozanatlashtirilgan aralashma.
Foydalanish uchun ko'rsatmalar:
ko'plab oziq-ovqat allergiyalari va/yoki og'ir oziq-ovqat allergiyalarida (sigir suti oqsillariga yoki boshqa qishloq xo’jaligi hayvonlari sutiga, soyaga allergiya)
ichakdagi malabsorbsiya sindromida (ichakdan so'rilishining buzilishi)
Tarkibining afzalligi:
CHUQUR GIDROLIZLANGAN OQSIL qisqa peptidlar va erkin aminokislotalarga parchalangan, allergiyaga olib kelmaydi.
O’ZT (o'rta zanjirli triglitseridlar) yog' komponentining so'rilishini osonlashtiradi.
LAKTOZASIZ
To’laqonli rivojlanish uchun muhim komponentlar:
OMEGA-3 (DHA)max */OMEGA-6 (ARA) max* intellekt rivojlanishi va ko’z o’tkirligini saqlashda muhim ahamiyatga ega.
Aralashmadagi DHA manbai baliq yog'i emas (unda oqsil izlari - allergen bo'lishi mumkin), balki mikro suv o’tlaridan olingan yog'dir.
LGG® LACTOBAKTERIYALARI – DUNYODAGI 1-RAQAMLI PROBIOTIK
atopik dermatitdan (ekzema) himoya qiladi
respirator va ichak infektsiyalaridan himoya qiladi
immunitetni qo'llab-quvvatlaydi
* max – DHA/ARA ning yuqori tarkibi allergiyasi bo‘lgan bolalarning yuqori ehtiyojlarini qondiradi
Aralashma ovqatlanishning yagona manbai sifatida uzoq muddatli foydalanish uchun tog’ri keladi.
Muhim! Chuqur zardob gidrolizatining mavjudligi aralashmaga o'ziga xos hid va achchiqroq ta'm beradi.
Yo'riqnoma
Tayyorlash usuli
1. Bolani ovqatlantirish uchun mo'ljallangan barcha idishlarni kamida 5 daqiqa qaynatib oling.
2. Tayyorlangan idishga kerakli miqdorda 40-45 °C ga qadar isitilgan bolalar ichimlik suvini quying. Agar bolalar ichimlik suvi bo'lmasa, siz 40-45 °C gacha sovutilgan qaynatilgan suvdan foydalanishingiz mumkin.
3. Suv solingan idishga quruq aralashmaning kerakli miqdordagi o'lchov qoshiqlarini qo'shing (ovqatlantirish jadvaliga qarang), qoshiq yuzasidan ortiqchasini olib tashlang.
4. Idishni yopgandan so'ng, aralashma to'liq eriguncha chayqating.
5. Tayyorlangan aralashmaning haroratini bilagingizning ichki qismida tekshiring.
- Aralashmani bevosita ovqatlantirishdan oldin tayyorlang.
- Idishdagi tayyor aralashma qoldiqlarini keyingi ovqatlantirish uchun ishlatmang.
Aralashmaning hajmi va ovqatlanish soni ovqatlantirish jadvaliga muvofiq shifokor tomonidan belgilanadi.
Ovqatlantirish jadvali
Bola yoshi | Bitta ovqatlantirish | Bir kunda ovqatlantirishlar soni | |
| Suv hajmi, ml | O`lchov qoshiqlari soni* |
|
0-2 hafta | 90 | 3 | 6 |
3-4 hafta | 120 | 4 | 5 |
2-ой oy | 150 | 5 | 5 |
3-4 oy | 180 | 6 | 5 |
5-6 oy | 210 | 7 | 5 |
7 oy va undan katta | 210 | 7 | 4-3 |
* 1
* 1 o'lchov qoshig'i - 4,3 g quruq aralashma
Diqqat! Aralashmada sut zardobi oqsili gidrolizatining mavjudligi unga o'ziga xos hid va achchiqroq ta'm beradi. Aralashmani to'liq tiklash uchun ko'proq vaqt kerak bo'ladi, agar kerak bo'lsa, yana chayqatish zarur.
Saqlash sharoiti:
• Qadoqni ochishdan oldin quruq aralashmani 0 dan 25 ºС gacha bo'lgan haroratda va nisbiy namligi 75% dan yuqori bo'lmagan joyda saqlang.
• Qadoq ochilganidan so'ng, quruq aralashma salqin va quruq joyda 3 haftadan ko'p bo'lmagan muddatda saqlanishi mumkin.
Tarkibi
Tarkibi: maltodekstrin, sut zardobi oqsili gidrolizati, o‘simlik yog`lari (kungaboqar yuqori oleinli, soya, palma yog`lari), o'rta zanjirli trigliseridlar, makkajo'xori kraxmali, emulgatorlar (glitserin va limon kislotasi va yog' kislotalarining efirlari, yog' kislotalarining mono- va digliseridlari), mineral moddalar (kaltsiy fosfat, kaltsiy karbonat, kaliy fosfat, kaliy xlorid, magniy xlorid, natriy xlorid, magniy oksidi, temir (II) sulfat, rux sulfat, mis sulfat, marganets xlorid, kaliy yodid, natriy selenit), Schizochytrium sp. Mikro suvo’tlaridan olingan yog’ (dokozageksayen kislotasi DHA manbai), ), Mortierella Alpina yog’i (araxidon kislotasi ARA manbai), vitaminlar (L-askorbin kislotasi, DL-alfa-tokoferol asetat, nikotinamid, kalsiy D-pantotenat, riboflavin, retinol asetat, piridoksin gidroxloridi, tiamin gidroxloridi, foliy kislotasi, filloxinon, D-biotin, D3 xolekalsiferol, sianokobalamin), xolin bitartrat, L. rhamnosus (LGG®) laktobakteriyalari konsentrati, inozit, taurin, L-karnitin, antioksidlovchi (L-askorbilpalmitat).
Tarkibida GMO mavjud emas!
Ozuqaviy qiymati
Ozuqaviy qiymati | 100 g quruq aralashmada | 100 ml tayyor aralashmada |
Energetik qiymati kkal/kJ | 2108/ 503 | 285/ 68 |
Oqsil, (ekv) g | 14,1 | 1,9 |
Taurin, mg | 33 | 4,5 |
Yog’lar, g | 25 | 3,4 |
o'rta zanjirli triglitseridlar, yog’ning umumiy miqdoridan % | 40 |
|
Linol kislotasi, g | 3,9 | 0,53 |
Linol kislotasi, yog’ kislotasining umumiy miqdoridan % | 17 |
|
a- Linol kislotasi, g | 0,45 | 0,06 |
dokozageksayen kislotasi, mg | 148 | 20 |
araxidon kislotasi, mg | 84 | 11,4 |
eykozapentayen kislotasi, mg | 33 | 4,4 |
Uglevodlar, g | 55,5 | 7,5 |
Mineral moddalar: |
|
|
kalsiy, mg | 422 | 57 |
fosfor, mg | 252 | 34 |
kaliy, mg | 533 | 72 |
natriy, mg | 178 | 24 |
magniy, mg | 53 | 7,2 |
mis, mkg | 420 | 57 |
marganets, mkg | 65 | 8,8 |
temir, mg | 7,4 | 1,0 |
ruh, mg | 6,4 | 0,9 |
xloridlar, mg | 254 | 34 |
yod, mkg | 109 | 14,7 |
selen, mkg | 13 | 1,8 |
kul, g | 3,8 | 0,5 |
Vitaminlar: |
|
|
retinol (A), mkg-ekv | 510 | 69 |
tokoferol (E), mg | 8,9 | 1,2 |
kalsiferol (D), mkg | 10 | 1,3 |
K vitamini, mkg | 50 | 6,8 |
tiamin (B1), mkg | 399 | 54 |
riboflavin (B2), mkg | 705 | 95 |
pantoten kislotasi, mkg | 2,1 | 0,3 |
piridoksin (B6), mkg | 428 | 58 |
niatsin (PP), mkg | 4,1 | 0,55 |
foliy kislotasi, mkg | 65 | 8,8 |
sianokobalamin (B12), mkg | 2,0 | 0,27 |
askorbin kislotasi (C), mg | 65 | 8,8 |
biotin, mkg | 15 | 2 |
Inozit, mg | 88 | 12 |
Xolin, mg | 110 | 15 |
L-karnitin, mg | 11 | 1,5 |
Osmolyallik, mOsm/kg |
| 210 |
L. rhamnosus (LGG®) laktobakteriyalari soni, - 1 x 106 KHQB /g dan kam emas