Top.Mail.Ru

Bolalar uchun hayotning birinchi kunlaridan boshlab parhezli davolovchi ovqatlanishi uchun soya oqsili izolyati asosida quruq aralashma.
 

Foydalanish uchun ko'rsatmalar:
 

  •  Sut oqsillari,                                                                                                  
  •  Laktozani hazm bo’lmasligi
     Laktaza yetishmovchiligi 
     Galaktozemiya

Tarkibining afzalligi:


YUQORI DARAJADA TOZALANGAN SOYA OQSILI IZOLYATI
yaxshilangan aminokislotali tarkib
yoqimli ta'm
LAKTOZASIZ - glyukoza siropi va maltodekstrin diareya paytida oshqozon-ichak faoliyatini tezda normallashtiradi.

To’laqonli rivojlanish uchun muhim komponentlar:
 

Omega-3 (DHA) Omega-6 (ARA) YOG’ KISLOTALARI - miya rivojlanishi va ko'z o’tkirligini saqlash.
Aralashma qo'shimcha ravishda KALSIY, FOSFOR, TEMIR VA RUH bilan boyitilgan, bu moddalar yetishmovchilik holatlarining (raxit va anemiya) oldini oladi.
 

Tayyorlash usuli:
 

1. Bolani ovqatlantirish uchun mo'ljallangan barcha idishlarni kamida 5 daqiqa qaynatib oling.
2. Tayyorlangan idishga kerakli miqdorda 40-45 °C ga qadar isitilgan bolalar ichimlik suvini quying. Agar bolalar ichimlik suvi bo'lmasa, siz 40-45 °C gacha sovutilgan qaynatilgan suvdan foydalanishingiz mumkin.
3. Suv solingan idishga quruq aralashmaning kerakli miqdordagi o'lchov qoshiqlarini qo'shing (ovqatlantirish jadvaliga qarang), qoshiq yuzasidan ortiqchasini olib tashlang.
4. Idishni yopgandan so'ng, aralashma to'liq eriguncha chayqating. 
5. Tayyorlangan aralashmaning haroratini bilagingizning ichki qismida tekshiring.


Aralashmani bevosita ovqatlantirishdan oldin tayyorlang.
Tayyorlangan aralashmani 2 soat ichida ichirish kerak.
Idishdagi tayyor aralashma qoldiqlarini keyingi ovqatlantirish uchun ishlatmang.

Aralashmani ichirishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Aralashmaning hajmi va ovqatlanish soni ovqatlantirish jadvaliga muvofiq shifokor tomonidan belgilanadi.

 

Ovqatlantirish jadvali

Bola yoshi

Bitta ovqatlantirish

Bir kunda ovqatlantirishlar soni

Suv hajmiml

O`lchov qoshiqlari soni*

0-14 kun

90

3

6

2-6 hafta

90

3

6

6-8 hafta

120

4

6

2-3 oy

120

4

6

3-4 oy

150

5

6-5

4-5 oy

150

5

5-4

5-6 oy

180

6

4-3

oydan katta

180

6

3-2

* 1 o'lchov qoshig'i - 4,3 g quruq aralashma

Qadoqni ochishdan oldin quruq aralashmani 0 dan 25 ºС  gacha bo'lgan haroratda va nisbiy namligi 75% dan yuqori bo'lmagan joyda saqlang. 
Qadoq ochilganidan so'ng, quruq aralashma salqin va quruq joyda  3 haftadan ko'p bo'lmagan muddatda saqlanishi mumkin.   
 


 

Tarkibi: glyukoza siropi, o‘simlik yog`lari (kungaboqar yuqori oleinli, soya, makkajo'xori yog`lari), soya oqsili izolyati, mineral moddalar (natriy xlorid, magniy xlorid, kaliy sitrat, kaliy fosfat, natriy sitrat, rux sulfat, temir (II) sulfat, mis sulfat, kaliy yodid, natriy selenit), baliq yog'i (dokozageksayen kislotasi DHA manbai), Mortierella Alpina yog’i (ARA araxidon kislotasi manbai),  vitaminlar (L-askorbin kislotasi, DL-alfa-tokoferol asetat, nikotinamid, kalsiy D-pantotenat, riboflavin, retinol asetat, piridoksin gidroxloridi, tiamin gidroxloridi, foliy kislotasi, filloxinon, D-biotin, D3 xolekalsiferol, sianokobalamin), xolin bitartrati, L-metionin, emulgator (soya lesitini), taurin, inozit, L-karnitin, antioksidlovchi (askorbilpalmitat).

 

 

Ozuqaviy qiymati 

 100 g quruq aralashmada 

 100 ml tayyor aralashmada 

Energetik qiymati kkal/kJ

512 / 2144

67 / 279

Oqsil, g

14,0

1,8

   L-metionin, mg

252

32,8

Taurinmg

35

4,6

Yog’lar, g

27,5

3,6

   Linol kislotasi, g

5,31

0,69

Linol kislotasiyog’ kislotasining   umumiy miqdoridan %

19

 

   a- Linol kislotasig

0,53

0,07

   araxidon kislotasi, mg

54

7,0

      dokozageksayen kislotasimg

54

7,0

Uglevodlar, g

52,2

6,8

   Laktoza, g

0

0

Mineral moddalar:

 

 

  kalsiy, mg

577

75

    fosfor, mg

385

50

    kaliy, mg

450

59

    natriy, mg

185

24

    magniy, mg

54

7

    mis, mkg

370

48

    marganets, mkg

230

30

    temir, mg

8,5

1,1

    ruh, mg

7,7

1

    xloridlar, mg

360

47

    yod, mkg

92

12

    selen, mkg

11,5

1,5

    kul, g

3,8

0,5

Vitaminlar:

 

 

   retinol (A), mkg-ekv

470

61

    tokoferol (E), mg

9,2

1,2

    kalsiferol (D), mkg

9,2

1,2

    K vitamini, mkg

35

4,5

    tiamin (B1), mkg

385

50

    riboflavin (B2), mkg

768

100

    pantoten kislotasi, mkg

3,1

0,4

    piridoksin (B6), mkg

460

60

    niatsin (PP), mkg

4

0,52

    foliy kislotasi, mkg

65

8,5

    sianokobalamin (B12), mkg

1,7

0,22

    askorbin kislotasi (C), mg

77

10

    biotin, mkg

15

2,0

Inozit, mg

27

3,5

Xolin, mg

77

10

L-karnitin, mg

9,5

1,2

Osmolyallik, mOsm/kg

-

210

 

Reviews

Яндекс.Метрика