Tavsifi
Prebiotiklar bilan
Bir nechta donli bo’tqa 6 oydan oshgan bolaning ovqatlanishini kengaytirish uchun to’gri keladi. 7 ta donning kombinatsiyasi chaqaloqni energiya bilan to'ldiradi, prebiotiklar esa sog'lom ichak mikroflorasini qo’llab-quvvatlashga yordam beradi.
Muvozanatlashtirilgan tarkib
• tarkibida GMO mavjud emas
• tarkibida bo'yoqlar va konservantlar mavjud emas
• tuzsiz
• vitaminlar va minerallarning saqlanib qolinishini ta'minlash uchun maxsus sharoitlarda qadoqlangan
O'sish va rivojlanish uchun muhim tarkibiy qismlar
• 100% tabiiy donlar uglevodlar, o'simlik oqsillari va xun tolasi manbai hisoblanadi.
• 11 vitamin bolaning barkamol o'sishi va rivojlanishiga yordam beradi.
• Kaltsiy suyak va tishlarning shakllanishi uchun zarurdir.
• Temir- temir tanqisligi kamqonligining oldini oladi.
• Yod chaqaloqning intellektual rivojlanishiga hissa qo'shadi.
• Prebiotik (inulin) ichak mikroflorasini normallashtirishga va qulay ovqat hazm qilishga yordam beradi.
Sof og'irligi: 200g
Yo'riqnoma
Tayyorlash usuli:
• Bolalar ovqatini tayyorlashdan oldin qo'lingizni yaxshilab yuving.
• Toza idishlardan foydalaning.
1. Bolalar uchun 50ºC gacha isitilgan 90 - 110 ml ichimlik suvi yoki 50ºC gacha sovutilgan qaynatilgan suv quying.
2. Sekin-asta, doimiy ravishda aralashtirib, 20 g quruq mahsulotdan (taxminan 4-5 osh qoshiq) qo’shing.
3. To'liq erimaguncha aralashtiring. Bo'tqa iste’mol qilish uchun tayyor.
Bo’tqani aralashtirish uchun vilkadan foydalanish tavsiya etiladi.
• Bo'tqani har doim bevosita ovqatlantirishdan oldin tayyorlang.
• Oldindan tayyorlangan bo'tqa qoldiqlarini keyingi oziqlantirish uchun ishlatmang.
Bolaning yoshini va uning ta’bini hisobga olgan holda, bo'tqaning konsistensiyasini ko'proq yoki kamroq suv qo'shib o'zgartirish mumkin.
Qo'shimcha ovqatlarni boshlashdan oldin pediatringiz bilan maslahatlashing.
Qo'shimcha ovqatlarni asta-sekin, bir qoshiqdan boshlab, 5-7 kun ichida bo'tqa portsiyasini yosh normasigacha oshirish tavsiya etiladi.
Saqlash sharoitlari:
• Qadoqni ochishdan oldin va keyin ham 1 dan 25°C gacha bo'lgan haroratda va havoning nisbiy namligi 75% dan ko'p bo'lmagan joyda saqlang.
• Har bir foydalanishdan so’ng ochilgan paketni mahkam yoping.
• Qadoqni ochgandan so'ng, mahsulotni salqin, quruq joyda 4 haftadan ko'p bo'lmagan muddatgacha saqlang.
Yaroqlilik muddati 18 oy.
Tarkibi
Tarkibi:
Un (bug'doy, guruch, makkajo'xori, grechka, jo'xori uni, javdar, tariq), shakar, prebiotiklar (inulin), mineral moddalar (kaltsiy karbonat, temir pirofosfat, kaliy yodid), vitaminlar (L-askorbin kislotasi, nikotinamid, D-alfa- asetat, kaltsiy D-pantotenat, riboflavin, piridoksin gidroxloridi, tiamin mononitrat, retinol asetat, foliy kislotasi, D-biotin, sianokobalamin).
Tarkibida glyuten mavjud. Sut izlari bo'lishi mumkin.
Ozuqaviy qiymati
Ozuqaviy qiymati | 100 g quruq aralashmada | bir portsiyada (20 g mahsulot 90-110 ml suv) |
---|---|---|
Energetik qiymati, kJ/kkal | 358/1499 | 72/300 |
Oqsil, g | 9,0 | 1,8 |
Yog’, g | 1,1 | 0,2 |
Uglevodlar, g | 78,0 | 15,6 |
Saxaroza, g | 13,0 | 2,6 |
Prebiotiklar: | ||
inulin, g | 2,5 | 0,5 |
Vitaminlar: | ||
retinol (А), mg-ekv | 0,45 | 0,09 |
tokoferol (Е), mg | 6,0 | 1,2 |
askorbin kislotasi (С), mg | 45,0 | 9,0 |
tiamin (В1), mg | 0,50 | 0,10 |
riboflavin (В2), mg | 0,60 | 0,12 |
piridoksin (В6), mg | 0,60 | 0,12 |
sianikobalamin(В12), mkg | 0,50 | 0,10 |
niatsin (РР), mgг | 7,0 | 1,4 |
pantoten kislotasi, mg | 2,35 | 0,47 |
foliy kislotasi, mkg | 47,0 | 9,4 |
biotin, mkg | 10,0 | 2,0 |
Mineral moddalar: | ||
kaltsiy, mg | 510 | 102 |
natriy, mg | 9,0 | 1,8 |
temir, mg | 8,5 | 1,7 |
yod, mkg | 50,0 | 10,0 |